|
MChJ ustav kapitali shakllanishini aks ettirilishi
|
bet | 4/8 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 320,13 Kb. | | #148092 |
Bog'liq xususiy kapital 1MChJ ustav kapitali shakllanishini aks ettirilishi
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Summa, ming so‘m
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi, jami:
|
87500
|
4610
|
|
A
|
74500
|
|
8311
|
B
|
2000
|
|
8312
|
C
|
10000
|
|
8313
|
D
|
1000
|
|
8314
|
2
|
Ta’sischilar qarzlarini bankdagi hisobraqamiga to‘ladi
|
87500
|
5110
|
4610
|
Ma’suliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalini u to‘liq shakllanganidan keyingina ko‘paytirishi mumkin. Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
MChJga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalar hisobiga
Ma’suliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalini jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin,82 ya’ni ustav kapitalini mol-mulk hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror yakunlangan hisobot yili uchun balans ma’lumotlari asosida qabul qilinadi. Kapitalni mol-mulk hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorning joriy yilning choragi, yarim yilligi yoki 9 oyi uchun buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida qabul qilinishi mumkin emas. Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitali jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytiriladigan summa jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan ustav kapitali hamda rezerv kapitali summasi o‘rtasidagi farqdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Jamiyat sof aktivlarining hajmi mohiyatiga ko‘ra tashkilotning o‘z manbalari, ya’ni ustav kapitali va foyda hisobiga xarid qilingan mol-mulki hisoblanishi sababli, ustav kapitalini ko‘paytirish yil tugagandan va balans reformatsiyasidan keyin jamiyatning ixtiyorida qoladigan foydasi hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali ko‘paytirilganda jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o‘zgarmagan holda ular ulushlarining nominal qiymati mutanosib ravishda ko‘payadi. Misol. MChJ 6000 ming so‘m ustav kapitaliga ega.
Jamiyat ishtirokchilari tarkibiga 2ta shaxs kiradi, birinchisiga ustav kapitalining 45 %i (2700 ming so‘m), ikkinchisiga 55 %i (3300 ming so‘m) tegishli. 2012-yil martda yakunlangan yil uchun hisobot topshirilgandan so‘ng ishtirokchilarning yig‘ilishida jamiyatning ixtiyorida qolgan foyda hisobiga ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Jamiyatning ustav kapitalini uning foydasi hisobiga ko‘paytirish mumkin bo‘lgan eng katta miqdorni aniqlash uchun o‘tgan hisobot yili yakuni bo‘yicha jamiyatning sof aktivlari miqdori hisoblab chiqariladi. Balans ma’lumotlariga ko‘ra jamiyat sof aktivlarining qiymati 25000 ming so‘mni tashkil qildi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatda rezerv kapitali tashkil etilmasligi sharti bilan, u joriy yilda o‘z ustav kapitalini 19000 ming so‘mdan (25000 - 6000) oshmaydigan summaga ko‘paytirish huquqiga ega.
Agar ishtirokchilar yig‘ilishida ustav kapitalini 4000 ming so‘mga ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa quyidagi o‘tkazmalar bilan aks ettiriladi.
|
| |