Hayvon organizmida organik moddalardan yog‘ning hosil bo‘lishining
o‘ziga xos xususiyati bor. YA’ni ozuqa tarkibidagi uglevodlar va oqsillardan hosil
bo‘ladigan yog‘ shu hayvon yog‘ining ximik va fizik xususiyalariga mos bo‘ladi.
Ammo o‘simlik yog‘laridan va baliq yog‘idan hayvon organizmida yog‘
jamgarilganda hayvon yog‘iga xos xususiyatlariga ega bo‘lmasdan o‘sha o‘simlik
yog‘iga xos xususiyatiga ega bo‘ladi.
Uglevodlar
–o‘simliklardan olinadigan ozuqa
quruq moddasining asosiy
qismini, 75% va undan ko‘prog‘ini tashqil etadi. To‘qimalar shirasida uglevodlar -
qand va kraxmal sifatida, to‘qimalar qobig‘ida esa kletchatka ya’ni gemitsellyuloza
va pektin moddalar sifatida bo‘ladi.
O‘simlik yoshining ulg‘ayishi bilan lignin moddasi qobik qismida ko‘paya
boradi.
Hayvon organizmida uglevodlar glyukoza va glikogen shaklida bo‘lib
umumiy miqdori 1% dan oshmaydi. Hayvonlar organizmi to‘qimalari qobik qismi
kletchatkadan tashkil topmasdan oqsil va yoglardan (lipidlardan) tashqil topgan.
Hayvonot dunyosidan kelib chiqgan ozuqalar ichida
sut tarkibida uglevod
ko‘p bo‘ladi. (sut shakari - laktoza- 4-7 %).