179
- sanitariya-texnika buyumi - keramika texnologiyasi asosida yasalgan
vanna, rakovina, unitaz va boshqalar;
- qurilishning qadimiy va oddiy materiali - tuproq asosida yasalgan va 950-
1000 °C li haroratda kuydirib olingan g’isht;
- sun’iy qurilish keramikasi - Markaziy Osiyo va boshqa issiq iqlimli erlarda
tuproq asosida yasalgan va kuydirish yo’li bilan olingan qurilish g’ishtisimon
mahsulotlar.
Texnikada qo’llanuvchi materiallar asosan texnika keramikasi gruppasiga
mansub. Texnika keramikasi 6 tur mahsulotlarni o’z ichiga oladi: yuqori o’tga
chidamli
oksidlar
keramikasi,
elektroizolyastiyaga
moyil
silikatli
va
alyumosilikatli keramika, yuqori dielektrik o’tkazuvchanligiga ega bo’lgan
keramika, magnit xossalariga ega bo’lgan keramika, baland haroratda eriydigan
kislorodsiz birikmalar asosidagi keramika va kermatlar.
Maishiy xo’jalik buyumlari asosan nafis keramika gruppasidan tashkil topgan.
Nafis keramika buyumlari 2 turga - chinni va sopol buyumlariga bo’linadi.
Keramika mahsulotlari tayyorlov usuli, ishlov berish xili, strukturasi, qattiq
mayda zarrachalarining bir-biriga yopishib qolishi, sirlanganligi,
yuzasining
ko’rinishi, shakli va o’lchami, o’tga va kislotaga chidamliligi asosida ham qism,
gruppa va turlarga bo’linadi.
Tayyorlov usuliga ko’ra, masalan barcha o’tga chidamli buyumlar shliker
yoki eritmadan quyilgan, plastik shakllangan, yarim quruq presslangan, plastik
bo’lmagan kukunsimon massadan zichlashtirilgan, tog’ jinsi va quyma bloklardan
arralangan buyumlarga ajraladi. Termik ishlov berish xiliga qarab esa ushbu
mahsulotlar kuydirilmagan (monolit tosh), kuydirilgan (shamot g’ishti)
va eritib
qo’yilgan (quyma kvarst ) mahsulotlarga bo’linadi.
Keramika mahsulotlari quyma badiiy bezaklangan, naqshlangan, silliqlangan,
emal bo’yoqlar bilan badiiy bezaklangan buyumlardan tashkil topgan bo’lishi
mumkin.
Sindirib ko’rilgan yuzaning xarakteri (strukturasi) bo’yicha barcha buyumlar
ikkiga - mayda tolali tuzilishga ega bo’lgan va yirik tolali tuzilishga ega bo’lgan
buyumlarga ajraladi. Keramika buyumlari shuningdek sirlangan va sirlanmagan
bo’lishlari mumkin. Tashqi muhit ta’siridan saqlash va dekorativ tus berish uchun
buyumlar (masalan, sopol va chinni, ichki va tashqi pardozlash plitkalari, yuzali
g’isht va kanalizastiya quvurlari) sir bilan qoplanadi.
Keramika buyumlari o’tga chidamlilik nuqtai nazaridan ikki katta gruppaga
ajraladi:
1. Oddiy keramika buyumi va materiallari - qurilish g’ishti, sopol, chinni,
koshin, quvur va boshqalar. Ularning shakli 1580°C li haroratda o’zgaradi. Odatda
qurilish g’ishti 1250°C dan yuqori haroratda, sopol va chinni esa 1400-1500°C dan
yuqori haroratda eriydi.
2. Olovbardosh keramika buyumi va materiallari - shamot, dinas g’ishti va
boshqalar. Ular 1580°C li haroratda ham o’z shaklini o’zgartirmaydi.
Keramika buyumlari xom-ashyo va kuydirish temperaturasiga ko’ra 2 klassga
ajraladi:
5. Suv yutuvchanligi 15% gacha bo’lgan va qisman pishgan serkovak
buyumlar
klassi - devorbop, tombop va pardozlash materiallari;
6. Suv yutuvchanligi 0,5% dan yuqori bo’lmagan va batamom pishgan
zich zarrachali buyumlar klassi - chinni, texnika keramikasi va boshqalar.
180
Olovbardosh materiallar klassifikastiyasiga kelsak, ular kimyo-mineralogik
tarkibga ko’ra quyidagicha turlanadi:
6. Kremnezemli buyumlar - dinasli olovbardosh buyumlar va kvarst
shishasi asosida olingan buyumlar;
7. Alyumosilikatli buyumlar - yarim nordon g’isht, shamot g’ishti va
yuqori glinazyomli buyumlar;
3. Magnezialli buyumlar - magnezialli o’tga chidamli buyumlar va
magnezialli-ohakli (dolomitli) buyumlar;
27. Magnezial - shpinelli buyumlar - magnezit-xromitli o’tga chidamli
buyumlar, shpinelli buyumlar va boshqalar;
28. Magnezial-silikatli buyumlar - forsteritli o’tga chidamli buyumlar va
boshqalar;
29. Uglerodli buyumlar;
30. Karbid kremniyli buyumlar;
31. Цirkonli buyumlar - baddelitli va stirkonli olovbardosh buyumlar;
32. Oksidli buyumlar - berilliyli, magniyli,
kalstiyli va boshqa oksidli
olovbardosh buyumlar;
10. Kislorodsiz buyumlar - nitridli, boridli va boshqa olovbardosh
buyumlar.