|
Reja: Algoritm va algoritlash tushunchalari. Algoritmning xossalari
|
bet | 8/10 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 35,67 Kb. | | #114979 |
Bog'liq Reja Algoritm va algoritlash tushunchalari. Algoritmning xossal-fayllar.org5. Dasturlash tili darajalari
Bugungi kunda yuzlab dasturlash tillaridan foydalaniladi. Har bir dasturlash tili ma’lum bir
soha yoki yo‘nalishga oid masalalarni hal qilish uchun muljallangan.
Bizga ma’lumki, har qanday algoritm – ko‘rsatmalar ketma-ketligi, va bu ko‘rsatmalar
bajarilgandan so‘ng ma’lum bir natijaga erishiladi. Dasturlash tili darajasi buyruq va
ko‘rsatmalar … (detalizatsiya) bilan belgilanadi - qanchalik (detalizatsiya) kamroq va soddaroq
bo‘lsa, shunchalik tilning darajasi yuqoriroq bo‘ladi.
Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib,
buyruqlar ularning kodlari yordamida yoziladi. Bu kabi buyruklardan tashkil topgan dasturlar
katta hajmli bo‘lib, ularni taxrirlash ancha mushkul ish edi. Dastlabki kompyuterlar (Eniak,
MESM va boshqalar) ana shu tilda ishlar edi.
O‘rta darajadagi dasturlash tillari buyruqlarida fakat raqamlar emas, balki ba’zi inson nutqiga
yakin so‘zlar ishlatila boshlandi va ular ko‘pincha assembler tillari deb xam yuritiladi.
Mazkur tilning ijobiy xususiyati shundaki, ular yordamida tuzilgan dastur boshqa tillarda
tuzilganidan 10-15 marta tezroq ishlaydi. Unda boshqa darajadagi tillarda bo‘lmagan amallar
mavjud. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, MADLEN VA boshqalar kiradi.
Assembler tillarida buyruqlar qisqartirilgan so‘zlar yoki so‘zlar majmuidan iborat bo‘lib,
gohida ularni mnemokodlar deb ham yuritiladi.
O‘rta darajadagi dasturlash tillari ancha rivojlangan tuzilishga ega bo‘lib, unda ishlatiladigan
xizmatchi so‘zlar inson nutqiga juda yakinlashtirilgan.
Mazkur tilda foydalanuvchi amallarni ketma-ket yozib boraveradi, kompyuter esa uni kerakli
ko‘rinishga o‘tkazib oladi.
Bu darajadagi tillar kompyuter texnik ta’minotining rivojlanishi bilan bog‘liq va o‘z tarixiga
ega.
Dastlabki bu darajadagi til Plankalkyul deb nomlanib, u 1946 yilda nemis olimi Konrad Suze
tomonidan yaratildi.
YAratilish yili
Til nomi
1946
Plankalkyul
1949
Kiskacha kod
1950
“Edsak” assembler tili
1950
AO
1953
Avtokod
1955
“Tez kodlash”
1956
F-2, Flou-metik
1957
IPL-1, Mat-metik
1958
Fortran
1959
Algol 58, APT, LISP, Kobol
1960
Algol 60
1964
PL/1, Beysik
1965
Algol W
1967
Logo
1968
Algol 68
1969
APL
1970
Paskal
1971
Fort
1972
Prolog, Si
1979
Ada
1980
Smoltok
1981
Modula-2
Dasturlash tillari darajalarini quyidagi kriteriyalar bo‘yicha ajratish mumkin:
mashina tili;
assembleplar;
yuqori darajadagi dasturlash tillari;
Mashina tili va assemblerlar – quyi darajadagi dasturlash tillari hisoblanadilar. YUqori
darajadagi dasturlash tillari qo‘yidagi turlarga bo‘linadilar:
Algoritmik (Basic, Pascal, C va b.);
mantikiy (Prolog, Lisp i dr.);
Ob’ektga yunaltirilgan (Object Pascal, C++, Java i dr.);
|
| |