• -rasm. Ishlab chiqarish kanallari: a) ketma-ket joylashgan; b,v,g) bevosita oyna massasi bilan ta’minlaydigan.
  • Sovutgichlar.
  •  “Lodochka” orqali vertikal holda oyna ishlab chiqarish




    Download 3,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/83
    Sana22.11.2023
    Hajmi3,9 Mb.
    #103156
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
    Bog'liq
    SHISHA VA KERAMIKA (2)

    1. “Lodochka” orqali vertikal holda oyna ishlab chiqarish. 
    Formalash prinsipi. 
    Sovutilgan oyna massasiga namatdan tayyorlangan, o‘rtasi teshik ariqchasi 
    bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallellipiped shaklidagi “lodochka” tushiriladi. 
    “Lodochka”ni massaga botirish jarayonida uning ariqchasidan yuqoriga oyna 
    massasi chiqa boshlaydi. Bu chiqayotgan massani asbest valiklar yordamida 
    yuqoriga lenta shaklida tortib olinadi. Bunda chiqayotgan oyna lentasi suvli 
    sovutgichlar yordamida sovutiladi. 
     
    Pechning ishlab chiqarish qismi. 
    Ishlab chiqarish kanallari. Lodochka uslubi hovuzli pech bilan bog‘langan 
    maxsus “mashina kamera”lar yordamida amalga oshiriladi. Kameralar soni va 
    joylashishiga qarab ishlab chiqarish kanallarini bir qator konfiguratsiyalari mavjud. 
    (1-rasm). 


    172 
    1-rasm. Ishlab chiqarish kanallari: a) ketma-ket joylashgan; b,v,g) 
    bevosita oyna massasi bilan ta’minlaydigan. 
    Rasmda ketma-ket va bevosita oyna massasi bilan ta’minlaydigan kanallar 
    ko‘rsatilgan.
    Ketma-ket ta’minlovchi kanallarda sifatli oyna faqat markaziy mashinalardan 
    chiqadi. Markazdan uzoqlashgan sari oyna sifati yomonlashib boradi. Buning 
    sababi uzoq oqish davomida massa soviydi va uni qayta qizdirish jarayonida uning 
    termik bir xilligi o‘zgaradi. Bundan tashqari tarkibida ko‘p miqdorda qo‘shimcha 
    toshlar paydo bo‘ladi. Bevosita ta’minlovchi kanallarda yuqori sifatli mahsulot 
    olinadi.
     
    “Lodochka”. Oyna lentasini shakllashdagi asosiy qism bu “lodochka” 
    hisoblanadi. (2-rasm).


    173 
    “Lodochka” yuqori sifatli mayda donali shamot massasidan quruq 
    trambovka usuli bilan tayyorlanadi. Kengligi 400-420mm, uzunligi esa mashina 
    uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. “Lodochka” ning eng ahamiyatli qismi bu yoriqchasi 
    hisoblanadi. YOriqchaning uch tomonlari konussimon qilib tayyorlanadi. Bu oyna 
    lentasi qalinligi bir xilligini ta’minlaydi. Konus uzunligi tortish tezligiga bog‘liq, 
    ya’ni tezlik qancha katta bo‘lsa, konus ham shunga qarab uzun bo‘ladi. Masalan: 
    hozirgi kunda 70 kg m/soat da konus uzunligi 300-400 mmga teng.
    Konus kengligi ishlab chiqarish temperatura rejimiga qarab tanlanadi. 
    Harorat qancha baland bo‘lsa, konus kengligi kichik bo‘lishi kerak. Amalda bu 27-
    33 mmga teng. Lodochkani yoriqchasini kengligi 65-70mm. 
    Sovutgichlar. Sovutgichlar oyna lentasini shakllash jarayonida uni sovutish 
    uchun xizmat qiladi. Ularni lentaning ikki tomonidan 40-50 mm masofada 
    o‘rnatiladi. Sovutgichlar sxemasi (3-rasm)da ko‘rsatilgan. Sovutish suyuqligi 
    sifatida suv ishlatiladi.

    Download 3,9 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




    Download 3,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     “Lodochka” orqali vertikal holda oyna ishlab chiqarish

    Download 3,9 Mb.
    Pdf ko'rish