193
yuborilishini ta’minlovchi asosiy elementlari
qatoriga uzoq muddatga va
korroziyaga chidamli keramik drenaj va kanalizatsiya quvurlari kiradi.
Drenaj quvurlari qishloq xo‘jaligi, inshoatlar va yo‘llar qurilishiga
oid meliorativ
ishlarni bajarish - tuproqlar, torfli balchiqlar va joylarni
quritish,
erosti suvlarini yig‘ish va uzatish uchun ishlatiladi. Ular
silindrik shaklga esa bo‘lib, rastrubsiz bir-biriga etkazilgan holda ulanadi.
Bir so‘z bilan aytganda drenaj quvurlar meliorativ
xizmat doirasida suv
yig‘ish va tarqatish sistemalarining asosiy elementi bo‘lib, ular gruntli
suvlar
yig‘ilishi
va
oshib
ketishining
oldini
oladi.
Kanalizatsiya quvurlari xo‘jalik va sanoat kanalizatsiya
tarmoqlarida suv
va ishlab chiqarishning tarkibida ishqor, kislota va kimyoviy tuzlar bo‘lgan
agressiv suyuq chiqindilarini oqizib yuborish uchun xizmat qiladi.
Kanalizatsiya
quvurlarining
agressiv
muhitga
chidamliligi
metall,
asbestotsement,
beton va temirbetondan yasalgan quvurlarga nisbatan ancha ustun