|
Birlamchi cho'lg'amdagi o'ramlar soni N1s kuchlanish U1s tok kuchi I1 bo'lsa, ikkilamchi cho'lg'amda esa o'ramlar soni N2, kuchlanish U2, tok kuchi I2 bo'ladi
|
bet | 3/18 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,85 Mb. | | #139939 | Turi | Referat |
Bog'liq Dilshodbek — копияBirlamchi cho'lg'amdagi o'ramlar soni N1s kuchlanish U1s tok kuchi I1 bo'lsa, ikkilamchi cho'lg'amda esa o'ramlar soni N2, kuchlanish U2, tok kuchi I2 bo'ladi.
Cho'lg'amlardagi kuchlanishlar nisbati mos holda o'ramlar soni nisbatiga teng bo'lib, bu nisbatga transformatsiya koeffitsiyenti deyiladi.
_ _ N-l k~Ü¡~Ñ¡
Transformatorlar uchun k koeffitsiyent muhim ahamiyatga ega. Kuchlanishni qancha o'zgartirish kerakligiga qarab k ning qiymati tanlanadi. Ayniqsa transformatsiya koeffitsiyentining birdan katta yoki kichik bo'lishiga q arab transformator kuchaytiruvchi yoki pasaytiruvchi bo'lishi mumkin.
Agar k>1 bo'lsa, u holda U2
Agar k=1 bo'lsa, u holda U2=U1 bo'lib, bunday transformatorda o'zgarish bo'lmaydi.
Agar k<1 bo'lsa, u holda U2>U1 bo'lib, bunday transformator kuchaytiruvchi hisoblanadi.
Transformatorning foydali ish koeffitsiyenti. Transformator ikkilamchi cho'lg'amidagi quvvatning birlamchi cho'lg'amdagi quvvatga nisbatiga transformatorning ish rejimidagi quvvati deyiladi.
= P2 = № q ~ Pj ~ \1\J1
Odatda transformatorning foydali ish koeffitsiyenti 100% ga juda yaqin bo'lib, u q=98-99,5% oraliqda bo'ladi.
Transformator kuchlanishni necha marta oshirib bersa, tok kuchini shuncha marta kamaytiradi. Cho'lg'amlarning qizishini hisobga olmaganda ikkala cho'lg'amdagi quvvat deyarki bir xil bo'ladi.
Transformatorning ikkilamchi cho'lg'ami iste'molchiga ulanmagan holda ishlashiga transformatorning salt ishlashi deyiladi. Transformatorning salt ishlash rejimida energiya isrofi faqat birlamchi cho'lg'amda sodir bo'ladi, ya'ni bu rejimda faqat birlamchi cho'lg'amda qizish kuzatiladi.
Transformator yordamida elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish:
Transformatorlardan o'zgaruvchan tokni o'zgartirish uchun foydalanishdan tashqari o'zgaruvchan toklarni uzoq masofalarga uzatib berishda ham foydalaniladi. Elektr energiyasini ular ishlab chiqiladigan GES, IES va AESlaridan uzoq masofalarga - yuzlab, minglab kilometrlarda joylashgan aholi punktlariga, zavod, fabrika va boshqa iste'molchilarga isrofsiz yetkazib berish katta ahamiyatga ega. Elektr energiyasini uzoq masofalarga imkon qadar yo'qotishlarsiz, isrof qilmasdan uzatish kerak bo'ladi, ya'ni tok uzatuvchi liniya simlaridagi isrof bo'ladigan elektr energiyasi mumkin qadar kamaytirilishi talab etiladi. Buning uchun Joul-Lens qonuni Q = I2RAt ga ko'ra liniyadagi tok kuchi iloji boricha kamaytiriladi.
Agar ikkilamchi cho'lg'amdagi kuchlanish n marta oshirils a (yoki undagi tok kuchi n marta kamaytirilsa), elektr energiyasini uzatuvchi liniya simlaridagi energiya isrofi n2 marta kamayadi.
Agar elektr energiyasini uzatuvchi liniya simlaridagi energiya isrofi n marta kamaygan bo'lsa, ikkilamchi cho'lg'amdagi kuchlanish Vñ marta oshirilgan (yoki undagi tok kuchi Vñ marta kamaytirilgan) bo'ladi.
XULOSA: Transformatorlar energiyani o'zgartirish va quvvatni nazorat qilish uchun kerak. Ularning eng asosiy vazifasi energiyani bir voltajdan boshqasiga o'tkazishdir. Shuningdek, ular alternativ toki sistemalarda elektr toki o'tkazish va boshqarishda ham keng qo'llaniladi. Transformatorlar energiya tarmoqlarining uzayishini yoki kamayishini ta'minlashda ham muhim rol o'ynaydi.
1>
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Birlamchi cho'lg'amdagi o'ramlar soni N1s kuchlanish U1s tok kuchi I1 bo'lsa, ikkilamchi cho'lg'amda esa o'ramlar soni N2, kuchlanish U2, tok kuchi I2 bo'ladi
|