Referat veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti yaylov chorvachiligi va hayvonlarni




Download 160,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana19.05.2024
Hajmi160,77 Kb.
#243592
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ozuqalarning toyimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash (1)

Mineral moddalar
hayvon organizmining barcha organ va to‘qimalari 
tarkibiga, sut, tuhum va junlar tarkibiga kiradi. Ko‘pgina mineral moddalar yosh 
hayvonlarning o‘sishi, sog‘ligini ta’minlash uchun o‘ta zarurdir. Ozuqalar tarkibida 
mineral moddalar turli birikma shaklida bo‘ladi. Ishqoriy elementlar ko‘pincha 
organik va mineral kislotalar, tuzlari shaklida, ma’lum bir miqdor fosfor
oltingugurt, kremniy, temir, magniy va boshqa elementlar organik moddalar 
(oqsillar, yoglar va uglevodlar) tarkibida bo‘ladi. O‘simlik ozuqalarida kul miqdori 
odatda 5% oshmaydi. SHo‘rlangan erlardan olinganlarida esa 10-12% atrofida 
bo‘lishi lozim.
Mineral modda o‘simlik tarkibida bir hil joylashmaydi, poyasi va bargida
doni va ildiziga nisbatan 2 marta va undan ziyod bo‘ladi. Kul donning ichki 
qismiga nisbatan tashqi qismida ko‘proq bo‘ladi.
Dukkakli o‘simliklarning urug‘i va o‘sadigan qismida kalsiy miqdori 
boshoklilarga nisbatan 4-6 marotaba ko‘p bo‘ladi.
Ildizmevaliklar kulida kaliy ko‘p bo‘lib kalsiy va fosfor kam bo‘ladi. Kepak, 
kunjara va shrotlarda fosfor ko‘p bo‘lib kal’siy kam bo‘ladi.
Hayvon tanasida ham ozuqalardagi elementlar mavjud, ammo ular boshqa 
nisbatda uchraydi, tanasining kuli, ko‘k o‘t kuliga nisbatan natriy va kaliyni kam 
saklaydi, lekin kal’siy va fosforga boy bo‘ladi. Hayvon tanasi kulida kal’siy va 
fosfor 50 % atrofida bo‘lsa, o‘simlik kulida 13 % bo‘ladi.
Ozuqalarning to‘yimliligini belgilaydigan asosiy moddalar organik 
moddalardir.
Ozuqalar tarkibidagi protein oqsillardan va amidlardan tashqil topgan 
bo‘ladi. 
Oqsillar - oziqlantirishda juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Organizmda 
kechadigan barcha xayotiy jarayonlar oqsil bilan bog‘liqdir. CHunki fermentlar, 
garmonlar, pigmentlar, immunitetlar tarkibining asosini tashkil etadi.
Ozuqalar tarkibida oqsillarning miqdori 3-90 % gacha buladi.
Kunjara va shrotda 30-40%, dukkaklilar donida 25-30%, dukkaklilar 
pichanida 12-15%, boshoqlilar doni va pichanida 8-12 %, boshoqlilalr poxolida 4-
6%. Ayniqsa hayvonot dunyosidan kelib chiqgan ozuqalar ichida go‘sht va qon 
unlarida 70-90% gacha oqsil bo‘ladi. 
Oqsillar asosan aminokislotalardan tashqil topgan bo‘lib organizmda ular 
bajaradigan funksiya bir hil emas. Ayrim turdagi aminokislotalar: lizin, triptofan, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


gistidin, leysin, izoleysin, fenilalanin, treonin, metionin, valin, argininlar organizm 
tomonidan sintez kilinmaydi. Bu aminokislotalar o‘rin almashmaydigan 
aminokislotalar deb aytiladi va ular organizmga ozuqalar bilan etkazib beriladi. Bu 
aminokislotalar etishmasa mahsuldorlik pasayib umumiy modda almashinuvi 
buziladi.
Kavshovchi hayvonlarda etishmaydigan aminokislotalarning ma’lum bir 
qismi organizmda mikroblar tomonidan sintez kilinishi ham mumkin. Bir kamerali 
oshqozonda ega bo‘lganlarda esa bunday xususiyat yuk.
Aminokislotalar ichida serin, prolin, asparagin kislotasi, glitsin, glutamin 
kislotasi, alanin, sistin, tirozinlar o‘rin almashadigan aminokislotalar deyiladi va 
organizmda azotli birikmalardan sintez ham qilinadi.
Amidlar
- bu oqsilsiz azotli birikma bo‘lib, erkin aminokislotalardan, 
ammoniy tuzlaridan, nitrat va nitritlardan tashqil topgandir. Amidlar miqdori 
ayniqsa fotosintez jadal ravishda kechayotgan yosh o‘simliklarda yuqori bo‘ladi. 
Ildiz mevaliklar va kartoshka tarkibidagi proteinning yarmini amidlar tashqil etadi 
va saqlash muddatining oshishi bilan ko‘payadi. 
Ozuqaviy qiymati barcha azotli birikmalarda bir hil emas. Bundan 
kavshovchi hayvonlar yaxshi foydalanadi, bir kameraliklarda bunday xususiyat 
yo‘q.
Ayrim o‘simiklarda va ozuqalarda amidlar tarkibida hayvonlar uchun zaxarli 
bo‘lgan, azot saqlaydigan glyukozidlar ham uchraydi. Bunday ozuqalar 
hayvonlarga berilmaydi yoki maxsus ishlov berilgandan so‘ng beriladi.
Ozuqalar tarkibida ortiqcha berilgan protein organizmda energiya manbai 
sifatida va zahira yog‘ hosil bo‘lishida foydalaniladi.

Download 160,77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 160,77 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti yaylov chorvachiligi va hayvonlarni

Download 160,77 Kb.
Pdf ko'rish