• Sanoq tizimi haqida tushuncha.
  • Sanoq sistemasi
  • Komputerning arifmetik va mantiqiy asoslari




    Download 41,67 Kb.
    bet9/12
    Sana18.05.2024
    Hajmi41,67 Kb.
    #242761
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Reja Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari 2-fayllar.org

    3.Komputerning arifmetik va mantiqiy asoslari.
    Hisoblash mashinalarida ishlatiladigan sanoq sistemalarini Shartli ravishda ikki guruxga ajratish mumkin: o‘rinli (pozitsion) va o‘rinsiz (nopozitsion) sanoq tizimlari.O‘rinli sanoq tizimida raqam o‘zining sondagi o‘rniga qarab turli qiymatni akslantirsa, o‘rinsiz sanoq tizimida esa raqamning qiymati uning sondagi tutgan o‘rniga bog‘liq emas. O‘rinsiz sanoq tizimiga qadimgi rim sanoq tizimi misol buladi. Bu tizimda sonlarni yozish uchun lotin xarflari ishlatiladi, ya’ni I – xarfi birni, V - xarfi beshni, L - xarfi ellikni, X – unni, S – yuzni, D – besh yuzni, M – mingni ifodalaydi. Ishchi sanoq sistemalarini bajarish tartibi va sonlarni mashina xotirasida tasvirlash kompyuterning arifmetik asosini tashkil etadi. O‘rinli sanoq tizimida raqamlar soni ma’lum miqdorda bo‘lib, ular sondagi o‘rinlariga qarab turli qiymatni aks ettiradi.
    Masalan bizga ma’lum bo‘lgan o‘nli sanoq tizimida 10 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 gacha; Sakkizlik sanoq tizimida sakkizta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7; Ikkilik sanoq tizimida ikkita raqam: 0, 1; O‘n oltilik sanoq tizimida o‘n oltita raqam: 0,1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9,A, B, C, D, E, F mavjud.
    Sanoq tizimi haqida tushuncha. 11Jahon sivilizatsiyasining rivojlanish jarayonida hisob ishlarini olib borish va ularni saqlash maqsadida bir qancha turdagi sanoq sistemalari qo‘llanilgan. Masalan, agar rim imperiyasida nopozitsion turga mansub sanoq sistemasi qo‘llanilgan bo‘lsa, boshqa mamlakatlarda pozitsion sanoq sistemasi ishlatilgan. Arablar va xindlar o‘nlik sanoq sistemasini ishlatgan bo‘lsa, vavilonliklar va fransiyaliklar o‘n oltilik sanoq sistemasini qo‘llagan, angliyada o‘n ikkilik sanoq sistemasi ishlatilgan bo‘lsa, amerikalik xindular sakkizlik sanoq sistemasidan foydalanganlar. Nega hamma xalqlar bir xil sanoq sistemalaridan foydalanishmagan? - degan savolga nima deb javob berar edingiz. Qaysi sanoq sistemasini ishlatgan ma’qul deb o‘ylaysiz? Nega kompyuterlarda o‘nlik sanoq sistemasini ishlatmasdan, ikkilik sanoq sistemasidan foydalaniladi? Agarda kompyuterlarda ikkilikdan boshqacha sanoq sistemasi ishlatilgan taqdirda qanday murakkabliklarga duch kelinar edi? Ushbu savol va muammolar ustida bir qancha muddat fikrlang va so‘ngra matnning keyingi qismlari o‘tishingiz va muammoning asl moxiyatini tushunishingiz mumkin bo‘ladi.
    Sanoq sistemasi deb sonlarni belgilar (raqamlar) yordamida ifodalash uchun ishlatiladigan qoidalar to‘plamiga aytamiz. Sonlarni ifodalash usuliga ko‘ra sanoq sistemasi nopozitsion va pozitsion sistemalarga bo‘linadi. EHMlarda asosan pozitsionsanoq sistemalari ishlatiladi. Nopozitsion sanoq sistemalari murakkab va qo‘pol qoidalar asosida qurilganligi uchun hisoblash texnikasida qo‘llanilmaydi.

    Download 41,67 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 41,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Komputerning arifmetik va mantiqiy asoslari

    Download 41,67 Kb.