• Document Outline
  • Yarim o‘tkazgich - yarim o‘tkazgich kontakti




    Download 364,89 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/7
    Sana25.05.2024
    Hajmi364,89 Kb.
    #253996
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    fizika mavzular

    5.Yarim o‘tkazgich - yarim o‘tkazgich kontakti.
    Yarimoʻtkazgichlar
    oʻtkazuvchanligi jihatidan metall va dielektriklar orasidagi
    moddalar boʻlib, oʻz fizik xususiyatlarini turli tashqi taʼsirlar (masalan yoritish, isitish va
    hokazo) natijasida keng intervalda oʻzgartira olish xususiyatiga ega.
    Yarimoʻtkazgichlar elektronika va mikroelektronikada juda keng qoʻllanilib, zamonaviy
    elektr jihozlarning deyarli hammasi — kompyuterlardan tortib to uyali aloqa telefonlarigacha
    barchasi yarimoʻtkazgichli texnologiyaga asoslangan. Eng keng qoʻllaniladigan
    yarimoʻtkazgich modda kremniy boʻlib, boshqa moddalar ham keng qoʻllaniladi.
    Yarimoʻtkazgichlar — elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi moddalar (oʻtkazgichlar, asosan,
    metallar) va elektr tokini amalda oʻtkazmaydigan moddalar (dielektriklar) orasidagi oraliq
    vaziyatni egallaydigan moddalar. Mendeleyev davriy sistemasida II, III, IV, V va VI
    guruhlarda joylashgan koʻpchilik elementlar. Masalan: kremniy (Si), germaniy (Ge),
    mishyak-galliy (GaAs), kadmiy-tellur (CdTl) va h.k. Sof yarimoʻtkazgichlar (Cr, Ge)oʻzidan
    elektr tokini oʻtkazmaydi. Ularning bir qator birikmalari yarimoʻtkazgichlar jumlasiga kiradi.
    Ya.da ham metallardagi kabi elektr oʻtkazuvchanlik elektronlarning harakati tufayli yuzaga
    keladi. Biroq elektronlarning harakatlanish sharoitlari metallar va Ya.da turlicha boʻladi. Ya.
    quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: Ya.ning elektr oʻtkazuvchanligi temperatura koʻtarilishi
    bilan ortib boradi (mas, temperatura 1 K ga ortganda Ya.ning solishtirma oʻtkazuvchanligi
    16—17 marta ortadi); Ya.ning elektr oʻtkazuvchanligida atom bilan sust (V guruh elementi
    qoʻshilganda) bogʻlangan elektronlardan tashqari atom bilan kuchliroq bogʻlangan
    elektronlar ham ishtirok etadi (baʼzi hollarda bogʻlangan elektronlar asosiy rol oʻynaydi); sof
    Ya.ga oz miqdorda qoʻshilma kiritib, uning oʻtkazuvchanligini keskin oʻzgartirish mumkin
    (mas, 0,01% qoʻshilma kiritilganda Ya. ning oʻtkazuvchanligi 10000 marta ortib ketadi).
    Past temperaturalarda Ya.ning solishtirma qarshiligi juda katta boʻladi va amalda ular
    izolyator hisoblanadi, lekin temperatura ortishi bilan ularda zaryad tashuvchilarning
    konsentratsiyasi keskin ortadi. Mas, kremniyga biror element qoʻshganimizda 20° T.da erkin
    elektronlar konsentratsiyasi ~10

    17 m³ boʻlsa. 700° da 10

    24 m³ gacha, yaʼni million
    martadan koʻproq ortadi. Ya.da elektronlar konsentratsiyasining T.ga bunday keskin
    bogʻlikligi oʻtkazuvchanlik elektronlari issiqlik harakati taʼsirida hosil boʻlishini koʻrsatadi.
    Yarimoʻtkazgich kristallda atomlar valent elektronlari yordamida oʻzaro bogʻlangan.
    Atomlarning issiqlik tebranishlari vaqtida issiqlik energiyasi valent elektronlar orasida
    notekis taqsimlanadi. Ayrim elektronlar oʻz atomi bilan bogʻlanishni uzib, kristallda erkin
    koʻchib yurish imkonini beradigan yetarli miqdordagi issiqlik energiyasiga ega boʻlib qolishi
    va erkin elektronlarga aylanishi mumkin.
    Tashqi elektr maydon boʻlmaganda bu erkin elektronlar tartibsiz harakat qiladi. Elektr
    maydon taʼsirida esa maydonga qarshi yoʻnalishda tartiblangan harakatga kelib, Ya.da tok
    hosil qiladi. Erkin elektronlar yuzaga keltirgan oʻtkazuvchanlik elektron yoki n-tip
    oʻtkazuvchanlik deb ataladi (bu holatda sof yarimoʻtkazgichga V guruh elementi qoʻshilgan
    holat).
    Bogʻlangan elektronning oʻz atomini „tashlab ketishi“ atomning elektr neytralligini buzadi.
    unda „ketib qolgan“ elektron zaryadiga miqdoran teng musbat zaryad — teshik vujudga
    keladi. Tashqi elektr maydon boʻlmaganda elektronlar ham, teshiklar ham tartibsiz
    harakatlanadi, tashqi maydon boʻlganda esa elektronlar maydonga qarshi, teshiklar maydon
    boʻylab koʻchadi. Teshiklarning koʻchishi bilan bogliq oʻtkazuvchanlik teshikli yoki p-tip
    oʻtkazuvchanlik deyiladi (bu holatda sof yarimoʻtkazgichga III guruh elementi qoʻshilgan


    holat). Erkin elektronlar soni bilan teshiklar soni bir-biriga tengligi tushunarli.
    Aniklanishicha, ularning harakatlanish tezligi ham bir xil ekan. Demak, Ya.dagi tok ayni
    vaqtda ham elektron, ham teshikli oʻtkazuvchanlikdan vujudga keladi. Bunday
    elektronteshikli oʻtkazuvchanlik Ya.ning xususiy oʻtkazuvchanligi deyiladi. Xususiy
    oʻtkazuvchanlik sof Ya.da kuzatiladi. Biroq tabiatda sof Ya. yoʻq. Baʼzi qoʻshilmalar Ya.ni
    erkin elektronlar bilan boyitsa, boshqa baʼzi qoʻshilmalar teshiklar bilan boyitadi. Ya.da
    yuzaga keladigan bunday oʻtkazuvchanlik aralashmali oʻtkazuvchanlik deb ataladi.
    Agar asosiy Ya. atomi oʻrniga elementlar davriy sistemasida undan keyingi guruhda turgan
    element atomi kiritilsa, bu qoʻshilma atomning bitta valent elektroni atomlararo bogʻlanishda
    ishtirok etmaydi va erkin elektronlar safiga qoʻshiladi, binobarin, n-tip oʻtkazuvchanlik
    ortadi. Va, aksincha, undan oldingi oʻrinda turgan element atomi kiritilsa, atomlararo toʻla
    bogʻlanishda 1 ta elektron yetishmaydi, teshik hosil boʻladi. Bunda p-tip oʻtkazuvchanlik
    ortadi. Qoʻshimcha ikkinchi holda donor (elektron beruvchi) qoʻshilma, birinchi holda esa
    akseptor (elektron oluvchi) qoʻshilma deb ataladi.
    Shunday qilib, Ya.ning elektr oʻtkazuvchanligi xususiy va aralashmali oʻtkazuvchanliklar
    yigʻindisidan iborat boʻladi. Yuqori T.larda xususiy oʻtkazuvchanlik, past T.larda esa
    qoʻshilmali oʻtkazuvchanlik asosiy rol oʻynaydi.
    Sunnat Gʻoipov.
    Yarim oʻtkazgichlarning tuzilishi
    Misol uchun yarim oʻtkazgichning tipik vakili boʻlgan germaniyni qaraylik. Uning tartib
    nomeri 32 va toʻrtta elektron qobigʻi mavjud: 1-qobiqda 2 ta; 2-qobiqda 8ta, 3-qobiqda 18 ta,
    4- qobiqda esa 4 ta elektron joylashgan. Uchta ichki qobiqdagi elektronlar turgʻun boʻlib,
    kimyoviy reaksiya-larda ishtirok etmaydi. Oxirgi toʻrtinchi qobiqdagi elektronlar esa atom
    yadrosi bilan juda kuchsiz bogʻlangan. Aynan shu elektronlar elementning boshqa
    atomlarining nechtasi bilan kimyoviy bogʻlanishga kira olish qobiliyatini koʻrsatib, mazkur
    elementning valentligini aniqlaydi. Shuning uchun ham oxirgi qobiqdagi elektronlarga tashqi
    yoki valentli elektronlar deyiladi. Tashqi qobigʻida toʻrtta elektroni mavjud boʻlgan
    germaniyning valentligi toʻrtga teng. Mazkur atomga boshqa atomlar yaqinlashganida valent
    elektronlar boshqa atomning valent elektronlari bilan oson taʼsirlashadi va kimyoviy
    bogʻlanish hosil qiladi. Atom qobigʻiga maʼlum energiya berilganda atomnig ionlashuvi roʻy
    berishi mumkin. Aynan soʻnggi qobiqdagi elektronni ozod qilish uchun eng kam energiya
    taqozo qilinadi. Germaniy, kremniy va yarim oʻtkazgichlarning boshqa bir qancha vakillari
    kristall moddalar hisoblanadi. Ularning atomlari maʼlum qonuniyatlarga muvofiq joylashgan
    boʻladi.
    Oʻtkazgichlar, yarim oʻtkazgichlar, izolyatorlar
    Elektronni valent zonadan oʻtkazish zonasiga oʻtkazish uchun tashqaridan malum energiya
    berish kerak. Elektron turgʻun holatdan (toʻldirilgan holatdan) . erkin holatga (oʻtkazish
    zonasiga) oʻtishda yengish kerak boʻlgan man qilingan zonanirtg kengligi qattiq jismlarni
    metallar, yarim oʻtkazgichlar va izolyatorlarga ajratishning asosiy mezonlaridan biridir.
    Bunga keltirilgan sxemalardan osongina ishonch hosil qilish mumkin. Zonalarning
    elektronlar bilan toʻldirilganligi va man qilingan zonaning kengligiga qarab toʻrtta hoi
    boʻlishi mumkin. Eng yuqori zona elektronlar bilan qisman toʻldirilgan, yaʼni unda boʻsh
    sathlar mavjud. Bu holda elektron juda kam energiya olganda ham shu zonaning yuqoriroq
    energetik sathiga oʻtishi, yaʼni erkin boʻlib, tok oʻtkazishda ishtirok etishi mumkin. Demak,
    qattiq jismda qisman toʻldirilgan zona mavjud boʻlsa, bu jism elektr tokini oʻtkazadi. Aynan
    shu xususiyat metallarga xosdir. Agar valent zona va oʻtkazish (erkin) zonasi bilan qisman
    ustma-ust tushsa ham, qattiq jism elektr tokini oʻtkazuvchi boʻladi. Bu Mendeleyev


    elementlar davriy sistemasidagi II guruh elementlari Be, Mg, Ca, Zn ….larga xos
    xususiyatdir. Energetik sathlari faqat valent zona va oʻtkazish zonasidan iborat qattiq jismlar,
    man qilingan zonasining kengligiga qarab dielektriklar va yarim oʻtkazgichlarga ajratiladi.
    Agar kristallning man qilingan zonasining kengligi bir necha elektron-volt boʻlsa, issiqlik
    harakati elektronni valent zonadan oʻtkazish zonasiga sakrata olmaydi va bunday kristallarga
    dielektriklar deyiladi. Agar man qilingan zona uncha katta boʻlmasa (AE~ 1 eV), elektronni
    valent zonadan oʻtkazish zonasiga issiqlik yoki biror boshqa taʼsir bilan koʻchirish mumkin.
    Bunday kristallarga yarim oʻtkazgich-lar deyiladi. Masalan, germaniy uchun AE= 0,72 eV,
    kremniy uchun AE=1.11 eV ni tashkil qiladi. Shunday qilib, oʻtkazgichlar uchun man
    qilingan zonaning kengligi noʻlga teng, yarim oʻtkazgichlar uchun 2eV dan oshmaydi,
    dielektriklar uchun esa 2eV dan katta boʻladi.

    Document Outline


    Download 364,89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 364,89 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yarim o‘tkazgich - yarim o‘tkazgich kontakti

    Download 364,89 Kb.
    Pdf ko'rish