|
Arduino mikrokontrollerining turli versiyalari
|
bet | 2/4 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 1,82 Mb. | | #140870 |
Bog'liq Arduino mikrokontroller turlari Arduino mikrokontrollerining turli versiyalari
Arduino platasining asosiy versiyalari quyidagi modellardan iborat:
Due – ARM SAM3U4E 32- bitli ARM Cortex-M3 mikroprotsessor asosidagi
plata;
Leonardo – Atmega32U4 mikrokontrollerdagi plata;
UNO - Arduino ning asos platformasi, eng kо‘p tanilgan versiyasi;
Duemilanove – Atmega168 yoki Atmega328 mikrokontrollerdagi plata;
Diecimila – Arduino USB platforma asosidagi versiyasi;
Nano – maket sifatida ishlatiluvchi, ixcham platforma. Nano kompyuterga
USB Mini – V kabeli yordamida ulanadi;
Mega ADK – Android li telefonlar va USB interfeysli boshqa qurilmalar bilan aloqa uchun USB - host interfeysni quvvatlovchi Mega 2560 plata versiyasi;
Mega 2560 – USB-portiga ketma-ket ulanish uchun ATMega8U2 chipi
ishlatilgan Atmega2560 mikrokontrolleri asosidagi plata;
Mega – Atmega1280 mikrokontrolleri asosidagi Mega seriya versiyasi;
Arduino BT – simsiz aloqa va dasturlash uchun Bluetooth modulli platforma;
LilyPad – matoga qо‘shib tikilishi mumkun bо‘lgan platformasi;
Fio – simsiz tadbiqlar uchun yaratilgan platforma. Fio ning tarkibi: XBee radio uchun razyem, LiPo batareka uchun razyem va zarayadlash uchun joylashtirilgan sxema;
Mini – Arduino eng kichik platformasi;
Pro – tajribali foydalanuvchilar uchun yaratilgan platforma, katta loyixaning qismi bо‘lishi mumkun;
Pro Mini – Pro platformasi kabi tajribali foydalanuvchilar uchun yaratilgan, arzon narx, kichik о‘lcham va qо‘shimcha imkoniyatlar kerak bо‘lgan vaziyatlarga mо‘ljallangan.
Yuqorida sanab о‘tilgan platalarning ba’zilarini batafsil kо‘rib chiqamiz.
Arduino Pro Mini
Arduino Pro Mini platasi Atmega168 mikrokontrollerida qurilgan (1chizma).
1-chizma. Arduino Pro Mini platasi
Arduino Pro Mini platasining texnik kо‘rsatgichlari 1- jadvalda berilgan.
1- jadval. Arduino Pro Mini platasining texnik kо‘rsatgichlari
-
Mikrokontroller
|
Atmega168
|
Ishchi kuchlanishi
|
3,2 V yoki 5 V (modelga bog‘liq xolda)
|
Kirish kuchlanishi
|
3,3 V – 12 V (3,3 V modelda ) yoki 5 – 12 V (5
V modelda)
|
Raqamli
kirish/chiqishlari
|
14 (ulardan 6 tasi KIM chiqishi sifatida ishlatilishi mumkun)
|
Analog chiqishlari
|
6
|
Kirish/chiqishi orqali о‘zgarmas tok
|
40 mA
|
Flesh - xotira
|
16 Kbayt (2 – yuklovchi uchun ishlatiladi)
|
OXQ
|
1 Kbayt
|
EEPOM
|
512 bayt
|
Takt chastotasi
|
8 MGs (3,3 V model) yoki 18 MGs (5 V model)
|
Arduino Pro Mini energiya ma’nbaini olishi mumkun: FTDI kabel orqali yoki konvertor platasidan, yoki boshqariluvchi ma’nbadan 3,3 V yoki 5 V (platforma modeliga bog‘liq) VCC oyoqchalari orqali, yoki boshqarilmaydigan ma’nbadan RAW oyoqchalari orqali.
Ma’nba uchun oyoqchalar:
RAW – boshqarilmaydigan kuchlanishni ulash uchun; VCC – boshqariluvchi 3, V yoki 5 V kuchlanishlar uchun; GND – yorga ulash uchun oyoqchalar.
|
| |