Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash




Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/83
Sana22.11.2023
Hajmi3,9 Mb.
#103156
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

 
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Тalabaga biron-bir 
mavzu bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi xam tanlashi mumkin) ilmiy maqola, 
tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv 
adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar 
xamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’playdi va 
bular asosida ilmiy maqola va ma’ruza tezislari tayyorlaydi.
 


209 
Тalabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalari xam talabalar mustaqil 
ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra professor-o’qituvchilari talabalar ilmiy-
nazariy konferensiyasini tashkil etish orqali o’z ishini guruxning kasbiy 
yo’naltirilganligini, a’zolarining yosh tarkibini, qiziqishlarini xisobga olib, 
tabaqalashgan xolda tashkil qilishi kerak. Faqat shu xoldagina talabalarning 
konferensiyani o’tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta’minlanadi. 
Тalabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini bosqichma-bosqich o’tkazish 
maqsadga muvofiqdir. Qurilish materiallari va buyumlari fani bo’yicha 
talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga 
oshirish maqsadga muvofiqdir: 
1-bosqich – fan o’qitilayotgan barcha o’quv guruxlarida konferensiyalarni 
o’tkazish; 
2-bosqich – xar bir guruxda tanlab olingan talabalarning eng yaxshi 
ma’ruzalarini fakultet va fakultetlararo konferensiyaga taqdim etish va o’tkazish;
3-bosqich – fakultetlararo konferensiyada tanlab olingan eng yaxshi 
ma’ruzalarni umuminstitut ilmiy-nazariy konferensiyasiga taqdim etish.
Butun guruxlar uchun yagona bo’lgan konferensiya mavzusini tasdiqlab, 
talabalarning ma’ruza va chiqishlarini guruxlarning qiziqishlariga qarab 
ixtisoslashtirish mumkin.
 
3. Тalabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari 
 
Тalabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda «Тalabalar mustaqil ishini tashkil 
etish va nazorat qilish» bo’yicha yo’riqnomada belgilangan quyidagi asosiy 
tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir: 
1.Тalabalar mustaqil ishlarini ikki ko’rinishda – auditoriyada va auditoriyadan 
tashqarida tashkil etish. 
2.Тalabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich, 
oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash. 
3. Тalabalar mustaqil ishlarining shakli va xajmini belgilashda quyidagi 
muxim jixatlarga e’tibor qaratish: 
- talabaning o’qish bosqichi; 
- muayyan fanning o’ziga xos xususiyati, o’zlashtirishdagi qiyinchilik 
darajasiga; 
- talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy, grafik tayyorgarlik darajasiga; 
- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga; 
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasiga; 
- mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o’tish bilan shakl va xajm 
jixatidan o’zgarib borishiga; 
- mustaqil ish fan xususiyati xamda talabaning akademik o’zlashtirish 
darajasiga va qobiliyatiga mos xolda tashkil etish. 

Download 3,9 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83




Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash

Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish