Polisaxaridlardan inulin topinambur va er muruti o‘simliklarida ko‘p bo‘ladi.
Hayvon organizmida kraxmal - glikogen shaklida jigarda 1-4% miqdorida
saqlanadi.
Kraxmal - amilaza va amilopektin shakllarida bo‘ladi. Amilaza 200-300
glyukoza molekulalarining glyukozid bog‘lari birikishidan iborat bo‘ladi.
Amilopektin zanjiri kuchli shox tarkatgan bo‘lib xar bir shox 12
glyukoza
molekulasidan iborat bo‘ladi.
Qand
- o‘simiklardan monosaxarid (glyukoza va fruktoza), disaxaridlar
(mal’toza,
saxaroza, laktoza, selobioza) lavlagida, savzida va jo‘xori o‘simligida
22 % gacha qand to‘planadi. YOsh boshokli o‘tlarda 13%cha to‘planishi mumkin.
YUkori darajada azotli o‘g‘itlarni solish bilan (gektariga 200 kg) boshoklilar
quruq moddasida qand miqdorini 5-7% kamaytirib
protein miqdorini oshirish
mumkin.
Gekzozalar
- o‘simlikda kletchatkaning hosil bo‘lishi jarayonida hosil
bo‘luvchi modda hisoblanib, qotib ketgan o‘simiklarda 25-30% cha bo‘ladi.
Ozuqalarning ximiyaviy tarkibini aniqlash bilan to‘yimlilikni
baholash
zaruriy bo‘lsada, bu ko‘rsatkichga qarab to‘lig‘icha baho berish mumkin emas.