|
Axborot tizimlarini boshqaruv jarayoni ko‘rinishi bo‘yicha sinflanishi
|
bet | 7/12 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #265410 |
Bog'liq 1559554118 74358Axborot tizimlarini boshqaruv jarayoni ko‘rinishi bo‘yicha sinflanishi
Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra texnik (texnologik) jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari (TJABT) va tashkiliy (yoki ma’muriy) boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TBAT) o‘zaro farqlanadi. Dastlabkisi texnologik jarayonlarni keng ma’noda boshqarish-ga (raketa, stanok va hokazolarni boshqa-rish), ikkinchisi – ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatga ega ob’ektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ularning asosiy farqi boshqarish ob’ektining mazmunida. Birinchi holda – bu turli xil mashina, asbob-uskuna, qurilmalar bo‘lsa, ikkinchisida – eng avvalo odamlar, jamoa sanaladi.
Boshqa bir farqi – axborot uzatish shaklida. Birinchi tizimlarda axborot uzatishning asosiy shakllari bo‘lib turli xil signallar (elektrik, optik, mexanik va hokazo) xizmat qiladi. Ikkinchi xil tizimlarda asosiy axborot uzatish shakli – hujjatdir.
So‘nggi paytlarda TJABT va TBATning yagona integratsiyalash-gan boshqarish tizimiga qo‘shilish tendensiyasi kuzatiladi. Bunday qo‘shi-lishda tizimda aylanuvchi axborotlarni signallar va maxsus turdagi hujjatlar shaklida mashina tashuvchilarga uzatiladi. Bu bilan TJABT va TBAT o‘rtasidagi farqlar ma’lum darajada yo‘qoladi.
Axborot tizimlarini qo‘llanish sohasi bo‘yicha sinflanishi
Qo‘llanish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqaruv sohasiga ajraladi. Ishlab chiqarish sohasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha axborot tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: mashinasozlik majmui, yoqilg‘i – energetika majmui, transport majmui, metallurgiya majmui, kimyo-o‘rmon majmui, transport majmui, metallurgiya majmui.
Ijtimoiy sohada axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi: sog‘liqni saqlash, nafaqa va ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va aholi dam olishi, ijtimoiy va sotsial hayot, xizmatlar va faxrli maishiy hayoti, savdo va umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit muhofazasi.
Boshqaruv sohasida axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi: deputatlar korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va statistika, tashqi iqtisodiy faoliyat, moliya organlari, bank tizimlari, huquqni muxrfaza etish organlari va hokazolarga xizmat ko‘rsatish.
Faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari quyidagi yo‘na-lishlarga ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi va xokazo.
Qo‘llanish doirasi bo‘yicha asosiy klassifikatsiyaviy (tasnifiy) belgi axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash sohasi bilan aniqlanadi.
Mamlakat milliy iqtisodi ijtimoiy mahsulotni yaratish, iste’mol qilish yoki taqsimlashda ishtirok etuvchi iqtisodiy-tashkiliy ob’ektlarni (korxonalar, birlashmalar, konsernlar, va hokazolar) o‘zida aks ettiradiki, ular ham o‘z navbatida ishlab chiqarish va iqtisodiy-tashkiliy axborot tizimlariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish tizimlarida mahsulot yaratish, loyihani ish-lab chiqish, ilmiy qoidalarni tayyorlash amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining me’yorida ishlashini boshqarish tizimi ta’minlaydi, unda ishlab chiqarish sohasida bevosita ishtirok etmaydigan mutaxassislar band. Ular faoliyatining sohasi – ishlab chiqarish jarayonlarini tashkillashtirish va boshqarish, ular talab etadigan zahiralarni ta’minlashdan iborat.
Ishlab chiqarish tizimlari sinfini mahsulotning turli hayo-tiy sikli bosqichlariga muvofiq holda kichik sinflarga bo‘lish mumkin: ilmiy tadqiqot – loyihalash – ishlab chiqarish – sinovdan o‘tkazish.
Ishlab chiqarish jarayonlari uchun axborot texnologiyalarini qo‘llash tegishlicha mehnat vositalari, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari, ilmiy tadqiqotlar, loyiha ishlari va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning kompleks avtomatlashtirish tizimlariga olib keladi.
Texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirishda axbo-rot texnologiyalarini qo‘llash texnologik jarayonlarni avtomatlash-tirilgan boshqarish tizimi (TJ ABT), moslashgan ishlab chiqarish tizimlari (MIT ABT), transport-omborxona tizimlari (TOT ABT)-ning yaratilishiga olib keladi. Bunday tizimlarni yaratishdan maq-sad-milliy iqtisod tarmoqlarini yuqori ishonchli mehnat vositala-rini tadbiq etish hisobiga texnik qayta jihozlashni ta’minlash, ularni avtomatlashgan uchastka va texnologik jarayonlarga kompleks-lash, ishlab chiqarishga moslashuvchanlik, iqtisodiylik bag‘ishlashdir.
Axborot texnologiyalarini ilmiy – tadqiqot loyihalarida, konstruktorlik ishlarida, texnologik tayyorlashda qo‘llash ushbu so-halarning avtomatlashgan tizimlari yaratilishiga olib keladi.
Kompleks ITAT va LAT ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha tashki-lotlarida fundamental tadqiqotlarni olib borish va texnika, texnologiya-larning yangi avlodlarini yaratishda foydalani-ladi. Bunday tizimlar tarkibiga sun’iy intellekt komponentlari (ekspert tizimlar, bilimlar bazasi, multimedia vositalari) va ishchi stansiyalari lokal tizimlari va tadqiqotchi hamda konstruk-torlarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIU) kiradi.
Axborot texnologiyalarini ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlari va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan asosiy maqsad «tadqiqot loyihalash – konstruktorlash – ishlab chiqarishga tayyorlash» hayotiy siklining barcha bosqichlarida mahsulot ishlanmalari va texnologiyasini o‘tkazish sifati, foydalanish harakteristikasi, texnologiyasi, yangi mahsulot ilmiyligi jihatini oshirish, nomenklaturani kengaytirish, tajribaviy ishlab chiqarishni qisqartirishdan iborat.
Boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy tizimlarida ob’ekt sifatida iqtisodiyotni boshqarishning barcha bosqichlarida amalga oshirila-digan ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy funksional jarayonlar xizmat qiladi. Axborot tizimlari bosh-qarish xizmatlari xodimlarining ax-borot xizmat ko‘rsatish tizimlari bo‘lib, axborotni to‘plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash bo‘yicha texnologik vazifalarni bajaradi. U konkret iqtisodiy ob’ekt uchun qabul kilingan metodlar va tuzilmaviy boshqaruv faoliyati tomonidan belgilangan reglamentda shakllanadi va ishlaydi, uning oldida turgan maqsad va vazifalarni bajaradi.
Tashkiliy – iqtisodiy tizimlar halq xo‘jaligida qabul qilgan boshqarish organlari tuzilmasiga muvofiq kichik sinflarga bo‘linmasligi mumkin.
Tashkiliy-iqtisodiy tizimlarda barpo etilgan avtomatlashgan axborot vositalari axborotni qayta ishlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan axborot, iqtisodiy-matematik metodlar va modellar, texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislar yig‘indisini o‘zida aks ettiradi.
|
| |