10
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Shisha mahsulotlarini ishlab chiqarish usullari, avzallik va
kamchiliklari.
Shisha taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bogʼliq. Uning ko’p
xususiyatlari bor. Аyniqsa—shaffofligi hamda pishiqligidir. Unga yomgʼir, sovuq,
shamol, quyosh nuri taʼsir etmaydi.
Shishadan turli xil uy-roʼzgʼor,
bezak buyumlari, texnika asboblari
yasaladi. Shishaning kashf etilishi turli-tuman shakllardagi butilkalar,
har xil
idishlar, vazalar, stakan, qadahlar qisqasi, turmush uchun zarur boʼlgan
buyumlarni koʼplab ishlab chiqarilishiga olib keldi.
Ha, shisha bilan raqobatlasha oladigan moddalar juda kam. Kimyoviy
pishiq moddalarni tabiiy va sunʼiy kristall moddalari orasidan koʼplab
topish
mumkin, ammo shishadek shaffof hamda keng tarqalgan va tannarxi arzon bulgan
qotishmani axtarib topish amri mahol.
Shisha asrlar davomida asosan, tinchlik maqsadlari uchun xizmat
qilmoqda. U ming yillar davomida
kishilar uchun taom yeyish, ayollarga bezak,
bolalar uchun esa oʼyinchoq sifatida xizmat qilib keladi.
Silikat materiallar ishlab chiqarishda turli xil usullardan foydalaniladi.
Masalan, keramik mahsulotlar olishda xo’l va yarim quruq usullar, bog’lovchi
materiallar ishlab chiqarishda quruq va xo’l usullar,
shisha sanoatida esa asosan
quruq usuldan foydalaniladi.
Qorishmani briket qilish. Qorishmaning bir jinsliligini saqlab qolish,
changlanishini kamaytirish, maqsadida omihtani briket qilinadi.
Qorishma briket
qilinishi natijasida sanitar ish sharoitlari yaxshilanib, pech kamroq buzilib, ishlash
davomiyligi pishirish tezligi oshadi.
Transportirovkada
qorishmaning
to'kilishini
maksimal
darajada
kamaytirish uchun qorishma yo'lining uzunligini qisqartirish, ko'tarish, tushirish,
titratishlarning oldini olish kerak. Qorishmani
juda katta bunkerda saqlash
yaramaydi. Bunker qorishmaga qancha yaxshi to'lsa qorishmani bunkerdan olishda
uning tepadan tushishi kamayib, uning maydalanib ketishi,
sochilishining oldi
olinadi.
Shisha mahsulotlariga shakl berishda turli xil usullardan foydalaniladi:
puflash, presslash, cho’zish usullari.
❖ Xo'jalik buyumlar olish uchun shishalarni 2 xil usulda formalash
mumkin.
✓ 1) Presslash.
✓ 2) Puflash.
❖ Presslash. Bu usulda buyum tayyorlash juda oddiy. Bu usulning
afzalligi tayyorlash jarayoni bevosita qolipning o'zida boradi.
11
❖ Presslash jarayoni quyidagicha boradi:
qolipga pechdan shisha olib
solinadi. Undan keyin puanson richagi orqali presslanadi. Sovitilgandan keyin
buyumlar qolipdan olinib kuydirish pechiga yuboriladi.
❖ Puflash usuli asosan eng oddiy usul hisoblanib,
inson ishtirokida
boradi. Asosan bu usulda insonni qo’l va og’iz yordamida olib boriladi. Bu usulda
shakl berilgan mahsulotlar bir-biridan o’girligi o’lchami bilan farq qiladi.
❖ Hozirgi kunda zamonaviy usul- presslash usulidan keng foydalaniladi.
❖ Chunki, shakl berish oson ,tez, samarali va shakl berilgan mahsulot bir
xil vaznda bo’ladi. Shisha mahsuloti sifati ham ko’p yaxshilanadi.
❖ Shisha mahsulotlarini ishlab chiqarishda har bir qo'llanayotgan hom -
ashyoga ishlov beriladi.