• Maple 6
  • Maple 6 tizimining Windows




    Download 311.73 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/7
    Sana11.04.2022
    Hajmi311.73 Kb.
    #19589
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-Ma\'ruza
    1. Malumotlar bazasi (backend) test, 1 qism M.B, Trening, matematika-9-sinf-olimpiada-savollari (4), 2-Mustaqil Ish Mavzu Telekommunikatsiya tarmog‘ining boshqaruv , 2-Mustaqil Ish Mavzu Telekommunikatsiya tarmog‘ining boshqaruv (1)
    Maple 6 tizimining Windows operatsion muhitida joriy qilingan interfeysi 
    haqida to‘xtalaylik. Tizim ishga tushurilgandan keyin 1–rasmda ko‘rsatilgan 
    interfeys oynasi paydo bo‘ladi. 


    Oyna olti qismdan tashkil topgan: 
    1. sarlavha; 
    2. asosiy menyular satri; 
    1-rasm 
    3. asosiy instrument(vosita)lar paneli; 
    4. kontekstli instrumentlar paneli; 
    5. ishchi varaqning maydoni; 
    6. holatlar satri. 
    Sarlavhada Maple 6 tizimining belgisi va joriy ishchi varaq faylining nomi 
    ko‘rsatiladi. 
    Asosiy menyular satrining holati ishchi varaqqa aks ettirilgan hujjatning 
    mazmuniga qarab o‘zgarib turadi. Ishchi varaqda grafik tasvirlangan bo‘lsa, u holda 
    asosiy menyular satrining holati 2–rasmda tasvirlangan ko‘rinishda bo‘ladi. Agar 
    ishchi varaqda ma’lumotlar maydoni tasvirlangan bo‘lsa, u vaqtda 1–rasmdagi 
    standart ko‘rinishda bo‘ladi. Sichqoncha ko‘rsatkichini asosiy menyular satrining 
    ixtiyoriy menyusiga keltirib chap knopkasi bosilsa, menyu faollashib, undagi 
    komandalar yoki qismiy menyular ro‘yxatini ko‘rish mumkin. Menyular 
    ro‘yxatidagi biror komandani sichqoncha yoki komandaning o‘ng tomonida 
    ko‘rsatilgan tugmalar yordamida bajarish mumkin. 
    Asosiy menyular satrining pastki qismida amalda tez-tez qo‘llanilib 
    turiladigan komandalarga biriktirilgan knopkalar ko‘rsatilgan asosiy instrumentlar 
    paneli joylashgan. Bu knopkalar sichqoncha yordamida faollashtirilsa, ularga 
    biriktirilgan komandalar bajariladi. Panelning holati ishchi varaqdagi hujjatga 
    bog‘liq emas. Bu panelning pastki qismida kontekstli instrumentlar paneli 
    joylashgan. Kursor ishchi varaqning qanday qismida joylashganligiga va qanday 
    ma’lumotni ko‘rsatib turishiga qarab, kontekstli instrumentlar panelining holati 


    o‘zgarib turadi. Panelning besh xil holati mavjud: ikki o‘lchamli, uch o‘lchamli, 
    animatsiyali grafiklar aks ettirilgan paytdagi holati va kursorni ishchi varaqning 
    ma’lumot kiritish yoki chiqarish maydonida turishiga mos holatlari. Kursor 
    ma’lumotlarni kiritish maydonida turgan bo‘lsa, kontekst menyuning holati 
    komandalarni standart Maple 6 talqinida yoki standart matematik yozuvlar 
    ko‘rinishida yozilishiga qarab o‘zgaradi. 1–rasmda kontekstli menyuning, 
    komandalarni standart Maple 6 talqinida yoziladigan holatiga mos ko‘rinishi 
    tasvirlangan. 
    2-rasm 

    Maple 6 ning interfeysida bir nechta oynadagi ishchi varaqlar bilan ishlash va 
    giperlavhalar yordamida ishchi varaqlarning biridan ikkinchisiga o‘tish mumkin.
    Interfeysning eng pastki qismida tizimning ishchi holatlari satri aks ettirilgan bo‘lib, 
    unda 
    joriy 
    faylga 
    va 
    tizimga 
    tegishli 
    ma’lumotlar 
    aks ettiriladi. 
    Ish jarayonida ishchi varaqda aks ettirilgan ob’ektlar (grafik, komanda natijasini aks 
    ettirish maydonidagi ma’lumot, kiritish maydonidagi komanda) larga mos kontekstli 
    menyuni hosil qilish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichini kerakli 
    ob’ektga keltirib, o‘ng knopkani bosish kerak. Kontekstli menyuda tanlangan 
    ob’ktga qo‘llaniladigan komandalar ko‘rsatiladi. 


    Download 311.73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 311.73 Kb.
    Pdf ko'rish