194
shunday
xom-ashyolardan
foydalanishadi
.
Sifati past gillarga odatda qo‘shimchalar (haroratni
pasaytiruvchi,
deformatsiyani kamaytiruvchi, rang beruvchi va hokazo) kiritiladi. Haroratni
pasaytiruvchilar
sifatida dala shpatlari, pegmatitlar va nefelin sienitlar (O dan 8-
19% gacha) ishlatiladi. Kirishib ketishni kamaytirish uchun O dan 10-20% ga
qadar maydalangan shamot va mayda donali kvars qumi qushish mumkin.
Rang beruvchilar sifatida xromli temirtosh FeO·Sg2O3 (O dan 3-10% gacha)
ishlatilsa tuproq to‘q kulrang yoki ko‘k rangga burkaladi. Pirolyuzit MnO2 (O
dan 1,5-5 % gacha) to‘q kulrang yoki qora rang, temir oksidi Fe2O3 jigarrang va
qizil, kobalt oksidi So2O3 (O dan 2-10%) - ko‘k va och ko‘k ranglarni beradi.
Binolarning ichki yuzalarini koshinlashda ishlatiladigan keramik materiallar olish
uchun
och
kuyadigan
giltuproq
va
kaolinlar
ishlatiladi.
Deformatsiyani kamaytirish uchun kvars qumi SiO2, kuydirilgan kaolin
Al2O3·2SiO2, buyumlarning util va politoy chiqindilari qo‘shiladi. Plitka massasi
50% ga
qadar tuproqsimon materiallar, 10-25% kvars qumi va 35% ga qadar
buyum siniqlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Plitkalar yuqori tezlikda
pishiriladigan bo‘lsa, massa tarkibiga ozroq miqdorda nefelin sienit, perlit, toshqol,
bo‘ri, shisha sinig‘i qo‘shiladi. Talk Mg3(OH)2·Si4O10, dolomit MgCa(CO3)2,
vollastonit CaO·SiO2, metallurgiya va fosfor korxonalari chiqindilarini qo‘shish
ham yaxshi effekt beradi. Umuman olganda massa tarkibiga
ishqoriy er oksidlari
MgO, CaO larni kiritish quydirish jarayonidagi kirishib ketishni kamaytiradi.
Natijada
plitkalarning
o‘lchamlarini
bir
xilligiga
erishiladi.