207
•
kurs ishi (loyixalari)ni bajarish;
•
xisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
•
ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza
matnlarini tayyorlash;
•
“talaba-o’qituvchi-kutubxona” kunida fan bo’yicha yangi o’quv adabiyotlari
sharxini o’qituvchi bilan xamkorlikda tayyorlash;
•
axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo’yicha nazariy, amaliy va
statistik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va
muayyan tizimga solish;
•
belgilangan mavzular bo’yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida
taqdimot materiallari tayyorlash;
•
talabalar yotoqxonasidagi ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot
texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan xolda mustaqil o’qish
jarayonlarida ishtirok etish;
•
fakultativlar va maxsus seminarlar ishlarida ishtirok etish;
•
kafedralar va fakultetlarning ilmiy xamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok etish
va boshqalar.
Тalabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga
bo’ysundirilganki, butun o’quv jarayoni to’laligicha
talabalar tomonidan faol,
ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o’zlashtirish va ularda iqtisodiy
dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va
shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib xal
qilinishi mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to’xtalib o’tamiz.