|
Axborot tizimlarini miq’yosi, qo‘llanilish sohasi, tashkil etish usuli bo‘yicha sinflari
|
bet | 3/12 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #265410 |
Bog'liq 1559554118 74358Axborot tizimlarini miq’yosi, qo‘llanilish sohasi, tashkil etish usuli bo‘yicha sinflari.
Axborot tizimi tushunchasi ko‘p kirrali, uning mazmuni va mohiyati axborot texnologiyasi qo‘llanilayotgan ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari bilan belgilanadi. Axborot tizimini to‘liq va har tomonlama bilish uchun uning o‘ziga xos xususiyatlari tizimini aniqlash kerak bo‘ladi.
Shu maqsadda kuyida axborot tizimini har bir qator belgilariga ko‘ra tasniflash variantlari ko‘rib chiqiladi :
avtomatlashtirish darajasi;
boshqarish jarayonining turlari bo‘yicha;
qo‘llanilish sohalari bo‘yicha;
boshqarish ob’ektining ishlash sohasi bo‘yicha;
qo‘llanilish yo‘nalishi bo‘yicha;
boshqaruv tizimidagi darajasi bo‘yicha va hokazo.
Axborot tizimining tasnif belgilari ichida ularning qo‘llanish sohalari asosiy hisoblanadi.
Axborot tizimlarini texnik tuzilishi bo‘yicha sinflanishi.
Axborot tizimini tasavvur kiladigan bulsak, unda texnik vositalar va dasturiy ta’minotlar majmui ekanligi namoyon buladi, va ular foydalanuvchilarga va texnik ob’ektlarga xizmat ko’rsatishi lozim buladi.
Texnik vositalarga quyidagi kiradi:
Har kanday axborot tizimining asosida texnik vositalar turadi. Ularning ishlash tezligi va ishonchligi bevosita axborot tizimining samaradorligini ta’minlaydi.
Birmashinali birprotsessorli Axborot tizimi. Eng keng tarkalgan axborot tizimi bu yagona hisoblash mashinasi negizida bulib, u ham uz navbatida bitta protsessordan iborat buladi. Bu borada juda katta tajriba tuplangan, shu bois bunday axborot tizimlarini yaratish va ular uchun dasturiy ta’minotni tuzish muammo tugdirmaydi. Ammo bunday axborot tizimlari samaradorligi xozirgi kunda hammani ham koniktirmayapti.
Hisoblash majmuisiga asoslangan Axborot tizimi. Hisoblash majmuisi bir necha protsessordan iborat bulib, u yagona tashki kurilmalardan va umumlashtirilgan yoki taksimlangan tezkor xotiradan iborat buladi.
Shuni takidlash lozimki, xozirli zamonaviy tizimlar orasida klasterli tizimlar tez rivojlanib ketdi.
Agar taksimlangan xotira bevosita alohida kompyuter va operatsion tizim bilan ta’minlangan bulsa, bu klasterli (clusters) tizim hisoblanadi.
Klasterlarda har bir blok boshqalari bilan aloka kanallari orkali boglanadi, undagi tezlik kamida 10 Gbit/sek bo’ladi.
|
| |