o’tkazmaydi. Demak suyuq kristall yacheykaga qo’yilgan kuchlanish ta’sirida molekulalar
qayta orentatsiyalanadi. Payvandlash to’xtashi bilanoq molekulalar dastlabki holatiga qaytadi.
2. Тibbiyotda qo’llanilishi. Suyuq kristallar xozirgi paytda bemorlarga tashxis qo’yish uchun
ishlatilishi mumkin. Shu maqsadda ultratovushli rentgen yaratildi. Bunda inson a’zosi
rentgen nuri bilan emas, balki ultratovush bilan yoritiladi, ultratovush inson uchun mutloq
zararsizdir. Bundan tashqari asosiy elementi suyuq kristall yacheykadan iborat bo’lgan asbob
yordamida ko’zdan turli masofalarda joylashgan ob’ektlar inson tomonidan qaralganda
ko’zning akkomadatsiyasini tadqiq qilish, uning vaqtiy tafsifini va akkomodatsiya jarayonida
bo’lishi mumkin bo’lgan patologik o’zgarishlarni o’rganish mumkin. Bu asbobda suyu
kristall yacheykasida yoruғlikning dinamik sochlish hodisasidan foydalaniladi, yacheykaning
o’zi esa ekran vazifasini bajaradi. 3. Matritsaviy displeylar.
Suyuq kristall yacheyka bitta yoki bir necha misol uchun qo’l soati indikatoridagi har bir
yacheykaga boshqaruvchi kuchlanishni alohidao’zatishning muammosi yo’q. Endi qandaydir
qurilma uchun millionatrofidagi yacheykalar zarur bo’lsin va bu yacheykalarning har
birining tavsiflarini bir-biridan mustaqil boshqarish zaruriyati tuғilgandagi holatini tasavvur
etib ko’raylik. Biz televizion ekran yoki displey yaratmoqchi bo’lsak, u holda shunday
sharoit tuғilishi mumkin.
Bu holda boshqaruvchi kuchlanishni o’zatish tizimini yaratish muxim muammoga aylanadi.
Chunki agar har bir yacheykani kuchlanish o’zatuvchilarini individual kanallar bilan
ta’minlasak, u holda televizor ekrani yoki displey uchun yacheykalarga signallarni
yetkazuvchi million juft atrofidagi o’tkazgich kerak bo’ladi. Bu esa amalda mumkin emas,
demak boshqa yo’lni axtarish kerak. Mana shu yerda enda suyuq kristall yacheykalarni
matritsaviy boshqarishi qo’l keladi. Bunda birdaniga juda ko’p sonli yacheykalarni
boshqarish amalga oshiriladi. Bunday boshqarishda kuchlanishni o’zatuvchi o’tkazgichlar
tizimi ikkita o’zaro perpendikulyar va bir-biridan izolyatsiyalangan parallel o’tkazgichlar
tizimlari to’plamidan iborat bo’lib ular kvadratsimon panjarani ya’ni matritsani xosil qiladi.
O’zaro perpendikulyar o’tkazgichlar kesishgan joyi suyuq kristall yacheykadan iborat
bo’ladi. Demak matritsaviy tizim, yetkazuvchi simlar sonini keskin kamaytirish imkoniyatini
beradi. mikrosxema elementlari displey yacheykalari Suyuq kristalli matritsaviy displeylarni
va mikroelektron texnikasining ittifoqi xozirda Yaponiyada chiqara boshlanganxozirgi
zamon elektron luғatini yuzaga keltirdi. Ular xotirasiga ikki tildagi so’zlar kiritilgan va
matritsaviy displey va alfavit klaviatura bilan ta’minlangan oddiy cho’ntak mikrokalkulyator
o’lchamidek bo’lgan miniatyuraviy hisoblash mashinasidan iboratdir. Klaviatura bo’yicha
bir tildagi so’z terilsa, displeyda shu so’zning boshqa tildagi tarjimasi ko’rinadi. Nazorat
savollari 1. Suyuq kristallar 2. Suyuq kristall turlari. Nematik, smektik va holesterik 3. Elektr
va magnit maydonlaridagi suyuq kristallarning xossalari 4. Suyuq kristallarni qo’llanilishi
matritsaviy displeylar.