181
tajavvuzkor moddalar atmosferani bulg’ashi taxmin qilinmoqda. Atmosfera
xavosining kundan kunga, yildan yilga bunchalik ifloslanib borishiga
avtotransportning “aybi” borligi yaqqol ko’rinib turibdi.
SHuni xam qayd qilish
kerakki, avtomabillar purkagan gazlar tarkibidagi is gazlari (SO), azot kush
oksidi(N’
2
), uglevodorodlar bilan bir qatorda juda zaxarli modda qo’rgoshin xam
mavjud.
Avtotransport vositalari tomonidan atmosfera xavosining ifloslanishi
dudburonlardan chiqadigan gazlarning tarkibi va miqdoriga, transport xarakati
tezligiga,
mashinalar soniga, kuchalarning katta-kichikligiga ularning loyixasiga,
relyefiga, turar joylarning topografik xolatiga, joylarning xolatiga, iqlim sharoitiga
va meteorologik omillariga bog’lik bo’ladi. Avtotransportlarning atmosfera
xavosini ifloslantiruvchi asosiy moddalari is gazi, uglevodorodlar,
azot oksidlari,
aldegidlar, betonlar, akrolein, qo’rgoshin va boshqalar aksariyat xollarda gigienik
nuqtai nazardan juda zararli xisoblanib, belgilangan me’yordan ortgan xolda
bo’ladi.
Avtotransport vositasidan atmosfera xavosiga tashlanadigan ba’zi zaxarli
gazlar meteorologik sharoitlarda fotokimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Azot qo’sh
oksidi parchalanib,
azot oksidiga aylanadi, natijada atomlar xolidagi
oksigen(kislorod) xosil bo’ladi, aldegid va kationlar esa radikallarni paydo qiladi.
Mazkur ko’rinishdagi reaksiyalar navbatdagi ikkinchi reaksiyalarning kelib
chiqishiga yordam beradi, oqibatda o’ta zaxarli tarkibga ega bo’lgan smog xosil
bo’ladi. Biz yuqorida tashki muxitga nixoyatda tasirchan qo’rgoshin
bilan
ifloslanishiga asosan avtomobillar sababchi ekanligini ko’rsatib o’tgan edik.
Manbalarda keltirilishicha, 1928 yildan avtotransport yonilg’ilari tarkibiga
tetroetilqo’rgoshin birikmasi qo’shiladigan bo’ldi va bu usul 1959 yildan boshlab
tadbiq etila boshlandi.