Translyator (ingl. Translator — tarjimon) – biron-bir yuqori dasturlash tilida tuzilgan
Kompilyator (ingl. compiler — yig‘uvchi) dasturni tulaligicha o‘qiydi va uni tarjima qiladi
Masalan:
Turbo Basic va
Turbo Pascal 7.0 dasturlash tillari –
kompilyator hisoblanadi.
Interpretator (ingl.
interpreter — izohlovchi, og‘zaki tarjimon) dasturni tarjima qiladi va
satrma-satr bajaradi.
Masalan:
Quick Basic dasturlash tillari – kompilyator hisoblanadi.
Dastur kompilyasiya qilingandan so‘ng dasturlash tilida yozilgan dastur va kompilyatorga
ehtiyoj qolmaydi. Masalan, info.bas fayli kompilyasiya qilingandan so‘ng info.exe fayliga
o‘zgaradi va bu fayl kompilyatorsiz xam ishlashi mumkin. Agar info.bas faylini interpretator
qayta ishlaganda har gal dastur ishini bajarilishi uchun interpretator ishga tushishi shart. SHu
sababli kompilyator va interpretatorlarning ishlash prinsipi bo‘yicha birmuncha farq qiladi.
Kompililyasiya qilingan dasturlar tezroq ishlaydi, lekin interpretatsiya qilinayotgan
dasturlarga o‘zgartirish kiritish osonroq.
Xar bir dasturlash tili qaysi maqsadda yaratilganligiga qarab kompilyasiya yoki
interpretatsiyaga muljallangan bo‘lishi mumkin. Masalan, Paskal dasturlash tili uta murakkab
masalalar dasturini tuzishga muljallangan bo‘lib, bunday masalalarni echish uchun esa dastur
bajarilishi tezligi yuqori bo‘lishi talab qilinadi.
Beysik dasturlash tili esa dasturlashni o‘rganuvchi va bu sohaga ilk qadam bosayotganlar
uchun muljallangan bo‘lib, bu tilda dasturni bajarish satrma-satr amalga oshirilganligi sababli
boshlovchilar uchun juda katta qulayliklar yaratadi.
Ba’zida bitta dasturlash tili uchun xam kompilyator, xam interpretatormavjud. Bunday
holda dasturni yaratish va sozlashda interpretatordan foydadlaniladi, so‘ng esa dastur ishini
tezlashtirish uchun esa bu fayl kompilyasiya qilinadi.