|
Raximov Rustamjon G’ulomjanovichning “Kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli strukturalarda ko’ndalang magnitoqarshilik va elektr o’tkazuvchanlik ossillyatsiyalariga harorat va yorug’likning ta’siri” mavzusidagi
|
bet | 3/5 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 27,68 Kb. | | #151409 |
Bog'liq СамДУ етакчи таш такризиTadqiqotning maqsadi kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli tuzilmalarda ko’ndalang magnitoqarshilik va elektr o’tkazuvchanlik ossillyatsiyalarini yorug’lik va haroratga bog’liqligini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
hajmiy tor sohali yarimo’tkazgichlarning ko’ndalang magnitoqarshilik ossillyatsiyalarini haroratga bog’liqligini tadbiq etish;
kvant o’rali geterotuzilmalarda ikki o'lchovli holatlar zichligining ko`ndalang elektr o'tkazuvchanlik ossillyatsiyalarini haroratga bog'liqligiga ta'sirini hisoblovchi umumiy matematik ifodani keltirib chiqarish;
kvantlovchi magnit maydondagi kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli tuzilmalarda ko'ndalang elektr o'tkazuvchanlik va magnitoqarshilik ossillyatsiyalarining haroratga bog'liqligini matematik modelini ishlab chiqish;
kvant o’rali geterotuzilmaning ko’ndalang differensial magnitoqarshiligi ossillyatsiyalarini haroratga bog’liqligini hisoblash usulini ishlab chiqish;
kichik o’lchovli yarimo’tkazgichli tuzilmalarda ko’ndalang magnitoqarshilik ossillyatsiyalariga yorug’likning ta`siri tabdiq etish.
Tadqiqotning obʼekti sifatida hajmiy va kichik o’lchovli yarimo’tkazgichli tuzilmalar tanlab olingan.
Tadqiqotning predmeti elektr o’tkazuvchanlik, magnitoqarshilik ossillyatsiyalari hamda magnit maydon induksiyasi bo’yicha ikkinchi tartibli differensial magnitoqarshilik ossillyatsiyasi hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida qo‘yilgan masalani yechish uchun nazariy fizikani taqribiy usullari, delta – funktsiyalarni qatorga yoyish usuli, birinchi va ikkinchi tartibli differensial tenglamlarni yechish bo`yicha olingan murakkab matematik ifodalarni sonli hisoblash (Maple dasturidan foydalanib) usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
magnit maydon induksiyasi bo’yicha ikkinchi tartibli differensial magnitoqarshilik ossillyatsiyalarining haroratga bog’liqligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
yorug’lik va qorong’ulik holatlardagi kichik o’lchamli yarimo’tkazgichlarning ko’ndalang magnitoqarshilik ossillyatsiyalarini haroratga bog’liqligini aniqlash uchun kompyuter dasturi yaratilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Raximov Rustamjon G’ulomjanovichning “Kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli strukturalarda ko’ndalang magnitoqarshilik va elektr o’tkazuvchanlik ossillyatsiyalariga harorat va yorug’likning ta’siri” mavzusidagi
|