4.Ma`muriy huquqning huquqning boshqa tarmoqlari bilan o`zaro munosabati
Konstitutsiyaviy huquq bilan o‘zaro munosabati5
Konstitutsiyaviy huquq davlatning ijtimoiy tuzilishi va davlat siyosatining asoslari, davlat bilan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilish, davlat organlari tizimining asoslari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini belgilab beradi.
Mazkur huquq sohasi barcha davlat organlari uchun umumiy bo‘lgan tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish prinsiplarini belgilab beradi. Ma’muriy huquq me’yorlari esa, yuqoridagilarga asoslanib, davlat boshqaruvida ularni qo‘llashni tartibga soladi.
Konstitutsiyaviy huquq fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini belgilab beradi. Ma’muriy huquq esa ularni amalga oshirish tartibini belgilab beradi, yanada aniqlashtiradi; fuqarolarning huquqiy maqomini boshqa huquq va majburiyatlar bilan to‘ldiradi; fuqarolar tomonidan huquq, erkinlik va majburiyatlar bajarilishining boshqaruv mexanizmini belgilab beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat kilish huquqiga egadir. Ushbu jarayon konstitutsiyaviy huquq me’yorlari bilan tartibga solingan. Ma’muriy huquq esa, mana shu shikoyatlarning qaysi organga tegishliligini, shikoyatni ko‘rib chiqish muddati va tartibini belgilab beradi.
|