|
– amaliy mashg‘ulot ( 4 soat)Bog'liq SHISHA VA KERAMIKA (2)
3– amaliy mashg‘ulot ( 4 soat)
Qurilish keramik buyumlar turlari va ishlab chiqarish texnologiyasi
Keramika buyumlari tadbiq etilishi, xossalari, ishlatilayotgan xom-ashyo turi
yoki pishgan mahsulotning fazaviy tarkibiga ko’ra klassifikastiyalanadi.
Keramika buyumlari iste’mol (tatbiq) etish oblastiga ko’ra uch katta qismga
bo’linadi:
1) qurilish va sanoat qurilishi materiallari;
2) texnika materiallari;
3) maishiy-xo’jalik materiallari.
Qurilish va sanoat qurilish materiallari davrasiga qurilish keramikasi
mahsulotlari va o’tga chidamli materiallar kiradi. Qurilish keramikasi devorbop,
tomga va fasadga oid keramika, pol plitkasi, kanalizastiya uchun ishlatiladigan
sopol quvurlar, kimyoviy chidamli keramika, filtrovchi kovak keramika, keramzit,
agloporit va sanitariya qurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan. Ularga
quyidagicha talqin berish mumkin:
- qurilish keramikasi mahsulotlari - mayda va yirik donali keramika
massalari asosida olingan va qurilishda ishlatishga mo’ljallangan g’isht va
cherepista kabi materiallar;
- devorbop keramika buyumi - oddiy tuproqdan yasalgan, yuqori haroratda
ishlov berish yo’li bilan olingan va devor yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot;
- tombop keramika buyumi - tuproq asosida yasalgan va temir tunka
o’rnini bosuvchi qurilish keramikasi mahsuloti;
- drenaj uchun ishlatiladigan keramika buyumi - keramika massalari
asosida yuqori harorat berish yo’li bilan olingan va metall quvirlarning o’rnini
bosuvchi mahsulot;
- tashqi yuza keramikasi - tashqi pardozlash uchun ishlatiladigan yuzali
tosh, g’isht va koshinlar;
- ichki pardozlash keramikasi - ichki pardozlash uchun ishlatiladigan
koshinlar, izrazsti va boshqa buyumlar;
- effektiv g’ovak keramika - keramzit, agloporit, graviy kabi g’ovak
keramika materiallari;
- sanitariya-texnika buyumi - keramika texnologiyasi asosida yasalgan
vanna, rakovina, unitaz va boshqalar;
- qurilishning qadimiy va oddiy materiali - tuproq asosida yasalgan va 950-
1000 °C li haroratda kuydirib olingan g’isht;
- sun’iy qurilish keramikasi - Markaziy Osiyo va boshqa issiq iqlimli erlarda
tuproq asosida yasalgan va kuydirish yo’li bilan olingan qurilish g’ishtisimon
mahsulotlar.
|
| |