|
-savol. Ob`ektlarni masshtabini o„zgartirish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi
|
bet | 6/8 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 477,9 Kb. | | #271824 |
Kompyuterda bajariladigan tasvirlarning masshtablarini, chizib bo‘lgandan keyin ham osongina o‘zgartirish mumkin:
Ob`ekt ajratiladi va buyruq tugmasi yuklanadi. Shunda, muloqotlar oynasida tayanch nuqasini kiritish yoki belgilash so‘raladi va bunday nuqta ko‘rsatiladi.
Navbatdagi so‘rovda masshtab koeffitsientini kiritish so‘raladi. U butun yoki kasr ko‘rinishida, ya`ni 1 dan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Agar, 2 raqami kiritilsa, ob`ekt ikki marta kattalashib tasvirlanadi, 8-rasm.
8-rasm
Baholash mezoni:
Nusxa olish, ko‘zgu, «O‘xshashlik», «Bir xil elementlarni ko‘plab tasvirlash-Massiv» buyruqlari to‘g`risida ma`lumotga ega bo‘lmaganlar qoniqarsiz – «2» deb baholanadi.
Nusxa olish, ko‘zgu, «O‘xshashlik», «Bir xil elementlarni ko‘plab tasvirlash-Massiv» buyruqlari to‘g`risida qisman ma`lumotga ega bo‘lganlar o‘zlashtirishi o‘rta – «3» deb baholanadi.
Nusxa olish, ko‘zgu, «O‘xshashlik», «Bir xil elementlarni ko‘plab tasvirlash-Massiv» buyruqlari to‘g`risida to‘liq ma`lumotga ega bo‘lganlar o‘zlashtirishi yaxshi – «4» deb baholanadi.
Nusxa olish, ko‘zgu, «O‘xshashlik», «Bir xil elementlarni ko‘plab tasvirlash-Massiv» buyruqlari to‘g`risida to‘liqroq ma`lumotga ega bo‘lganlar o‘zlashtirishi a`lo – «5» deb baholanadi.
savol. Uzaytirish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi
Bu buyruqdan yuqori aniqlikda grafik yasashlar bajarishda foydalaniladi. Masalan, berilgan aylanani AV va SD vatarlarining kesishgan E nuqtasini topish masalasi qo‘yilgan bo‘lsin. Bu nuqtani uzaytirish buyrug`idan foydalanib quyidagicha topiladi:
Izlanayotgan nuqtadan uzoqroqda bu vatarlar bilan kesishadigan ihtiyoriy to‘g`ri chiziq o‘tkaziladi.
Buyruq tugmasi «Sichqon» bilan yuklanadi va «Enter» bilan qayd etiladi. Shunda, ekrandagi barcha to‘g`ri chiziqlarni uzaytirish holati qayd etiladi.
Shunda, ekranda kvadrat nishoncha paydo bo‘ladi va uni AV vatarni V uchiga keltirib qo‘yib,
«Sichqon»ning chap tugmasi bilan yuklansa, V uchidan boshlab AV kesma o‘tkazilgan ihtiyoriy to‘g`ri chiziqqacha uzayib qoladi. Bu amalni qayta-qayta SD to‘g`ri chiziq uchun bajarib, AV va SD to‘g`ri chiziqlarning kesishuv E nuqtasi aniqlanadi, 9-rasm.
9-rasm
|
| |