14
meʼmorlikqurilish, navli, idish va boshqalar sanoat Shishalari asosini №20—
SaO—8YU2uchlik sistemadagi kompozitsiyalar tashkil etadi. Bu oksidlardan
tashqari ular tarkibiga Shishaiing kristallanishga moyilligini susaytiruvchi M§0 va
kimyoviy barqarorligini oshiruvchi A120, kiradi. Baʼzi Shisha turlarining
kimyoviy tarkibi jadvalda keltirilgan.
Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy Shishalar mavjud (qarang
Vulkan
shishasi
). Sunʼiy shahrining paydo boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan
bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan yasalgan mahsulotni kuydirishda unga soda va
qum tushgan boʻlishi, natijada buyum sirtida shishasimon sir (glazur) hosil boʻlgan
boʻlishi mumkin.
Shisha mil. av. 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab
chiqarila boshlagan. Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi
moddalar asta-sekin oʻzgartirila borgan. Undagi ishqoriy metallarning oksidlari
30% dan 20% gacha kamaytirilgan. shahriga qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari
qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish maqsadida marganets va kobalt birikmalari
qoʻshilgan. Mil. av. 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol koʻzalarda
Shisha eritilgan. Qadimgi Shishalar 1000—1100°da pishirilgan.
2 muhim masala — shaffof Shisha tayyorlash va mahsulotga puflab shakl
berish hal qilingandan boshlab shishasozlik texnologiyasida muhim oʻzgarish roʻy
berdi. 19-asr oxirigacha shishasozlikda qoʻl mehnati ustun edi, 20-asrning 20-
yillaridan boshlab turli xil Shishalar ishlab chiqarish avtomatlashtirildi.
Badiiy Shisha
badiiy idish va buyumlar, meʼmorlik qismlari, manzarali
kompozitsiyalar, haykaltaroshlik (asosan, kichik shakllarda), yoritqichlar, sunʼiy
bezak toshlar, Shisha mozaika va boshqalardan iborat. Dastlab qadimiy Misr (mil.
av. 4—1-asrlar), Suriya, Finikiya, Xitoyda rivojlangan. Bu davrdagi shishasozlik
maktablarining ish tajribalari yozilgan asar va kitoblarning eng qadimgisi mil. av. 2
ming yillarga oid boʻlib, ular qadimiy Mesopotamiyat topilgan. Aynan shu
mamlakatda loyga mixxatlar yordamida yozib qoldirilgan mil. av. 7-asrga taalluqli
jadvallarda eng qadimgi rangli Shishalar tarkibi va tayyorlash usullari bayon
etilgan. Arxeologik izlanishlar qadimgi sunʼiy Shisha buyumlar mil. av. 4-ming
yillik oʻrtalariga mansubligini, ular
ilk bor Misr yodgorliklarida, keyinroq
Mesopotamiyada uchrashini koʻrsatadi. Mil. av. 3-ming yillik oʻrtalariga mansub
Shisha mahsulotlar koʻpgina mamlakatlar yodgorliklarida topilgan.
Qadimgi dunyo sanʼatida Shisha mahsulotlar (guldon, munchoq, isirgʻa,
tamga va boshqalar), asosan, sopol qoliplar yordamida tayyorlangan, lekin ular
boʻgʻiq (noshaffof), yashil, zangori, feruza rangli boʻlgan. 6-asrdan badiiy
shishachilik markazi sifatida Vizantiya shuhrat qozondi, Gʻarbiy Yevropada gotika
davrida vitraj sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi.
Musulmon Sharqida 12—14-asrlarda Suriya Shishasi mashhur boʻldi. 15—
16-asrlarda Venetsiya Shishasi, 17-asrda Chexiya Shishasi dongtaratdi. 1770-
yillardan (dastlab Angliyada) billursimon Shisha ishlandi. 18-asrdan sunʼiy
15
qimmatbaho toshlar tayyorlash avj oldi. 19-asr oxiri va 20asr boshida
shahridan
amaliy bezak sanʼatida keng foydalanila boshlandi.
Oʻrta Osiyoda bronza va temir davrlarida shaffof va turli rangli Shisha
mahsulotlar tayyorlangan. Tuxolo (Toxarisgon) (hozirgi Oʻzbekistonning janubi va
Tojikistonning bir qismini oʻz ichiga olgan davlat)da havorang , qizil rangli Shisha
tayyorlangan. Arxeologiya yodgorliklari oʻsha
davrlarda Samarqandda ham
shahridan bezak buyumlari ishlanganligini qoʻrsatadi. Bolaliktepadan topilgan nok
shaklidagi medalon (2,5x2 sm) Shishasi yashil boʻlib, gardishga oʻrnatilgan.
Movarounnahr 9—10-asrlarda Shishasi bilan ham shuhrat qozongan. 10— 12asr
shishasozlari metall qoliplar, qirquvchi, randalovchi dastgohlardan foydalanib
badiiy Shisha mahsulotlari tayyorlaganlar. Tabiblarning idishlari, pardoz butomlari
shahridan ishlangan. Oʻrta asrlarda Shisha meʼmorliqda ham ishlatilgan.
Venetsiyalik sayyoh Klavixo oʻz xotiralarida Samarqandning ulugʻvor binolarida
rangli Shisha ishlatilganini yozgan.
Ulugʻbekning Chinnixona koʻshki, Ishratxona maqbarasining ganch
panjaralarida rangli Shisha ishlatilgan. Buxoro ham qadimdan oʻz Shishasi bilan
mashhur boʻlgan. Marv, Nisoda oʻrta asrlarda Shisha tayyorlovchi ustalarning
doʻkonlari boʻlgan.
Xitoy manbalarida Oʻzbekiston hududidan Xitoyga borgan ustalarning mil.
424 yilda shu yerli xalqni shishasozlik sirlari bilan tanishtirganliklari, shahridan
imperator uchun maxsus taxt yasab berganliklari haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Amerika olimi E. Sheferni "Samarqandning oltin shaftolilari" nomli kitobida (1881
yil) Xitoyga Tan Imperiyasi davrida (7—10-asrlar) Fargʻonadan (675 va 761
yillar), Toxaristondan (hozirgi Surxondaryo viloyati) (730 va 741 yillar) va
Keshdan (hozirgi Shahrisabz) (746 yil) qizil va koʻk, havorang , tiniq va shaffof
Shishalar (xitoycha "boli") va qimmatbaho tabiiy toshlar singari nur
oʻtkazmaydigan rangli Shishalar (xitoycha "lyuli") olib borilganligi qayd etilgan.
Bu maʼlumotlar ilk oʻrta asrlarda shishasozlik Oʻzbekiston hududida yuqori
darajada rivojlanganligini qoʻrsatadi.
Shisha ishlab chiqarish jarayoni xom ashyo (tabiiy yoki sunʼiy)
komponentlarini tayyorlash, aralashtirish (shixta hosil qilish), pishirish, Shisha
massasini sovitish, shakl berish, qizdirish va ishlov berish (termik,
kimyoviy va
mexanik)dan iborat. Asosiy xom ashyo sifatida kvars qumlari, soda, potash,
ohaktosh, kaolin, dala shpatlari, turli oksidlar, yordamchi materiallar oʻrnida
boʻyagichlar (kobalt, nikel, temir, xrom, mis oksidlari va boshqalar),
oksidlovchilar (natriy yoki kaliyli selitra va boshqalar) va qaytaruvchilar (koʻmir,
koks, vino toshi, qalay birikmalari) ishlatiladi.
Shisha sanoatda, asosan, vanna pechlarida va maxsus xumdonlarda
pishiriladi.
Shisha
pishirish
jarayoni
Shisha
massasini
suyuqlantirish,
tiniqlashtirish (havo va boshqalar gazlardan tozalash), gomogenlash va sovitishni
oʻz ichiga oladi. Shisha 1400-1450°da pishiriladi, 1460-1500°da tiniqlashtiriladi va
gomogenizatsiya qilinadi, 1200— 1300°da sovitiladi.
shakliga shakl berish va
16
undan buyumlar yasash presslash, puflash, choʻzish va prokatlash yoʻli bilan
amalga oshiriladi. shishani 500—600"da (shishalanish trasidan 20—30° yuqori)
asta sekin sovitish yoki sovitish tempratursidan keskin sovitish (toblash) yoʻli bilan
undagi ichki kuchlanishlarning bir tekis taqsimlanishiga erishiladi. Shisha
toblanganda mexanik mustahkamligi ortadi.