|
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
|
bet | 5/5 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 27,68 Kb. | | #151409 |
Bog'liq СамДУ етакчи таш такризиTadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 15 ta, jumladan 9 ta xalqaro va 6 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 35 ta ilmiy ish, shulardan 3 ta monografiya, O‘zbekiston respublikasi Oliy attestatsiya kommissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 14 ta ilmiy maqola, jumladan 5 tasi Scopus maʼlumotlar bazasida kiritilgan horijiy halqaro jurnallarda nashr qilingan hamda tadqiqot mavzusi bo‘yicha 3 ta EHM uchun dasturiy guvohnomalar olingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, to‘rtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 111 betni tashkil etgan.
Dissertatsiya bo‘yicha quyidagicha e’tiroz va takliflar keltirildi.
1. Dissertatsiyaning 60 betdagi (2.5) va (2.8) formulalarni keltirib chiqarilgan natijasi kvant oSsillyatsiyasi bo’yicha olingan modelga qanday ahamiyati bor? Ushbu fizik mohiyatni dissertatsiyada batafsil tushuntirilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi?
2. Dissertatsiyadagi rasmlarni o’lchami turli xil ularni bir xil o’lchamga keltirish kerak, bu esa OAK ning texnik talablariga mos kelmaydi.
3. Avtoreferatning 10 va 12-betlardagi rasmlarini kattaroq va aniqroq qilib tanlash kerak edi. Sababi, grafiklarni solishtirishda uning fizik ma’nosini taxlil qilishga imkon bo’lar edi.
4. Dissertatsiyada energetik holatlar zichligini hisoblashda o’lchamli kvantlar sonini 3-bobda m xarfi bilan xamda keyingi boblarda nz xarflar bilan belgilangan. Meni, fikrimcha, nz to’g’ri bo’lishi kerak, chunki o’lchamli kvantlar soni z o’qi bo’ylab xisoblanadi.
5. Dissertatsiyada energetik holatlar zichligi ossillyatsiyalarini haroratga bog’liqligini hisoblashda o’lchamli kvant sonlarini faqat birinchi qiymati xisobga olingan. Natijada Landau sathlarini keyingi, ya’ni ikkinchi, uchinchi v.x. o’lchamli sathlardagi qiymatlari aniqlanmagan.
6. Dissertatsiya o’zbek tilida ravon yozilishiga qaramay, bir qator grammatik va stilistik kamchiliklar mavjud.
Yuqorida qayd qilingan kamchiliklar dissertatsiya ishining ilmiy va amaliy ahamiyatini umuman kamaytirmaydi. Muallifning ilmiy ishlari xalqaro va respublika jurnallarida chop qilingan va dissertatsiya ishining natijalari to‘liq aks ettirilgan. Dissertatsiya O‘zbekiston Respublikasi OAK talablariga mos ravishda rasmiylashtirilgan, avtoreferat dissertatsiyaning asosiy mazmunini to‘liq o‘zida aks ettiradi.
XULOSA
Dissertatsiya ishi mazmun mohiyatiga ko‘ra, muammoning ilmiy-nazariy jihatdan ochib berganligi, e’lon qilingan ishlarning ilmiy xususiyatlari, olib chiqilayotgan ilmiy xulosalarga, dissertant tomonidan olingan natijalar tahliliga ko‘ra 01.04.10–“Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligiga mos keladi. Dissertatsiyaning ilmiy saviyasi olingan tadqiqot natijalarining ishonchliligi, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyalar materiallari to‘plamlari, OAK ro‘yxatidagi jurnallar hamda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar bilan izohlanadi.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 35 ta ilmiy ish, shulardan 3 ta monografiya, O‘zbekiston respublikasi Oliy attestatsiya kommissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 14 ta ilmiy maqola, jumladan 5 tasi Scopus maʼlumotlar bazasida kiritilgan horijiy halqaro jurnallarda nashr qilingan hamda tadqiqot mavzusi bo‘yicha 3 ta EHM uchun dasturiy guvohnomalar olingan.
Avtoreferat dissertatsiya mazmuniga to‘la mos keladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi talablari darajasida rasmiylashtirilgan.
Raximov Rustamjon G’ulamjonovichning 01.04.10–“Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli strukturalarda ko’ndalang magnitoqarshilik va elektr o’tkazuvchanlik ossillyatsiyalariga harorat va yorug’likning ta’siri” mavzusidagi dissertatsiya ishi Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 raqamli ilmiy kengashga himoya uchun tavsiya etilsin.
Dissertatsiya va avtoreferat uchun yozilgan taqriz SH. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2023 yil 01 dekabrdagi 10-raqamli qaroriga asosan 01.04.10–“Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy-uslubiy seminarida muxokamadan o‘tkazildi.
Raximov Rustamjon G’ulamjonovichning 01.04.10–“Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli strukturalarda ko’ndalang magnitoqarshilik va elektr o’tkazuvchanlik ossillyatsiyalariga harorat va yorug’likning ta’siri” mavzusidagi dissertatsiya ishi uchun yozilgan taqriz kengaytirilgan ilmiy seminar raisi f-m.f.d., prof. N.F.Zikrillaev tomonidan tayyorlandi.
Yetakchi tashkilot
(SH. Rashidov nomidagi SamDU)
Ilmiy seminar raisi:
|
|
f-m.f.d., prof. N.F. Zikrillaev
|
Ilmiy seminar kotib:
|
|
f.-m.f. b. PhD. B.K. Ismaylov
|
|
| |