|
Reja: Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari 2
|
bet | 2/12 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 41,67 Kb. | | #242761 |
Bog'liq Reja Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari 2-fayllar.orgAxborot turlari
Matn – bu ma’lumotlarni ifodalash shakli bo‘lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir
Tasvir – bu biror voqea, xodisa yoki jarayonlarni o‘zida ifodalagan rasm bo‘laklari va ranglardan iborat ma’lumotdir. Rasm, manzara, matematik funksiyalar grafigi va Shunga o‘xshash ma’lumotlar hisoblanadi.
Animatsiya ma’lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda ma’lum vaqt oralig‘ida, ma’lum sondagi bir xil o‘lchamga ega bo‘lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi.
Axborotning xossalari: Ob’ektivnost – xaqqoniylik; Dostovernost – ishonchlilik; Aktualnost - dolzarblik; Tochnost- aniqlilik; Ponyatnost- tushunarlilik; Polnota- to‘liqlilik2
Kimningdir fikriga bog‘liq bo‘lmagan axborot – xaqqoniy axborot xisoblanadi. Xaqiqiy jarayonga mos bo‘lgan axborot ishonchli xisoblanadi, Axborot dolzarb xisoblanadi qachonki axborot o‘sha vaqt uchun qimmatli bo‘lsa, Axborot aniq deyiladi – agarda u xaqiqiy jarayon ko‘rsatkichlariga eng yaqin bo‘lsa. Axborot tushunarli – qachonki qabul qiluvchi tushunadigan tilda ifodalansa. Qarorlar qabul qilish uchun etarli xajmdagi ma’lumotlardan tarkib topgan axborotlar to‘liq axborot deyiladi.
Foydalanuvchi uchun axborotning muhim xarakteristikalaridan (ko‘rsatgichlaridan) biri -uning adekvatligi hisoblanadi.
Axborotning adekvatligi - olingan axborot yordamida yaratilgan obraz (qiyofa) ning real ob’ekt, jarayon, hodisa va ularga mosligining ma’lum darajasidir.
Ma’lumki, haqiqiy hayotda axborotning to‘la ravishda adekvat bo‘lishiga ishonish qiyin. Chunki, doimo qaysi bir darajadagi noaniqlik uchrab turadi. Axborotning adekvatligi darajasi masalani yechishda to‘g‘ri yo‘l tanlashga katta ta’sir qiladi
Axborotning adekvatligi uchta shaklda ifodalanishi mumkin: semantik, sintaktik, pragmatik.3
Semantik (ma’noli) adekvatlik - ob’ektning uning obraziga (qiyofasiga) muvofiqlik darajasini aniqlaydi. Semantik nuqtai nazar axborotning ma’noli mazmunini hisoblashni ko‘zlaydi. Bunda axborot aks ettirgan ma’lumotlar tahlil qilinadi, ma’nolar bog‘liqligi ko‘riladi. Bu shakl axborot xususida tushunchalar va tasavvurlarni shakllantirishga, ma’nosini, mazmunini aniqlashga, umumlashtirishga xizmat qiladi. Masalan, axborotni kodlar orqali ifodalashni ko‘rsatish mumkin.
|
| |