185
1.Listli( varaqli)
shisha-deraza oynasi, yaxlit rangli shishasi, vitrina oynasi, naqshli shisha,
silliqlangan shisha, prokat shisha va boshqalar;
2.Qurilish-arxitektura shishasi, shishapaketlar, yorug‘lik va issiqlik nurlarini saralab yutuvchi
qurilish shishasi va boshqalar;
3.Ko‘pchitilgan shisha-issiqlik izolyasiyasini ta’minlovchi shisha,
tovush yutuvchi izolyasion
material, filtrlovchi g‘ovak shisha va boshqalar;
4.SHisha trubalar-devorning qalinligi 1-2mm , diametri 0,1-40 mm bo‘lgan yupqa tanali
trubalar, devorning qalinligi 2,5-4 mm, diametri 12-40 mm bo‘lgan qalin tanali trubalar va
boshqalar.
Qalinligi buyicha 5 xil ko‘rinishi mavjud: 2, 3, 4, 5 va 6 mm li.
Eng ko‘p tarqalgani 2 mm li oyna bo‘lib, uning ishlab chiqarish
miqdori (umumiy mikdoriga nisbatan) 70% ni tashkil etadi.
Bunday shishalarni eni 500 dan 925 mm gacha, uzunligi esa 950
dan 1600 gacha bo‘ladi
2– amaliy mashg‘ulot (2 soat)
Keramik materiallar klassifikatsiyasi;
Keramika va olovbardosh buyumlar klassifikastiyasi.
Keramika buyumlari tadbiq etilishi, xossalari, ishlatilayotgan xom-ashyo turi
yoki pishgan mahsulotning fazaviy tarkibiga ko’ra klassifikastiyalanadi.
Keramika buyumlari iste’mol (tatbiq) etish oblastiga ko’ra
uch katta qismga
bo’linadi:
1) qurilish va sanoat qurilishi materiallari;
2) texnika materiallari;
3) maishiy-xo’jalik materiallari.
Qurilish va sanoat qurilish materiallari davrasiga qurilish keramikasi
mahsulotlari va o’tga chidamli materiallar kiradi. Qurilish keramikasi devorbop,
tomga va fasadga oid
keramika, pol plitkasi, kanalizastiya
uchun ishlatiladigan
sopol quvurlar, kimyoviy chidamli keramika, filtrovchi kovak keramika, keramzit,
186
agloporit va sanitariya qurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan. Ularga
quyidagicha talqin berish mumkin:
- qurilish keramikasi mahsulotlari - mayda va yirik donali keramika
massalari asosida olingan va qurilishda ishlatishga mo’ljallangan g’isht va
cherepista kabi materiallar;
- devorbop keramika buyumi - oddiy tuproqdan yasalgan, yuqori haroratda
ishlov berish yo’li bilan olingan va devor yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot;
- tombop keramika buyumi - tuproq asosida yasalgan va temir tunka
o’rnini bosuvchi qurilish keramikasi mahsuloti;
- drenaj uchun ishlatiladigan keramika buyumi - keramika massalari
asosida yuqori harorat berish yo’li bilan olingan va metall quvirlarning o’rnini
bosuvchi mahsulot;
- tashqi yuza keramikasi - tashqi pardozlash uchun ishlatiladigan yuzali
tosh, g’isht va koshinlar;
- ichki pardozlash keramikasi - ichki pardozlash uchun ishlatiladigan
koshinlar, izrazsti va boshqa buyumlar;
- effektiv g’ovak
keramika - keramzit, agloporit, graviy kabi g’ovak
keramika materiallari;
- sanitariya-texnika buyumi - keramika texnologiyasi asosida yasalgan
vanna, rakovina, unitaz va boshqalar;
- qurilishning qadimiy va oddiy materiali - tuproq asosida yasalgan va 950-
1000 °C li haroratda kuydirib olingan g’isht;
- sun’iy qurilish keramikasi - Markaziy Osiyo va boshqa issiq iqlimli erlarda
tuproq asosida yasalgan va kuydirish yo’li bilan olingan qurilish g’ishtisimon
mahsulotlar.
Texnikada qo’llanuvchi materiallar asosan texnika keramikasi gruppasiga
mansub. Texnika keramikasi 6 tur mahsulotlarni o’z ichiga oladi: yuqori o’tga
chidamli
oksidlar
keramikasi,
elektroizolyastiyaga
moyil
silikatli
va
alyumosilikatli keramika, yuqori dielektrik o’tkazuvchanligiga ega bo’lgan
keramika, magnit xossalariga ega bo’lgan keramika, baland haroratda eriydigan
kislorodsiz birikmalar asosidagi keramika va kermatlar.
Maishiy xo’jalik buyumlari asosan nafis keramika gruppasidan tashkil topgan.
Nafis keramika buyumlari 2 turga - chinni va sopol buyumlariga bo’linadi.
Keramika mahsulotlari tayyorlov usuli, ishlov berish xili, strukturasi, qattiq
mayda zarrachalarining bir-biriga yopishib qolishi, sirlanganligi,
yuzasining
ko’rinishi, shakli va o’lchami, o’tga va kislotaga chidamliligi asosida ham qism,
gruppa va turlarga bo’linadi.
Tayyorlov usuliga ko’ra, masalan barcha o’tga chidamli buyumlar shliker
yoki eritmadan quyilgan, plastik shakllangan, yarim quruq presslangan, plastik
bo’lmagan kukunsimon massadan zichlashtirilgan, tog’ jinsi va quyma bloklardan
arralangan buyumlarga ajraladi. Termik ishlov berish
xiliga qarab esa ushbu
mahsulotlar kuydirilmagan (monolit tosh), kuydirilgan (shamot g’ishti) va eritib
qo’yilgan (quyma kvarst ) mahsulotlarga bo’linadi.
Keramika mahsulotlari quyma badiiy bezaklangan, naqshlangan, silliqlangan,
emal bo’yoqlar bilan badiiy bezaklangan buyumlardan tashkil topgan bo’lishi
mumkin.
Sindirib ko’rilgan yuzaning xarakteri (strukturasi) bo’yicha barcha buyumlar
ikkiga - mayda tolali tuzilishga ega bo’lgan va yirik tolali tuzilishga ega bo’lgan
187
buyumlarga ajraladi. Keramika buyumlari shuningdek sirlangan va sirlanmagan
bo’lishlari mumkin. Tashqi muhit ta’siridan saqlash va dekorativ tus berish uchun
buyumlar (masalan, sopol va chinni, ichki va tashqi pardozlash plitkalari, yuzali
g’isht va kanalizastiya quvurlari) sir bilan qoplanadi.