|
savol. «Bo„laklarga ajratish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi
|
bet | 8/8 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 477,9 Kb. | | #271824 |
savol. «Bo„laklarga ajratish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi
Ma`lumki, kompyuterda bajarilgan har bir primitiv bitta yoki ko‘p chiziqlardan iborat bo‘lishiga qaramay bitta ob`ekt hisoblanadi. Masalan, biror o‘lchamni olsak, unda ikkita chiqarish va strelka, o‘lcham chizig`i hamda o‘lcham qiymatidan iborat bo‘lgan oltita elementi mavjud. Ularning birortasini alohida tahrirlab bo‘lmaydi. Bunday hollarda «Raschlenit»-portlatish buyrug`idan foydalanib, ob`ektlarni tarkibiy qismlarga ajratib yuboriladi va chizmada kerakli tuzatishlar bajariladi. Buning uchun, ob`ekt ajratiladi va
«Raschlenit»-portlatish buyrug`i yuklanadi.
Bo‘laklarga bo‘lish «Raschlenit» buyrug`ining tugmasi yuklanadi;
Ekranda hosil bo‘lgan kvadrat nishoncha bilan ob`ekt ajratiladi va «Enter» bilan qayd etiladi. Natijada ob`ekt tarkibiy qismlarga ajralib qoladi.
Natijada, ob`ekt tarkibiy qismlarga ajralib qoladi. Masalan, qirqimi bajarilgan vtulkaning ichki teshigini diametr o‘lchamini ko‘rsatishda, ya`ni qo‘yilgan o‘lchamdagi bitta chiqarish chizig`ini va strelkani o‘chirish, hamda o‘lcham chizig`ini qisqartirishda bu buyruqdan foydalaniladi, 3-rasm.
3-rasm
VAZIFA: uzaytirish, 1 yoki 2 nuqtada uzish, faska bajarish buyruqlaridan foydalanib namuna kabi bajarilsin.
NAMUNA VAZIFA
Aqliy hujum :
Nuqtada uzish buyrug`i va undan foydalanish algoritmini aytib bering;
Ikki nuqtada uzish buyrug`i va undan foydalanish algoritmini yozib bering;
Faska bajarish buyrug`i va undan foydalanish algoritmini tushuntirib bering.
|
| |