• Qabul qildi : Urishboyev.E.E Jizzax-2024
  • Referat qabul qildi : Urishboyev. E. E jizzax-2024




    Download 381.29 Kb.
    bet1/5
    Sana25.03.2024
    Hajmi381.29 Kb.
    #176197
    TuriReferat
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Zaripbayev Nurlibek
    Абдураимов Қахрамон Бахадирович (2), 46mavzu, Dars tahlili blankasi, Aktualnyj-internet-marketing, English for Physics oquv qollanma, P P Amaliyot dasturi 2-kurs (3), «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni-fayllar.org, Tema18-19(4), Jadidchilik - Vikipediya, Jamoa shartnomasi 2023, 3-maruza. AES, Microsoft Excel haqida umumiy ma, 2 мавзу, 2, Fayzulloyev Lazizjon




    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
    SIRTQI BO’LIM Yo’l MUHANDISLIGI YO’NALISHI
    4-Kurs 674-20 Guruh
    Talabasi Zaripbayev Nurlibekning
    Avtomobil yo’llari obodonlashtirish va jihozlash Fanidan
    REFERAT
    Qabul qildi : Urishboyev.E.E
    Jizzax-2024
    Mavzu:
    AQSHning avtomobil yo’llarini obodonlashtirish bo’yicha tajribalari.

    Reja.
    1.AQSh shahar yo‘llari.


    2. AQSHning yo‘l xarakatini tashkil etish prinsiplari.
    3. AQSH avtomobil yo‘llari uzunligi.

    Qo‘shma shtatlarda yo‘l tarmog‘i o‘tgan asrning 20-yillarida rivojlangan. AQSHning yo‘l xarakatini tashkil etish prinsipi kichik yo‘llarni katta yo‘llar bilan bog‘lash xaqida. Maxalliy yo‘llar turar joylarni (uylar, fermalar) transport oqimini asosiy tomon yo‘naltiradigan yo‘llar bilan bog‘laydi, bu esa o‘z navbatida shaxarlararo tez va xavfsiz xarakatni ta’minlaydi.


    Qo‘shma Shtatlarda barcha yo‘llar shaxar va shaxar tashqarisidagi yo‘llarga bo‘linadi. Shaxar tashqarisidagi yo‘llar;ikki va undan ortiq shtatlardan o‘tuvchi tezyurar yo‘llar (shtatlararo), asosiy arterial yo‘llar, asosiy yordamchi yo‘llar (kichik arterial), yirik kollektorli yo‘llar, mahalliy yo‘llar.
    Shahar yo‘llari:ikki yoki undan ortiq shtatlarga yuqori tezlikda harakatlanadigan yo‘llar (shtatlararo), boshqa ekspress yo‘llar (tezyurar yo‘llar), asosiy arterial yo‘llar, kollektor yo‘llar mahalliy yo‘llar(mahalliy).
    Vashington shtati transport departamenti ma’lumotlariga ko‘ra avtomobil yo‘llarini qurish qiymati bajarilgan ishlar qiymatiga bog‘liq, ikki va undan ortiq shtatlarni tezyurar yo‘llar bilan bog‘lash eng qimmat xisoblanadi - 1 km uchun 4, 0 mln.doll. dan 5, 3 mln. dollargacha mablag‘ sarflanadi.(2-jadval).

    Ish turlari

    Narxi mln.doll. 1 km ga.

    Shaxar yo‘llarini kengaytirish 2 polosadan 4 polosagacha

    1, 6

    Shaxar tashqarisida tog‘li yo‘llarda xar bir yo‘nalishda 1 palosali yo‘l qurish

    1, 4

    Ikki yoki undan ortiq shtat bo‘ylab tezyurar yo‘llarni rekonstruksiya qilish

    2, 2

    Ikki yoki undan ortiq shtat bo‘ylab yangi tezyurar yo‘l qurilishi

    4, 0 - 5, 3

    Ikki yoki undan ortiq shtat bo‘ylab yangi quriladigan tezyurar yo‘lining umumiy xarajatlari

    4, 5 - 5, 3

    AQSH avtomobil yo‘llari uzunligi bo‘yicha etakchi hisoblanadi

    7149946

    km

    dan ortiq. Bu yo‘l tarmog‘i dunyoda eng rivojlangan tarmoqlardan biri hisoblanadi.
    Xulosa o’rnida shuni takidlab o’tish joizki bugungi davrga kelib barcha mamlakatlar o’zining yuqori darajadagi rivojlanish strategiyasiga ega, bu rivojlanish strategiyasining asosiy ko’rsatkichlarining barchasi bevosita yo’l soxasi bilan qaysidir ma’noda bog’liq, demak bundan anglashimiz mumkinki shu o’rinda yo’l qurilish yoki rekonstruksiya qilish umuman yo’l infratuzilmasi va tarmog’i rivojlanishi bosqichi hechqachon to’xtab qolmaydi. Bu soxani yanada
    mukammallashtirish va rivojlantirish uchun eng samarali usul bu jahon davlatlarining o’zaro hamkorlik qilishidadir sababi har bir davlatning nafaqat yo’l qurilishi balki umumiy davlat rivojlanishida qurilish ishlari borasida yetarlicha qarashlari va hattoki isbotlangan tajribalari mavjud, bu tajribalar xar xilligi va tajriba asoslarining
    mukammallashtirish va rivojlantirish uchun eng samarali usul bu jahon davlatlarining o’zaro hamkorlik qilishidadir sababi har bir davlatning nafaqat yo’l qurilishi balki umumiy davlat rivojlanishida qurilish ishlari borasida yetarlicha qarashlari va hattoki isbotlangan tajribalari mavjud, bu tajribalar xar xilligi va tajriba asoslarining mavjudligi bu hamkorlarning eng katta yutuqlaridan biri bo’ladi, tajriba almshinish va hamkorlik natijasi o’laroq ushbu infratuzilma barcha hamkorlikda ishtirok etgan davlatlarda birdek mulohaza qilinadi va kerakli tartibda amaliyotga tadbiq etiladi.
    Mutaxassislar 1930-yillardayoq anglab yetgan muammo mohiyati shundan iboratki, avtostrada qurishingiz yoki unga yo‘laklar qo‘shishingiz bilanoq, uning bo‘sh qismini to‘ldirish uchun yanada ko‘proq avtomobillar paydo bo‘ladi.
    Iqtisodchilar bu hodisani indutsiyalangan, yoki qo‘zg‘atilgan, talab deb atashadi: agar siz nimanidir ko‘proq yoki arzonroq narxda taqdim qilsangiz, odamlar katta ehtimol bilan undan ko‘proq foydalanishadi. Indutsiyalangan talab shuni ko‘rsatadiki, avtomobillar oqimi ma’lum bir tezlikda harakatlanishi uchun muayyan bo‘sh joyni talab qiladigan suyuqlikka emas, balki ruxsat berilgan bo‘shliqni to‘liq egallab oladigan gazga o‘xshaydi.
    Xo‘sh, nima uchun yangi yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati yangi harakat yo‘laklarini qo‘shish yoki yangi yo‘llar qurish hisobiga oshirilgan taqdirda ham transport oqimi ortadi?
    Iqtisodchi olimlar bu hodisaning qariyb yarmi odamlarning avtomobil boshqarish qarori bilan bog‘liq ekanini keltirib o‘tadilar. Iqtisodchilar AQShning har bir megapolisidagi avtomagistrallarning umumiy o‘tkazuvchanligini ko‘rib chiqdilar va natijalarni avtomobillar bosib o‘tgan umumiy millar soni bilan taqqosladilar.
    Yakunda o‘zaro bog‘liqlik borligini aniqladilar: shahardagi avtomobil yo‘llarining o‘tkazuvchanligi qancha katta bo‘lsa, u orqali avtomobillar shuncha ko‘p mil bosib o‘tar ekan. Misol uchun, yo‘l o‘tkazuvchanligini 10 foizga oshirish, avtomobil bosib o‘tgan masofaning 10 foizga oshishini ko‘rsatdi.

    Mavzu:
    Osiyo davlatlarining avtomobil yo’llarini obodonlashtirish bo’yicha tajribalari.





    Download 381.29 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 381.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat qabul qildi : Urishboyev. E. E jizzax-2024

    Download 381.29 Kb.