MChJ ustav kapitalining qo‘shimcha hissa hisobiga ko‘paytirilishi




Download 320,13 Kb.
bet6/8
Sana29.01.2024
Hajmi320,13 Kb.
#148092
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xususiy kapital 1

MChJ ustav kapitalining qo‘shimcha hissa hisobiga ko‘paytirilishi

T/r

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Summa, ming so‘m

Debet

Kredit

1

1-chi ishtirokchi pul mablag‘lari ko‘rinishida qo‘shimcha hissa qo‘shdi

2700

5110

6630

2

2-chi ishtirokchi uskuna ko‘rinishida qo‘shimcha hissa kiritdi

3300

0890

6630

3

1-chi ishtirokchi tomonidan xissa kiritilganda ustav kapitalining ko‘payishi

2700

6630

8330

4

2-chi ishtirokchi tomonidan hissa kiritilganda ustav kapitalining ko‘payishi

3300

6630

8330

Ma’suliyati cheklangan jamiyat o‘z ustav kapitalini kamaytirishga haqlidir. Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida uning ustav kapitali to‘liq to‘lanmagan taqdirda, jamiyat o‘zining ustav kapitalini amalda to‘langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozim.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati jamiyatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi sanasidagi holatga qonunda belgilangan ustav kapitalining minimal miqdoridan kam bo‘lib qolsa, jamiyat tugatilishi kerak. Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
MChJ ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyatning ustav kapitali kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida jamiyatning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari o‘zlariga xabarnoma yo‘llangan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
Jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav kapitalidagi o‘z ulushini yoxud uning bir qismini jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki o‘zga tarzda ular foydasiga voz kechishga haqlidir. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi. Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, o‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkin. Jamiyat ishtirokchisining ulushi to‘liq to‘langunga qadar bo‘lgan davrda u faqat to‘langan qismi bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.
Korxonalarning xususiy kapitalini shakllantirishda ustav kapitalidan tashqari qo‘shilgan kapital va rezerv kapitallari ham tashkil qilinadi. Qo‘shilgan kapital hisobini yuritishdan maqsad xo‘jalik yurituvchi subyektning ro‘yxatga olingan sanasidan boshlab uning aksiyalarini joylashtirishgacha bo‘lgan davr mobaynida faoliyatning qonuniyligini, barqaror faoliyat olib borishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni ta’minlashni investorlarga isbotlab, aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori sotilgan qismini hamda aksiyalarni sotishdagi kurs farqlarini hisobda to‘g‘ri aks ettirishdan iborat. Qo‘shilgan kapital aksionerlik jamiyatlarida korxona aksiyalarining nominal qiymatidan ortiq narxda sotish natijasida olingan emissiya daromadidan tashkil etilsa, mulkchilikning boshqa shakllarida esa ta’sischilarning pul mablag‘laridan tashkil topadi. Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning nominal qiymatidan oshiqcha summalarining, bundan tashqari bepul olingan mulklar qiymatining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Emission daromad – aksiyalarning nominal qiymatdan oshiqcha bahosi bo‘yicha birlamchi sotishdan olingan emissiya daromadini aks ettiradi. Qo‘shilgan kapital – bu tashkil etilayotgan xo‘jalikning daromad (foyda) olish maqsadini ko‘zlab, kiritilgan va kiritilayotgan dastlabki mablag‘larning Respublikamiz yuqori tashkilotlari hamda bozor talablari asosida yuzaga kelgan mulk tafovutlarini, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag‘lardir. Bundan tashqari qo‘shilgan kapital schyotida ustav kapitaliga qo‘yilgan qo‘yilmalarni to‘lashda hosil bo‘ladigan kursdagi farqlar summasi ham hisobga olinadi. Qo‘shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 8410 – “Emissiya daromadi”; 8420 – “Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqi”; 8410 –“Emissiya daromadi” schyoti – aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Emissiya daromadi emitent tomonidan aksiyalar dastlabki egalariga aksiyalarning realizatsiya narxi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi farq sifatida joylashtirilganda (sotilganda) yuzaga keladi. 8410 “Emissiya daromadi” schyoti aksiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu mablag‘lar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” schyoti kreditlanib, xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymati o‘rtasidagi farq qoplanganda esa ushbu schyot debetlanadi. 8410 “Emissiya daromadi” schyoti bo‘yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalardan olingan daromadlar bo‘yicha alohida yuritiladi.
Misol. Aksiyadorlik jamiyati ta’sis hujjatlariga ko‘ra 1 500 so‘m nominal qiymatida 1000000 dona aksiya chiqarildi. Ular bir dona aksiya uchun 1560 so‘m narx bo‘yicha sotildi. Jamiyatning emissiya daromadi 60000 ming so‘mni (1 560000-1 500000) tashkil qiladi.


Download 320,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 320,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MChJ ustav kapitalining qo‘shimcha hissa hisobiga ko‘paytirilishi

Download 320,13 Kb.