|
Reja: Axborot texnologiyasining integratsiyasi haqida tushuncha. Integratsiyalashgan axborot tizimlari. Axborotdan umumiy foydalanish tizimi. Global axborot tizimlari. Geoaxborot tizimlar haqida tushuncha va ularning ishlash texnologiyasi
|
bet | 9/12 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #265410 |
Bog'liq 1559554118 74358Yirik korxonalar uchun axborot texnologiyalarini qo‘llash integratsiyalashgan axborot tizimlarini yaratish yo‘li bilan, quyidagi komponentlar tarkibida amalga oshiriladi:
korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KBAAT);
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT);
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning avtomatlashtirilgan tizimi (IChTTAT); Korxonaning integratsiyalashgan axborot tizimi korxona ichida ham, tashqi muhit bilan ham (axborot yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, banklar, birjalar va boshqalar) keng axborot almashuvini ta’minlaydi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini kichik va o‘rta tashkilot-lar, hududiy boshqarish organlari, transport, qurilish, savdo va boshqa tashkilotlar faoliyatini avtomatlashtirish uchun qo‘llash «elektron kontoralar» (ofislar), ya’ni alohida avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini birlashtiruvchi taqsimlangan ma’lumotlar bazasi va lokal hisoblash tarmoqdari negizida axborot tizimlarini amalga oshiradi.
Axborot texnologiyalarini hududiy-ma’muriy boshqarish organlariga tadbiq etish hududiy axborot tizimlari (HAT) ga olib keladi. Ular mahalliy davlat organlari va boshqaruvning tahlil va boshqarish funksiyalarini ta’minlash uchun yaratiladi.
Hududiy tizim faoliyati mintaqada boshqaruv ishini sifatli bajarishga, hisobotni shakllantirishga, davlat va mahalliy xo‘jalik organlariga tezkor ma’lumotlarni berishga qaratilgan.
Boshqaruvning tuzilmaviy – hududiy organlariga muvofiq quyidagi tizimlar o‘zaro farqlanadi:
avtonom respublikalar, viloyatlarning axborot tizimlari;
shahar xo‘jaligini boshqarishning axborot tizimi;
ma’muriy rayonning axborot tizimi.
Axborot tizimlarini integratsvyalashuv darajasi bo‘yicha sinflanishi
Integratsvyalashuv darajasiga ko‘ra barcha axborot tizimlarini beshta sinfga ajratish mumkin:
1-sinf – vazifali axborot tizimlaridan iborat bo‘lib, unda bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalar avtomatlashtiriladi. Odatda bunday tizimlar o‘zaro na ish, na axborot jihatidan bog‘liq bo‘ladi. Har bir vazifa uchun ma’lumotlar tashkil etiladi va yig‘iladi.
2-sinf – O‘zaro bog‘liq vazifalarni avtomatlashtirish bilan ajralib turadi. Ular ayrim tamoyillarga ko‘ra ajratilib kenja tizimlarda guruhlanadi. Kenja tizimlarning ish qobiliyatini ta’minlash uchun lokal ma’lumotlar bazasi yoki o‘zaro bog‘langan lokal fayllar tashkil etiladi.
3-sinf – yagona ma’lumotlar banki asosida kenja tizimlar o‘rtasida o‘zaro aloqani amalga oshirgan tizimlardan iborat. Ayni paytda kenja tizimlar yanada yirikroq konstruksiyaga (masalan, «hisobot», «tahlil», «boshqarish», «rejalashtirish» bloklari va hokazo) birlashadi. Birlashuv nomigagina amalga oshirilmagan. Tizim ichidagi integratsiyalashuv funksional va model darajasida amalga oshiriladi. Ayni paytda axborot maqsadi, modeli, mezon va cheklovlar, axborotni tashkil etish, axborot texnologiyasi har bir daraja, har bir blok doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
4-sinf – bloklarni yagona axborot banki va yagona axborot texnologiyasi bilan yagona tizimga qo‘shib yuborish orqali amalga oshiriladigan axborot tizimlaridir.
5-sinf – intefallashgan tizimlar. Ularga turli tip va maqsadli axborot tizimlari birlashib, ishlab chiqarish hamda boshqaruv kompleks tarzda avtomatlashtiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Axborot texnologiyasining integratsiyasi haqida tushuncha. Integratsiyalashgan axborot tizimlari. Axborotdan umumiy foydalanish tizimi. Global axborot tizimlari. Geoaxborot tizimlar haqida tushuncha va ularning ishlash texnologiyasi
|