• Rastrli grafikada
  • Vektorli grafika
  • Fraktal grafikada
  • Reja: Amaliy dasturiy ta’minot paketlari haqida tushuncha




    Download 311.73 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/7
    Sana11.04.2022
    Hajmi311.73 Kb.
    #19589
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-Ma\'ruza
    1. Malumotlar bazasi (backend) test, 1 qism M.B, Trening, matematika-9-sinf-olimpiada-savollari (4), 2-Mustaqil Ish Mavzu Telekommunikatsiya tarmog‘ining boshqaruv , 2-Mustaqil Ish Mavzu Telekommunikatsiya tarmog‘ining boshqaruv (1)
    Grafik muharrirlari. Bu grafik tasvirlarni yaratish va ishlov berish uchun 
    mo'ljallangan dasturlarning juda keng toifasi (sinfi)dir. Ushbu toifaga rastr 
    muharrirlari, vektor muharrirlari va uch o'lchamli grafika (3D-muharrirlari)ni 
    yaratish va ularga ishlov berish uchun ishlatiladigan dasturiy vositalar kiradi.
    Kompyuter grafikasi 3 turga bo’linadi: rastrli, vektorli va fraktal grafika. 
    Rastrli grafikada grafik ob’ektlar yoruqlik hamda rang xususiyatlariga ega 
    bo'lgan rastrni tashkil etuvchi ya’ni nuqtalar kombinatsiyalari shaklida qo'llanadi. 
    Bunday yondashuv grafik tasvir ko'plab yarim tonlarga ega bo'lganida va ob’ektni 
    tashkil qiluvchi elementlar (unsurlar) haqidagi axborot, ularning shakli to'g‘risidagi 
    xabarlarga qaraganda muhimroq bo'lgan hollarda samarali. Bu fotografik va matbaa 
    tasvirlari, ularning retushi (chiziqlari va aksini to'g‘rilash) uchun fotoeffektlar va 
    badiiy kompozitsiyalar (kallajlar) yaratish uchun qulay. 
    Rastrli grafikada bilan yangi tasvirlar yaratish imkoniyatlari cheklangan va 
    har doim ham qulay emas. Ko'pchilik hollarda rassomlar an’anaviy usullardan 
    foydalanuvchilar, undan rasmni kompyuterga maxsus apparat vosita (skaner)lari 
    yordamida kiritib, ishni rastr muharriri yordamida maxsus effektlar kiritish yo'li 
    bilan tugallashni afzal ko'radilar. 
    Vektorli grafika rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni taqdim 
    qilish usuli bilan ajralib turadi. Vektor tasvirining elementar ob’ekti nuqta emas 
    chiziqdir. Bunday yondashuv chiziqlar shakli, uni tashkil etuvchi ayrim nuqtalarning 
    rangi haqidagi axborotga qaraganda ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan chizmalar va 
    grafiklar bilan ishlash uchun xos.

    Fraktal grafikada tasvirlar matematik formulalar yordamida yaratiladi. 
    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Ma’lumotlar bazasi deb jadval 
    tuzilmalarga tushirilgan ma’lumotlarning katta to'plamlariga aytiladi. Ma’lumotlar 
    bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar: 
     ma’lumotlar bazasini bo'sh (to'latilmagan) tuzilmasini yaratish
     uni to'ldirish vositalarini yoki boshqa bazaning jadvallaridan ma’lumotlar 
    importini taqdim etish; 
     ma’lumotlarga yo'llash, ulardan foydalanishni osonlashtirish imkonini 
    ta’minlash, shuningdek, izlash va filtrlash (saralash, tozalash) vositalarini taqdim 
    etish. 
    Ma’lumotlar bazalarini boshqarishning ko'pgina tizimlari ma’lumotlarni tahlil 
    qilish va ularga ishlov berish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Natijada


    ma’lumotlar asosida ma’lumot bazalarining yangi jadvallarini yaratish mumkin. 
    Tarmoq texnologiyalarining yoyilishi munosabati bilan ma’lumotlar bazasini 
    boshqarish tizimlaridan butun jahon kompyuter tarmog‘ining serverlarida 
    joylashgan uzoqlashtirilgan va taqsimlangan resurslar bilan ishlash imkoniyatiga 
    ega bo'lish ham talab qilinadi. 

    Download 311.73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 311.73 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Amaliy dasturiy ta’minot paketlari haqida tushuncha

    Download 311.73 Kb.
    Pdf ko'rish