• Suyuqlikli kengayish termometrlari
  • Referat termiz-2014 Reja: Temperatura haqida tushunchalar. Temperatura shkalalari




    Download 51,81 Kb.
    bet2/9
    Sana16.12.2023
    Hajmi51,81 Kb.
    #120185
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Referat termiz-2014 Reja Temperatura haqida tushunchalar. Tempe-hozir.org

    KENGAYISH TERMOMETRLARI.
    Kengayish termometrlari temperaturani o'lchash vositalari hisoblanib, ularning ishlash usuli moddalarning hajmiy va chiziqli kengayishi, termometr tushirilgan muhit temperaturasining o'zgarishiga asoslangan. Kengayish termometrlari ikki turga bo'linadi: 1. Suyuqlikli. 2. Mexanik.


    Suyuqlikli kengayish termometrlari
    Suyuqlikli kengayish termometrlari yordamida temperaturani o'lchash termometrga joylashtirilgan suyuqlikning issiqlik ta'sirida turlicha kengayish koeffitsiyentiga asoslangan.
    Termometrning suyuqlik to'ldirilgan qismi issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti kichik bo'lgan maxsus shisha sirtlaridan tayyorlanadi. Suyuqlikli kengayish termometrlarining temperaturani o'lchash chegarasi-2000C dan +750°C gacha.
    Suyuqlikli termometrlarda o'lchash chegarasiga qarab, termometrik modda sifatida quyidagi suyuqliklar qo'llaniladi: Pentan (-200... +200C), petroleyli efir
    (-120...+250C), etil spirti (-80...+70°C), toluol (-90...+200°C), kerosin
    (-60...+300°C) va simob (-35...+750°C).
    Temperaturasi o'lchanayotgan muhit bilan kontaktda bo'lgan termometr uning temperaturasini qabul qilgan bir paytda, termometrik suyuqlik isishi yoki sovishi natijasida, o'zining hajmini o'zgartiradi, ya'ni shisha trubkada sathi o'zgarib, temperatura o'lchov birligida darajalangan shkalada temperatura qiymatini ko'rsatadi.
    Simobli kengayish termometrlari quyidagi xususiyatlariga ko'ra ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi. Birinchidan, simob temperaturaning -38... + 350°C gacha bo'lgan chegarasida (normal bosimda) va +750°C gacha oshirilgan bosimda suyuq holatda bo'ladi. Ikkinchidan, simob oson tozalanadi hamda uning bug'lari shisha naychada kam bosim hosil qiladi.

    1- rasm. Simobli texnik termometrlar. a - burchakli, b - to'g'ri, d - elektr kontaktli.


    Bunday termometrlarning kamchiligi esa boshqa organik suyuqliklarga nisbatan kengayish koeffitsiyenti kichik bo'lib, simobli termometrlarning sezgirligini kamaytiradi. Simobli texnik termometrlarning umumiy ko'rinishi 1- rasmda keltirilgan.
    Suyuqlikli kengayish termometrlarining texnik tavsiflari quyidagi jadvalda keltirilgan:
    1 – jadval

    Belgilanishi


    O’lchash chegarasi,



    0C

    Shkalasining bo’linmalar oralig’i, 0C


    Ostki qismining uzunligi, mm


    To’g’ri

    Burchakli

    To’g’ri

    Burchakli

    T-2
    T-4 T-5

    T-6 T-7
    T-8 T-9

    T-10 T-11


    B-2
    B-4

    B-5
    B-6

    B-7
    B-8

    B-9
    B-10

    B-11

    (-30+50)
    0….100

    0…160
    0….200

    0….300
    0….350

    0….400
    0….450

    0….500

    0,5:1
    1


    1:2

    2
    5


    66:103:163


    253:403:633
    1003

    103:163:253 403


    104:141:201


    103:141:201 291
















    Download 51,81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 51,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat termiz-2014 Reja: Temperatura haqida tushunchalar. Temperatura shkalalari

    Download 51,81 Kb.