|
Aksiyadorlik jamiyatida emissiya daromadining
|
bet | 7/8 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 320,13 Kb. | | #148092 |
Bog'liq xususiy kapital 1Aksiyadorlik jamiyatida emissiya daromadining
shakllanishi
T/r
|
Xo‘jalik operatsiyalarining
mazmuni
|
Summa,
ming so‘m
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Aksiyalar nominal qiymatiga
|
1 500000
|
4610
|
8310
|
2
|
Aksiyalar nominal qiymatidan
yuqori narxda sotilgan qismiga
|
60000
|
4610
|
8410
|
3
|
Aksiyalarga to‘lov amalga
oshirilganda
|
1 560000
|
5010,
5110, 0100
va
boshqalar
|
4610
|
Qo‘shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish paytidagi va ustav kapitaliga amalda valyuta hamda valyuta boyliklariga oid badallarni kiritish paytidagi valyuta kurslarining farqlanishi natijasida kursdagi tafovut yuzaga keladi. Ushbu kurs farqi 8420-“Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi” schyotida hisobga olinadi.
Ustav kapitalini shakllantirish uchun berilgan valyuta va valyuta qiymatliklari, ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha baholanadi. Valyuta va valyuta qiymatliklarini va boshqa mulklarni baholash ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidagi ta’sis hujjatlarida belgilangan baholardan farq qilishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitalini shakllantirishda Markaziy bank kurslarining o‘rtasida ta’sis hujjatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada va ustav kapitaliga mablag‘lar haqiqatda kiritilgan sanada vujudga keladigan ijobiy kurs farqi buxgalteriya hisobida qo‘shilgan kapital sifatida 8420-“Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi” schyotida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitalini shakllantirishda Markaziy bank kurslarining o‘rtasida ta’sis hujjatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada va ustav kapitaliga mablag‘lar haqiqatda kiritilgan sanada vujudga keladigan salbiy kurs farqi 8420-“Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi” schyoti debetida ustav kapitalini shakllantirishda oldin vujudga kelgan ijobiy kurs farqi summalari doirasida aks ettiriladi. Ustav kapitalini shakllantirishda ijobiy kurs farqi summasidan oshgan salbiy kurs farqi summasi 9620-“Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debetiga kiritiladi. Kurs farqlarini bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan, ustav kapitalidagi ta’sischilarning ulushining o‘zgarmasligiga
imkon beradi.
Ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo‘lgan kursdagi farqlarning analitik hisobi har bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 8410-“Emission daromad” krediti bo‘yicha faqatgina aksiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan ortiqcha summa hisobga olinadi. Mazkur summa foyda solig‘iga tortish obyekti bo‘lib hisoblanmaydi.
Rezerv kapital - bu taqsimlanmagan daromaddan ajratmalar hisobiga tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyati yoki xo‘jalik shirkati xususiy kapitalining bir qismidir. Rezerv kapitali operatsion faoliyatdan kelib chiqqan zararlarni qoplash va yoki sof daromad yetarli bo‘lmagan holatlarda dividendlar to‘lash uchun foydalaniladi. Rezerv kapitalidan foydalanish va uni tashkil etish tartibi amaldagi
qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan belgilanadi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 15 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o‘tkazish yo‘li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha tashkil etiladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyatning ustavida nazarda tutiladi, lekin u jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Jamiyatning rezerv kapitali uning zararlarini qoplash va jamiyat tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olish uchun mo‘ljallangandir.
Aksiyadorlik jamiyatining zaxira kapitali ko‘rilgan zararni qoplash, jamiyat obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash va ushbu qonunga muvofiq aksiyalarni sotib olishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning talabiga binoan aksiyalarni sotib olish uchun mo‘ljallanadi. Zaxira kapitalidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Korxona ta’sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan shakllantiriladigan rezerv kapitali (fond), mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyatsiya rezervlari, pul mablag‘laridan tashqari tekinga olingan mulklar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun 21-son BHMSga asosan quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8510 - “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha
tuzatishlar”;
8520 - “Rezerv kapitali (fondi)”;
8530 - “Tekinga olingan mulk”.
8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida mulklarni qayta baholash natijasida vujudga kelgan o‘zgarishlar hisobga olinadi. Mulklarni qayta baholash natijasida rezerv kapitalining shakllanishi va to‘ldirilishi 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining kreditida qayta baholash natijasida qiymati oshgan mulklarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni ularning bozor qiymati bo‘yicha qayta baholash hukumat yoki korxona (muassislar) mol-mulki egalarining qaroriga ko‘ra – mazkur bozor bahosini aniq belgilash sharti bilan
amalga oshiriladi. Agarda qayta baholash aktiv qiymatining oshishiga emas, balki
kamayishiga olib kelsa, uni hisobda aks ettirishning 2 usuli mavjud. Agar bir aktiv qiymatining kamayishi uning avvalgi oshishi bilan kompensatsiyalansa, bu holat 8510-“Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debeti bo‘yicha aks ettiriladi. Arzonlashtirilishi qiymatning ko‘payishidan yuqori bo‘lsa, ortiqcha summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida aks ettiriladi.
Agar uzoq muddatli aktivlar chiqib ketayotgan va chiqib ketishdan moliyaviy natijani aniqlash kerak bo‘lsa, qo‘shimcha baholash (ortiqcha) summalari bir vaqtning o‘zida 8510-schyot bo‘yicha rezerv kapitalining kamayishi bilan chiqib ketishdan daromadlar tarkibiga kiritiladi.
Asosiy vositalarni qayta baholash hukumat yoki korxona mulkining egalari (ta’sischilar)ning qarori bo‘yicha, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalarni bozor qiymatiga qadar qayta baholash aktivlarning bozor qiymatining aniq belgilanishi sharti bilan korxonaning hisob siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar qayta baholash natijasida mulklarning qiymati kamaysa, kamaygan summa o‘sha mulkning navbatdagi qiymati oshishi hisobiga to‘ldiriladi va u 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debetida aks ettiriladi. Shu mulkning avvalgi qayta baholashdagi qiymatidan oshgan arzonlashtirilgan summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida aks ettiriladi.
Masalan, transport vositasining boshlang‘ich qiymati 45000 ming so‘mga, eskirish qiymati 9000 ming so‘mga teng. 1,1 koeffitsient bilan qayta baholash natijasida transport vositasining boshlang‘ich qiymati 49500000 so‘m (45000000 x 1,1)gacha, eskirishi qiymati esa 9900000 so‘m (9000000 x 1,1)gacha oshgan. Transport vositasining boshlang‘ich qiymati o‘rtasidagi farq 4500000 so‘m (49500000-45000000)ga, eskirish qiymati o‘rtasidagi farq 900000 so‘m (9900000 - 9000000)ga teng.
Ushbu muomalalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0160 4500000 so‘m;
Kredit 8510 4500000 so‘m;
Debet 8510 900000 so‘m;
Kredit 0260 900000 so‘m.
Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar obyektlari chiqib ketishida 8510-“Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotidagi qayta baholash saldosi daromadga kiritiladi hamda unga foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi solinadi. Asosiy vositalarni tugatish (hisobdan chiqarish) chog‘ida olingan daromadlar yagona
soliq to‘lovi hisob-kitobida soliq solinadigan bazadan chegiriladi (Soliq kodeksining 356-moddasi).
Mulkni qayta baholash bo‘yicha jamlangan summaning ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanishi 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotning debetida 6620
“Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
8520 “Rezerv kapitali” schyoti korxona tomonidan ta’sis hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil
etilgan rezerv kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Rezerv kapitali mablag‘lari imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash, aksiyadorlarning talabiga binoan aksiyalarni sotib olish, aksiyadorlik jamiyati obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, umumiy balans zararini, biror-bir noordinar operatsiyalar bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni qoplash uchun hamda qoplashning boshqa imkoniyatlari mavjud bo‘lmaganda qarzlarni hisobdan chiqarish va boshqa maqsadlarga ishlatilishi mumkin.83
8520 “Rezerv kapitali” schyoti korxona tomonidan ta’sis hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan rezerv kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Rezerv kapitali mablag‘lari korxona zararlarini qoplash va boshqa qoplash manbalari bo‘lmagan boshqa maqsadlarga sarflanishi mumkin.
Rezerv kapitalining shakllanishi 8520 “Rezerv kapitali” schyotining kreditida 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
8530 “Tekinga olingan mulklar” schyoti korxona tomonidan tekinga olingan mulkni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Tekinga olingan mulklar 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyotining kreditida korxona mulklarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Tekinga olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida umumiy korxona umumiy daromadiga qo‘shiladi.
Bepul olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar soliq to‘lovchining daromadi hisoblanadi. Soliq solish maqsadida daromadlar bozor qiymati bo‘yicha belgilanadi. Mol-mulk, mulkiy huquqlarning bozor qiymati hujjatlar bilan yoki baholovchi tomonidan tasdiqlanadi. Quyidagilar hujjatli tasdiqnoma deb e’tirof etiladi:
- yuklab jo‘natish (yetkazib berish) hujjatlari;
- yetkazib beruvchilarning narxga oid ma’lumotlari (praysvaraqlar);
- ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar;
- birja ma’lumotlari;
- davlat statistika organlarining ma’lumotlari.
Beruvchi tomonda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash majburiyatlari yuzaga keladi. Bunda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tugallanmagan qurilish obyektlarini bepul berish realizatsiya bo‘yicha aylanma hisoblanmaydi va unga qo‘shilgan qiymat solig‘i solinmaydi.
Tekinga olingan mulk korxonaning hisob siyosatiga muvofiq amortizatsiyalanadi (agar bu amortizatsiyalanadigan aktiv bo‘lsa) hamda mol-mulk solig‘ini hisoblashda hisobga olinadi.
Keyinchalik qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida sotib olingan xususiy aksiyalarning holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy”;
8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli”
Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar 8300 “Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar”ga nisbatan kontrpassiv schyot hisoblanib, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitali miqdorini kamaytiradi va balansda ustav kapitali summasidan chegiriladigan summa sifatida ko‘rsatiladi.
Emitent tomonidan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy” va 8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli” schyotlarining debetida haqiqiy sotib olish bahosida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Sotib olingan xususiy aksiyalarni sotib olish bahosidan yuqori bahoda qaytadan sotganda o‘rtadagi farq summasi 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotiga kreditlanadi. Agarda sotib olingan xususiy aksiya sotib olish bahosidan past bahoda qayta sotilsa o‘rtadagi farq summasi 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar” schyotining debet tomonida ko‘rsatiladi.
Nominal qiymatidan past bahoda sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda ushbu qiymatlar o‘rtasidagi farq 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Agar bekor qilingan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati ularning nominal qiymatdan yuqori bo‘lsa, unda farq 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” schyotining debetida aks ettiriladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, sherikchilik va boshqalar sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (8600)ni korxona tomonidan o‘rnatilgan tartibda boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga berish uchun sotib olingan ustav kapitalidagi ulushni hisobga olish uchun foydalanadi.
XULOSA
Hozirgi vaqtda respublikamizda turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda va ular ustav kapitalining shakllanishi bo’yicha ma’lum xususiyatlarga ega. Jumladan Davlat korxonasining ustav kapitali davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag’lari yig’indisidir. Ustav kapitali hisobidan asosiy va aylanma mablag’lar shakllanadi. Davlat korxonasi uchun yuqori turli tashkilotlarning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o’tkazish tog’risidagi buyrug’i ta’sis hujjati hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali aksiyalarning nominal qiymatida iborat. Ustav kapitalni ko’paytirish qo’shimcha aksiyalarni joylashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
O’z kapitali korxonaning moliyaviy asosi bo’lib, uni qanday to`g`ri boshqarishni bilish korxonaning kelajakdagi rivojlanishi, uning moliyaviy barqarorligi, shuning uchun kompaniya faoliyatidan kutilayotgan foyda olishning kafolati hisoblanadi.
Biz kapitalning yig’indisi ekanligini bilib oldik iqtisodiy munosabatlar, xo’jalik aylanmasiga mulkdorlarga yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’ziga tegishli bo’lganmoliyaviy resurslarni kiritish imkonini beradi.
O’z kapitali – bu o’z xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar va pul mablag’lari, moliyaviy qo’yilmalar va huquq va imtiyozlarni olish xarajatlari.
O’z kapitali quyidagi quyidagi asosiy ijobiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
1.O’z kapitalini ko’paytirish bilan bog’liq qarorlar (ayniqsa, uni shakllantrishning ichki manbaalari hisobiga) korxona mulkdorlari va boshqaruvchilari tomonidan boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning roziligini olmasdan qabul qilinganligi sababli jalb qilishning qulayligi.
2.Faoliyatning barcha sohalarida foyda olishning yuqori qobiliyatli, chunki undan foydalanish barcha shakllarda foizlarni to’lashni talab qilmaydi.
O’z va qarz mablag’lari o’rtasidagi nisbat ma’lum bir korxonaga moliyaviy resurslarni investitsiya qilish xavfli darajasini tavsiflovchi asosiy tahliliy ko’rsatkichlardan biridir. Eng muhim xususiyatlaridan biri moliyaviy holat korxona – nuqtai nazardan uning faoliyati barqarorligi uzoq muddat bu korxonaning umumiy moliyaviy tuzilishi, uning kreditorlar va investorlarga bog’liq darajasi bilan bog’liq.
Korxonalarda o’z kapitali va ustav kapitali, zahira kapitali, qarz kapitali, mahsus kapital kabi shakllarda ifodalanadi. Moliayviy mablag’lar, taqsimlanmagan foyda va boshqa zaxiralar. Ushbu shakllarning har biri harakterligidir va ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga va shakllanish manbalariga ega.
O’z moliyaviy resurslarini shakllantirish jarayonini samarali boshqarishni ta’minlash uchun korxonada kelgusi davrda rivojlanish ehtiyojlariga muvofiq turli manbalardan o’z moliyaviy resurslarini jalb qilishga qaratilgan maxsus moliyaviy siyosat ishlab chiqarilmoqda. Siyosat – o’z moliyaviy resurslarini shakllantirish siyosati.
O’z moliyaviy resurslarini shakllantirish siyosatini korxonaning umumiy moliyaviy strategiyasining bir qismi bo’lib, uning ishlab chiqarish rivojlanishning o’zini o’z moliyalashtirishning zarur darajasini ta’minlashdan iborat.
|
| |