37
Rasm 1. SHisha korxonasi - xom ashe saklash bunkerlari kurilishi.
Rasm 2. Birkomponentli shnekli dozirovka kompleksi (avtomat tarozilar) KDU-
SH.
5. SHishakristall materiallar va bu sohada O‘zbekiston olimlarining
izlanishlari.
Suyuqlantirilgan shishalarni kristallantirib tekis
mayda kristalli shishalar
olinadi, bular sitallar deb ataladi. Sitallar mexanik ta’sirlarga chidamli materiallar
bo‘lib, mustahkamligi ularni hosil qilgan shishalarning mustahkamligidan ba’zan 5
marta ortiq ham bo‘ladi va cho‘yanning mustahkamligiga yaqinlashadi. Sitallar
kimyoviy ta’sirlarga va issiqa chidamli materiallardir. SHishalardagi kimyoviy
38
komponentlarning kimyoviy tarkibini va qizdirish me’yorini
tanlash orqali
sitallarni tegishli kristallik tuzilishlarni hosil qilish mumkin, ya’ni kerakli bir
xossaga ega yoki birdaniga bir necha hossalarga ega sitallarni tayyorlasa bo‘ladi.
Sitallar qurilish ishlarida, elektotexnikada, xalq xo‘jaligining ko‘p sohalarida katta
ahamiyatga ega yangi materialdir. Ximiya zavodlarida endi chiqit bo‘lmaydi
butun chiqitlar sitallar ishlab chiqarish uchun sarf bo‘ladi
va bular chiqitsitall
deyladi.
Sitallar o‘zini yuqori fizik-mexanik xossalari bilan keramik materiallardan
bir necha bor ustun turadi. Hozirgi vaqtda sitallardan bo‘lgan mahsulotlar xorijiy
mamlakatlarda keng o‘rin olgan, ayniqsa Amerika (Korning firmasi), YAponiya,
Germaniya, Fransiya, Belgiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda. Bu
mamlakatlarda sitall asosida (LiAlSi
2
O
6
)
olingan mahsulotlar metall o‘rini bemalol
bosishi mumkin. Afsuski, bizning Respublikamizda sitall mahsulotlarini olish
uchun zavodlar yo‘q, lekin Respublika olimlari bu yo‘nalish bo‘yicha
ilmiy-
tadqiqiot ishlarini olib borishmoqda. Ayniqsa, bu yo‘nalish bo‘yicha prof. Ismatov
A.A., prof. Sirojiddinov N.A., prof. YUnusov M.YU. larning xissalari kattadir.
Prof. Sirojiddinov N.A. MgAl
2
Si
5
O
18
-
SiO
2
, MgAl
2
Si
5
O
18
- MgAl
2
O
4
,LiAl-
SiO
4
- MgAl
2
O
4
, , LiAlSi
2
O
6
- MgAl
2
O
4
. , LiAlSi
4
O
10
- MgAl
2
O
4
sistemalari
asosida yangi sitallar olishga erishdilar. U olingan
materiallarning solishtirma
og‘irligi, nur sindirish koeffitsienti, mikroqattiqligi, mexanik hossalari, issiqlikdan
kengayish koeffitsienti qiymati kabi parametrlarini kimyoviy tarkib va haroratga
bog‘liqligi qonuniyatlarni yaratdi. Sitallarda hosil bo‘lgan evkriptit, spodumen va
kordieritlarning tuzilishi va parametrlarga oid aniqliklarni kiritdi.
Prof. Ismatov A.A., prof. YUnusov M.YU., prof. Aripova M.X. tamonidan
melilit, diopsid, anortit, apatit kabi kimyoviy birikmalar
ishtirokidagi sistemalar
mukammal o‘rganildi. SHu sistemalar asosida yangi tarkibli sitallar sintez qilindi.
Ularning tuzilishi, hossa-hussusiyatlari va tadbiq etish imkoniyatlari chuqur
o‘rganildi. Olingan mahsulotlarning texnikada yarimo‘tkazich
sifatida, tibbiyotda
esa implantatlar rolini o‘ynashi mumkinligini tasdiqlandi.