|
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
|
bet | 4/5 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 27,68 Kb. | | #151409 |
Bog'liq СамДУ етакчи таш такризиTadqiqot natijalarining ishonchliligi: Kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli tuzilmalarning elektr o’tkazuvchanlik ossillyatsiyalarini nazariy hisoblash natijalari tajriba bilan mos kelishi, shuningdek tajriba qiymatlaridan foydalangan holda past haroratlarda olingan differensial magnitoqarshilik ossillyatsiyalarini yuqori haroratlarda tadbiq etish ishlab chiqilgan matematik modellashtirish bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotda olingan natijalarning ilmiy ahamiyati taklif etilayotgan matematik model kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli tuzilmalarda ko’ndalang magnitoqarshilik ossillyatsiyalarini yorug’lik va haroratga bog‘liq bo‘lishini tushuntirish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, taklif etilayotgan modellashtirish usullaridan yangi kvant o’rali geterotuzilmalar, nano o‘lchamli magnetodiodlarni ishlab chiqarishda foydalanish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli strukturalarda ko’ndalang magnitoqarshilik va elektr o’tkazuvchanlik ossillyatsiyalariga harorat va yorug’likning ta’sirini tadbiq etish natijalari asosida:
kvant o’rali geterotuzilmali yarimo’tkazgichlarning ko’ndalang magnitoqarshilik ossillyatsiyalarini haroratga bog’liqligini aniqlovchi model horijiy tadqiqotchilar tomonidan foydalanilgan (halqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: Modern Physics Letters B 2023 (Q3, SiteScore:3.5), Vol.37, No.14, 2350035; Physical Review B 2023 (Q1, SiteScore:6.7), Vol.107, Iss.7, 075134; Modern Physics Letters B 2023 (Q3, SiteScore:3.5), Vol.37, No.13, 2350034; Modern Physics Letters B 2023 (Q3, SiteScore:3.5), Vol.37, No.27, 2350114). Natijalarning qo‘llanilishi tashqi omillar ta`siridagi kichik o’lchovli yarimo’tkazgichlarning elektr va magnit xossalarini tavsiflash imkonini bergan;
Yorug’lik va qorong’ulik sharoitdagi kichik o’lchamli yarimo’tkazgichli tuzilmalarda differensial magnitoqarshilik ossillyatsiyalarini haroratga bog’liqligini hisoblashning matematik modeli “Magnitooptikada foydalanish uchun granat tipidagi materiallarni ishlab chiqarish va tavsiflash” amaliy ilmiy loyihasida magnitooptik effekti ossillyatsiyalarini aniqlash uchun foydalanilgan (Turkiya davlati EGE universitetining 2023 yil 1 iyundagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida, loyihadagi kvant o’rali yarimo’tkazgichli tuzilmalarning differensial magnitoqarshiligi ossillyatsiyalarini qiymati ikki xil tashqi omil sharoitda solishtirilganda 11 foiz ijobiy o’zgarishga erishilgan.
|
| |