174
5– amaliy mashg‘ulot (4 soat)
Keramik buyumlar ishlab chiqrish usullari va asosiy jarayonlari;
•
Keramika - grekcha keramike (yunoncha keramos)
- tuproq, sopol,
kuydirilgan gil, kulol san’ati manolarini anglatadi.
•
Keramika materiali - tabiiy tuproq yoki tuproq bilan turli minerallar va
organik moddalar aralashmasidan
hosil qilingan loyni pishitib, quyib, quritib va
keyin qattiq qizdirib hosil qilingan mahsulot.
•
Olovbardosh buyum - keramika texnologiyasi bo’yicha
ishlab
chiqarilgan, o’txona va pechlar qurishda ishlatiladigan, olovbardoshligi 1580°C
dan kam bo’lmagan keramika buyumi.
•
Qurilish keramikasi - oddiy tuproq
yoki tuproq bilan maxsus
qo’shilmalardan yasalgan, yuqori haroratda ishlov berish yo’li
bilan olingan va
qurilishda devor kabilarni yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot.
•
Texnika keramikasi buyumi - keramika texnologiyasi asosida yasalgan
o’tkazgich, yarim o’tkazgich, izolyator, magnit xossali buyum va boshqalar.
•
Maishiy-xo’jalik materiallari - keramika texnologiyasi bo’yicha gil,
kaolin, kvarst va dala shpati aralashmasidan olingan
chinni va sopol kabi nafis
mahsulotlar.