• Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi




    Download 27,68 Kb.
    bet2/5
    Sana05.02.2024
    Hajmi27,68 Kb.
    #151409
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    СамДУ етакчи таш такризи

    Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining II «Fizika, astronomiya, energetika va mashinasozlik» ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    ilk bor, kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli tuzilmalarning elektr o’tkazuvchanlik ossillyatsiyalarini haroratga bog’liqligini ruxsat etilgan sohalarning Landau diskret sathlarini termik yuvilishini hisobga olgan holda energetik holatlar zichligining delta-funksiyalarni qatorga yoyish usuli yordamida asoslangan;
    hajmiy tor sohali yarimo’tkazgichlar uchun ko’ndalang magnitoqarshilik ossillyatsiyalarini haroratga bog’liqligida, uni vertikal bo’ylab jiddiy siljishiga Varshni metodi orqali hisoblash mumkinligi asoslangan;
    ilk bor, magnit maydon induksiyasi bo’yicha birinchi va ikkinchi tartibli differensial ko’ndalang magnitoqarshilik ossillyatsiyalarini haroratga bog’liqligini kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli tuzilmalar uchun matematik modeli ishlab chiqilgan;
    taklif etilayotgan matematik model yordamida, kichik o’lchamli yarimo’tkazgichlarning ko’ndalang magnitoqarshilik va elektro’tkazuvchanlik ossillyatsiyalarini magnit maydon induksiyasi bo’yicha ikkinchi tartibli differensial tenglamalari topilgan va ularning haroratga bog’liqligi aniqlangan;
    kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli tuzilmalarning Fermi energiyasi ossillyatsiyalariga yorug’likning ta`sirini hisobga olgan holda qorong’ulik va yorug’lik holatlardagi ko’ndalang differensial magnitoqarshilik ossillyatsiyalarini haroratga bog’liqligini ifodalovchi yangi analitik ifodalar topilgan.
    Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Namangan muhandislik – texnologiya instituti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining FZ-2020092433 «Yuqori harorat va kuchli mikroto‘lqinli maydondagi nanostrukturali yarimo‘tkazgichlarda magnitoqarshilik, magnit singdiruvchanlik va magnitooptik yutilish koeffitsiyentlarini aniqlash» (2022-2026 yy.) mavzudagi fundamental loyiha doirasida bajarilgan.

    Download 27,68 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 27,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi

    Download 27,68 Kb.