|
Reja: Arduino mikrokontrollerining turli versiyalari
|
bet | 4/4 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 1,82 Mb. | | #140870 |
Bog'liq Arduino mikrokontroller turlari Ethernet Shield (10-chizma) – Internetga ulanishni ta’minlaydi;
10-chizma.Ethernet Shield
XBee Shield (11-chizma) – Maxstream XBee Zigbee moduli yordamida bir necha Arduino qurilmalarini simsiz aloqa bilan ta’minlaydi;
11-chizma. XBee Shield
MicroSD Shield (12-chizma) – microSD kartasiga axborotlarni yozishni ta’minlab beradi;
MP3 Shield (13-chizma) – Ogg Vorbis/MP3/AAC/WMA/MIDI formatlarda tovushni xosil qilish va Ogg Vorbis formatda yozish uchun plata.
12-chizma. MicroSD Shield
13-chizma. MP3 Shield
Motor Shield (14-chizma) – о‘zgarmas tok dvigatellarini boshqarishni ta’minlaydi;
GSM/GPRS Shield (15-chizma) – SMS - xabarlarni jо‘natish,
qо‘ng‘iroqlar qilish, GPRS orqali axborotlar almashishga imkon beradi;
14-chizma. Motor Shield
15-chizma. GSM/GPRS Shield
Cosmo WiFi Connect (16-chizma) – IEEE802.11b/g standartli simsiz aloqani tashkil etish uchun mо‘ljallangan.
16-chizma. Cosmo WiFi Connect
Shuningdek boshqa shildlar xam mavjut: Video Overlay Shield – matinni analog analog videoga qо‘yish uchun; EasyVR Arduino Shield - kо‘p maqsadli nutuqni tanish moduli; Music Shield – mutaxassilar uchun audiokoder va boshqalar.
3. Kompyuterga Arduino IDEni о‘rnatish
Arduino arxitekturasiga mos tushuvchi platalar asosida ilovalarni yaratish rasmiy bepul ArduinoIDE dasturlash muhitida amalga oshiriladi. Muxit Arduino ga mos tushuvchi plataga о‘rnatilgan qurilma mikrokontrolleri xotirasiga kompilyatsiyalash va loyihalashtiruvchining dasturlarini yozish uchun mо‘ljallangan.
Loyihalashtirish muxit asosi Processing/ Wiring tili bо‘lib – u oddiy C++, faqat kontaktlarga kiritish-chikarishni boshqarish uchun sodda va tushunarli funksiyalar bilan tо‘ldirilgan.Windows, MacOS i Linux operatsion tizimlar uchun ham muxitning versiyalari mavjud.
Arduinomuhitining oxirgi versiyalarini http://arduino.cc /en/Main/Software rasmiy sayt saxifalaridan yozib olish mumkin.Windows operatsion tizimli
kompyuterga ArduinoIDE о‘rnatishni kо‘rib chiqamiz.http://arduino.cc/en/Main/Softwaresaxifaga murojaat qilamiz, Windows operatsion tizim versiyasi uchun tanlaymiz va arxiv faylini kо‘chirib olamiz. U barcha zarur ma’lumotlarga ega va shu jumladan drayverga ham. Mavjud. Yuklash tugagach о‘zimizga qulay joyga yozib olingan faylni ochib yozib olamiz. Endi drayverni о‘rnatish kerak. Sо‘ng Arduino ni kompyuterga ulanadi. Kontrollerda manba indikatori yonishi kerak – kо‘k yorug‘lik diodi.Windows drayverni о‘rnatishga harakat qiladi, u «Programmnoye obespecheniye drayvera ne bilo ustanovleno» (Drayverni dasturiy ta’minoti о‘rnatilmadi) xabari bilan tugallanadi. Qurilmalar Dispedcherini ochamiz. Qurilmalar tarkibidan ArduinoUno belgisini topamiz – qurilma undov belgisi bilan belgilangan. ArduinoUno belgisiga tо‘g‘rilab sichqonchaning о‘ng tugmasini bosiladi va ochilgan darchada drayverlarni yangilash (Obnovit drayveri) punktini tanlanadi sо‘ng bu kompyuterda drayverlarni qidirishni bajarish (Vipolnit poisk drayverov) punktini tanlanadi.Drayverga yо‘lni kо‘rsatamiz – kompyuterdagi arxivni kо‘chirib yozilgan papkaning joyini. Bu Arduino ni о‘rnatish katalog papkasi drivers bо‘lsin – masalan, C:\arduino-1.0\drivers. Windows ning barcha ogoxlantirishlarini inobatga olmaymiz va natijada ushbu qurilmaga dasturiy ta’minoti yangilanishi muvvafaqiyatli tugatildi (Obnovleniye programmnogo obespecheniya dlya dannogo ustroystva zaversheno uspeshno) xabari olinadi. Darcha sarlovxasida qurilma о‘rnatilgan SOM-portham kо‘rsatiladi. Endi ArduinoIDE ni ishga tushirish mumkin.
Arduino ni loyihalashtirish muhiti (17-chizma) quyidagilardan tashkil topgan:
17-chizma. ArduinoIDE muhiti
Arduino muhitida yozilgan dastur sketch deb ataladi. Sketch ma’tn muharririda yoziladi, u yaratilayotgan dastur kodini yoritib turuvchi rangli yoritgichga ega.
Loyihani saqlash va eksport qilish vaqtida xabarlar xududida tushuntirish va xatoliklar haqida axborot paydo bо‘ladi. Matnni chiqarish darchasi Arduino xabarini kо‘rsatadi, u xatoliklar haqida tо‘liq hisobotni va boshqa axborotlarni о‘z ichiga oladi. Asboblar panelining tugmalari dasturni yozish, yaratish, ochish va sketchni saqlash, ketma-ket shinani monitoringini va nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Yaratilayotgan sketchga qо‘shimcha vazifalarni kutubxona yordamida qо‘shish mumkin, u maxsus jihozlangan dasturiy kod kab bо‘lib qandaydir vazifani bajaradi va yaratilayotgan loyihaga qо‘shish mumkin bо‘ladi.
Maxsuslashtirilgan kutubxonalarning kо‘pi mavjud. Odatda kutubxonalarni yozishda u yoki bu masalani yechishni osonlashtirish va loyihalashtiruvchidan apparat-dasturiy joriy etilishining detallari yashirilgan bо‘ladi.ArduinoIDEmuhiti standart kutubxonalar tо‘plami bilan foydalanuvchiga yetkaziladi. Ular Arduino ni о‘rnatish katalogining libraries katalog ostisida joylashgan bо‘ladi. Zarur bо‘lgan kutubxonalar shuningdek turli resurslardan yuklanishi mumkin. Agarda kutubxona tо‘g‘ri о‘rnatilgan bо‘lsa, u holda u kutubxonalarni Eskiz | Import (Eskiz | Import bibliotek) menyusida paydo bо‘ladi. Menyudan kutubxonalarni tanlash qatordagi dastlabki kodga qо‘shimcha kiritishga olib keladi tinclude
Bu derektiva obyektni bayoni bо‘lgan sarlovxa faylini ulaydi, endi kutubxonaning vazifasi va konstantalarini loyihada ishlatish mumkin bо‘ladi.
Arduinomuhiti yaratilayotgan loyihani (dasturni) kо‘rsatilgan kutubxona bilan birgalikda kompilyatsiyalaydi.
Sketchni yuklashda Arduino ni (bootloader) yuklovchisi ishlatiladi – platadagi mikrokontrollerga yuklanuvchi katta bо‘lmagan dastur. U qо‘shimcha apparat vositalardan foydalanmasdan dastur kodini yuklashga imkon beradi. Yuklovchining ishini D13 chiqishidagi yorug‘lik diodini о‘chib-yonishidan bilib olish mumkin.
Ketma-ket portni monitor qilish (SerialMonitor) Arduino platformasiga jо‘natilayotgan axborotlarni aks ettiradi (USB platasini yoki ketma-ket shina platasini).
18-chizma.Arduino platani tanlash.
Endi, biz Arduino va dasturlash muhiti bо‘lgan ArduinoIDE haqida bir oz bilim olganimiz tufayli amaliy ishlarga о‘tish – eksperimetlar о‘tqazishimiz mumkin bо‘ladi.
19-chizma.Arduino platasini ulash portini tanlash
|
| |