Paramagnetizm (para... va magnetizm) — tashqi magnit maydoniga kiritilgan jismlarning
shu maydon yoʻnalishiga moyil yoʻnalishda magnitlanish xossasi. Magnit qutbi yaqiniga
joylashtirilgan har qanday paramagnit jism shu qutbga tortiladi. Tashqi magnit maydoni
boʻlmagan (N=0) da paramagnetiklar magnitlanmaydi.
„Paramagnetizm“ terminini fanga M. Faradey kiritgan (1845). U ferromagnitdan boshqa
barcha moddalarni magnit xossalari boʻyicha diamagnit va paramagnit moddalarga ajratgan.
Paramagnetizm zarralari (atom, molekula, ion, atom yadrosi) xususiy magnit momentiga ega
boʻlgan jismlar uchungina xos boʻlib, bu momentlar tashqi maydon boʻlmaganda tartibsiz,
yaʼni j=0 boʻladi. Tashqi maydon boʻlganda maydon yoʻnalishida moslanadi.
Metallda xususiy magnit (spin) momentiga va elektr oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgan
elektronlarning mavjudligi shu metallning paramag-nit xossasini ifodalaydi. Tashqi magnit
maydoni taʼsirida bu elektronlar magnit momentining yoʻnalishi maydon yoʻnalishi bilan bir
xil boʻladi.
Atom yadrosi ham xususiy magnit momentiga ega. Yadro magnit momenti elektron magnit
momentidan taxminan 1000-marta kichik. Atom yadrosining paramagnit qabulchanligi
elektron qabulchanligidan taxminan 106-marta kichik. Paramagnit modda kuchsiz tashqi
magnit maydoni taʼsirida juda kucheiz, lekin juda past (mutlaq nol gradusga yaqin)
temperaturalarda, shuningdek, oʻta yuqori tashqi magnit maydoni (>105 E) taʼsirida kuchli
magnitlanadi. Kucheiz maydonga paramagnit moddaning mag-nitlanganligi j maydon
kuchlanganligi oʻsishi bilan quyidagi qonun boʻyicha oʻsadi: j=%ff, bunda paramagnit
qabulchanligi x~ Yu~5 dan 10~3 gacha qiymatlarni oladi. Agar maydon kuchli boʻlsa,
paramagnit zarrachalari magnit mo-mentlarining yoʻnalishi tashqi magnit maydoni
yoʻnalishidek boʻladi (magnit toʻyinishi roʻy beradi). Oʻzgarmas kuchlanishli maydonda
temperatura T ortishi bilan magnit qabulchanlik Kyuri qonuni boʻyicha kamayadi.
Turli moddalarning Paramagnetizmini oʻrganish atom, ion, molekula, yadrolarning magnit
momentini, murakkab molekulalarning tuzilishini oʻrganishda, materiallarning strukturasini
taxlil qilishda juda muhim.