|
Reja: Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari 2
|
bet | 8/12 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 41,67 Kb. | | #242761 |
Bog'liq Reja Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari 2-fayllar.orgAxborotlarni o‘lchash.
Diskret xabarlar manbai – chekli alfavitga ega xabarlar manbai.
Uzluksiz xabarlar manbai- cheksiz alfavitga ega xabarlar manbai.
Axborot tushunchasidan amalda foydalanish uchun, avvalo uni o‘lchashni o‘rganish lozim. Axborotni o‘lchash boshqa materiya, energiya yoki fazo kabi fundamental tushunchalarni sonli o‘lchash metodikasiga o‘xshash bo‘lib, axborotni miqdoriy baholash sifatida o‘lchov birligi qabul qilinadi. Miqdoriy baholash o‘lchovi deb, boshlang‘ich tushuncha bilan aniq bog‘langan bir qancha hodisa yoki obektlar tushuniladi va ular tushunchaning miqdoriy tarkibini ta’rifini berishi mumkin.
jadval
Asosiy tushuncha
|
Miqdoriy baholash o‘lchovi
|
Miqdoriy baholash o‘lchovi o‘lchov birligi
|
Materiya.
|
og‘irlik
|
Gramm, tonna va hokazo
|
Fazo
|
masofa
|
Metr, kilometr va xakozo
|
Axborot
|
?
|
?
|
1 jadvalda fazo, og‘irlik kabi miqdorlarning asosiy tushunchasini o‘lchovchi an’anaviy metodikasi keltirilgan.
Axborotlar miqdorini o‘lchashning uch asosiy yondashuvi mavjud.8
1.Tarkibiy yondashuv- axborotlarni miqdoriy baholashga oid tadbirlar, bir qancha to‘liq hodisalar guruhiga kiruvchi tadbirlarning ob’ektiv imkoniyatlarini aniqlash yo‘li bilan baholanadi.
2.Statistik yondashuv – axborotlarni miqdoriy baholashga oid qarorlarni qabul qilish tadqiqot qilinayotgan axborot jarayonidan mazkur xabarni oluvchi noaniqliklar o‘lchami asosida amalga oshiriladi.
3.Semantik yondashuv – aniq axborot oluvchining nuqtai nazaridan qimmatli hisoblangan axborot hisobga olinadi.
Shubhasiz, semantik yondaShuvdan aniq, texnik, xaqqoniy foydalanishga qulay emas, Chunki u aniq sub’ektga qaratilgan bo‘lib, axborotning umumiylikni ko‘rsatuvchi miqdoriy o‘lchovini bermaydi va Shuning uchun ham gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasida qo‘llaniladi.
Aniq va texnik fanlar uchun axborotlarning miqdoriy o‘lchamini baholashda tarkibiy va statistik yondaShuv qo‘llaniladi.
Axborotlarning miqdorini baholash uchun kriteriya tanlash, tanlangan yondaShuvga bog‘liq bo‘lmagan holda amaliy tajribalardan olingan Shartlarni qanoatlantirishi lozim.
Katta uzunlikdagi xabar (aniq hajmdagi alfavitda) katta miqdordagi axborotga mos keladi;
Katta miqdordagi axborot katta alfavit belgilaridan tuzilgan xabarlarni tashkil etadi.
Xabarlardagi belgilar turli ehtimolliklarda paydo bo‘lishi mumkin va statistik bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda axborotlarni miqdoriy baholash o‘lchovini quyidagi mulohazalardan kelib chiqqan xolda kiritish mumkin.
Faraz qilaylik, qaysidir hodisa m ta bir xil natijalarga ega. Masalan m kabi belgilardan tashkil topgan alfavit belgilarining paydo bo‘lishi. N ta belgilardan iborat xabarlardan tashkil topgan axborot miqdorini ushbu alfavit belgilaridan tashkil topgan barcha mumkin bo‘lgan xabarlarning N ta sonini aniqlash orqali o‘lchash mumkin.
Agarda xabar bir xil belgidan shakllantirilgan bo‘lsa, N=m bo‘ladi, agarda ikki xil bo‘lsa, N=m*m=m2 , agarda n belgilardan iborat bo‘lsa, N=mn bo‘ladi.
Olingan axborotlarning miqdoriy baholash o‘lchovini, alfavitning n belgilaridan tashkil topgan aniq xabarlarni olishning noaniqliklarini o‘lchash deb tushunish mumkin.
Ammo ushbu axborotlarni miqdorini baholash o‘lchovi unchalik qulay emas.
Haqiqatdan, (ya’ni bitta simvoldan iborat) aniqmaslik mavjud emas va bu simvolning paydo bo‘lishi hech qanday axborot tashimaydi, biroq N qiymat bu holda (N=1n) nolga aylanmaydi. Bundan tashqari, amaliy e’tiborga asosan, ikkita bog‘liqsiz manbalardan olingan axborotlar miqdori har bir manbadan qabul qilinadigan axborotlar miqdorining yig‘indisiga teng, tavsiya qilinayotgan axborotlar miqdori esa bu holda ko‘paytmaga teng , bu erda ikki manbali xabarning mumkin bo‘lgan xabarlar soni. 9
Bu qulaysizliklarni osonlikcha hal qilish mumkin, agar ( ) axborotni baholash miqdorining o‘lchami sifatida mumkin bo‘lgan xabarlarning umumiy sonidan olingan logarifmi
(6)
yoki aniq xabarning paydo bo‘lish ehtimolining (R) logarifmi
(7)
deb olinsa, barcha xabarlar teng ehtimollik Sharti ostida, ya’ni .
(6 )va (7) formulalar orqali aniqlanadigan axborotni baholash
miqdorining o‘lchami (I) axborotlar miqdori deb ataladi. Axborotlar miqdori axborotni baholash miqdorining o‘lchami sifatida 1.1 jadvalda mos keluvchi grafaga kiritilgan bo‘lishi mumkin.
Agar xabar teng ehtimolli bo‘lmasa, noaniqlik o‘lchami faqatgina mumkin bo‘lgan xabarlarning umumiy soniga bog‘liq bo‘lib qolmay, mumkin bo‘lgan hodisalar o‘rtasidagi ehtimollikni taqsimlanishiga ham bog‘liq.
Umumiy holda, tashqi ta’sir paydo bo‘lganda axborot miqdori tushunchasi quyidagi mulohazalar bilan aniqlanishi mumkin:
Agar hodisa haqida xabar kelganda dolzarb ehtimollik ( tizimning xabar olgunga qadar holatini tafsiflaydi, ya’ni tajriba o‘tkazgunga qadar), xabarni qabul qilingandan keyin ushbu hodisaning dolzarb ehtimolligi ( tizimning xabar qabul qilingandan keyingi holati) , u holda (I) axborot miqdorining o‘sishi hodisa haqidagi xabarni qabul qilishga bog‘liq quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
(8)
Bu ifodani ko‘pincha axborot nazariyasining asosiy ayniyati deb aytiladi.
Xususiy holda, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda tashqi muhit ta’siri bo‘lmasa, qabul qilingan xabarlar ishonchli hisoblanadi, ya’ni da ifoda quyidagi ko‘rinishni oladi:
. (9)
Shunday qilib, xabarlardan tarkib topgan axborotning miqdori xabarlarni qabul qilgungacha bo‘lgan holatning ehtimolligiga bog‘liq bo‘ladi, ehtimollik qancha kichik bo‘lsa , ya’ni noaniqliklar chiqishi katta bo‘lsa, xabarlar qabul qilish natijasida Shuncha ko‘p miqdorda axborot olinadi.
(9) formula bilan aniqlanuvchi R ≤ 1 bo‘lsa, u holda har doim axborot miqdori mavjud bo‘ladi.
Shuningdek, qandaydir xabarni qabul qilish mavjud bo‘lgan axborotni miqdorini hech qanday yo‘l bilan kamaytirish mumkin emas.
Axborot miqdorini o‘lchash birligi (6) , (9) ifodadagi logarifm asosini tanlash orqali aniqlanadi. Agar logarifmning asosi ikkiga teng deb olinsa, u holda axborot miqdori birligi bit (inglizchadan binary digit, - ikkilik son) deb olinadi. Shunday qilib, bir bit bu axborot qabul qilishdagi teng ehtimolli ikki belgining biridan hosil bo‘lgan axborot miqdori. 10
Agar logarifmning asosi 10 ga teng bo‘lsa, u holda axborot miqdori birligi dit bo‘ladi. Agar logarifm asosi e deb olinsa, u holda nat bo‘ladi
Yuqorida berilgan formulalardan foydalanish ko‘pincha qiyinchilik tug‘diradi, Shuning uchun axborot miqdorini aniqlashda asos sifatida juda sodda va amaliy tadbiq etishga qulay boshqa ifodalar olinadi.
Axborot tizimlarini yaratish borasida amaliyotdagi saqlangan axborot miqdori hisobga olinadi, Shu bois axborot hajmini hujjatlar soni, shakli, satrlar soni, belgilari, rasmlari, yozuvlar, signallar, xabarlar miqdori bilan belgilanadi.
7-rasm. Axborotlarni raqamlar orqali tasvirlash.
|
| |