Reja: Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanishi




Download 21.33 Kb.
Sana16.04.2024
Hajmi21.33 Kb.
#196859
Bog'liq
Banklararo hisob
9-SINF. Xoja hayoti va ijodi. Hikoyatlari

Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi va uni takomillashtirish

Reja:
1. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanishi


2. Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi, vakillik hisobvaraqlari orqali banklarning munosabatlari
3. Elektron to’lov tizimning joriy etilishi
4. Hisob-kitob markazlari ishining tashkil etilishi

Hozirgi kunda respublikamiz bank tizimi o’z ichiga bir necha turdagi banklarni oladi. Bular aktsiyador, xususiy, qo’shma, impoteka va davlat banklaridir. Bu tijorat banklarining har biri turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan korxona, tashkilot, muassasalarga hamda yuridik maqomga ega bo’lmagan tadbirkorlar va jismoniy shaxslarga xizmat ko’satadi. Banklar tomonidan xalq xo’jaligiga xizmat ko’rsatish jarayonida banklararo munosabatlar vujudga keladi. Banklararo munosabatlar banklararo hisob-kitoblar (oborotlar) orqali olib boriladi. Banklararo oborotlarning mazmuni shundan iboratki, bir bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning talab qiluvchiga saqlanadigan hisobvarag’idan boshqa hisobvarag’iga hujjatda ko’rsatilgan summa buxgalteriya yozuvlari orqali o’tkaziladi.


Demak, bir - birlari bilan hisob-kitoblarni yurituvchi korxonalarining hisobvaraqlari turli banklarda joylashganligi ikkita bank o’rtasidagi hisob - kitoblarni yuzaga keltiradi. Agar o’zaro aloqada bo’lgan korxonalarning har ikkisi bitta bank xizmatidan foydalansalar, u holda banklararo oborotlar vujudga kelmaydi. Unda pul o’tkazish operatsiyalari bir bankning o’zida amalga oshiriladi. Operatsiyalarni boshlagan bankdagi oborotlar boshlang’ich bank oborotlari deyiladi. Operatsiyalarni tugallangan bankdagi oborotlar yakuniy oborotlar deyiladi. Har bir boshlang’ich oborotga yakuniy oborot mos kelishi shart. Respublikamiz banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblarni o’tkazish tartibi bir necha marta o’zgartirilgan.O’tgan asr 80-yillarining oxiri 90-yillarning boshlarigacha barcha banklar davlat mulki bo’lib bir pog’onali bank tizimi mavjud edi. Banklararo hisob-kitoblarni olib borish bevosita to’g’ridan-to’g’ri bir bankdan ikkinchi bankka to’lov hujjatlarini jo’natish orqali olib boriladi. Hujjatlarni jo’natish pochta yoki telegraf orqali amalga oshirilar edi. Buning uchun boshqa bankka jo’natilishi lozim bo’lgan hujjatlar asosida «avizo», ya’ni ogohnoma tuzilib kerakli bankka jo’natilar edi. Avizolar debet va kredit avizolarga bo’linardi. Boshlang’ich oborotlar 830 hisobvaraqda (joriy yilning boshlangich avizolari) yakuniy oborotlar 840 hisobvaraqda (joriy yilning yakuniy avizolari) olib borilar edi. Banklararo hisob-kitoblar hisoblash markazida nazorat qilinar edi. 90-yillarning boshlaridan banklararo hisob-kitoblarni olib borish uchun hisob markazlari (raschetniy tsentr) ochildi. Bir yil o’tgandan so’ng ularning o’rnida kliring markazlari tashkil etildi. Lekin ularning nomi o’zgargani bilan funktsiyalari bir xil edi, ya’ni ular banklar o’rtasidagi hisobkitoblarni tashkil qilar edilar. Bir shahardagi hisob-kitoblarni olib borish uchun 871-hisob raqami (bir shahar ichidagi banklararo o’zaro hisob-kitoblar) dan foydalanilar edi. Turli shaharlarda joylashgan banklar bir-birlariga vakillik hisobvarag’i ochib o’zaro munosabatlari shu hisobvaraqlari orqali olib borilar edi. 1995 yilda Markaziy bank tomonidan xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida barcha hududiy Markaziy bank boshqarmalari qoshida hisob-markazlari tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Kliring markazlari tugatildi. Pochta orqali jo’natiladitgan ogoxnomalar ham bekor qilindi. Yangi hisob-kitob tizimi «elektron pochta» to’lov tizimi joriy etildi. Markaziy bankning Banklararo to‘lov tizimi mamlakatimizning mustaqillikdan keyingi dastlabki to‘lov tizimi sifatida barcha to‘lov tizimlari ishlashi uchun poydevor hisoblanadi. Xozirgi kunda Markaziy bankning Banklararo to‘lov tizimida to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida 31 ta tijorat banki to‘lov tizimi foydalanuvchilari sifatida ulangan. Mazkur to‘lov tizimida to‘lovlar real vaqt rejimida yalpi hisob-kitob tamoyili asosida, ya’ni to‘lov hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir necha soniyalar ichida to‘lov amalga oshiriladi hamda natijasi haqida tashabbuskor va benefitsiarga xabar yuboriladi. Banklararo to‘lov tizimining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi qo‘yidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi:
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (11.11.2019 y., O‘RQ-582);
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (05.11.2019 y., O‘RQ-580);
O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni (01.11.2019 y., № O‘RQ-578);

“Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (14.02.2006 y., № 1545);



“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom (13.04.2020 y., № 3229).

Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi va Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi. Banklararo to‘lov tizimining foydalanuvchilari Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida vakillik hisobvarag‘iga ega bo‘lgan banklar va moliyaviy institutlar hisoblanadi.
Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi (MB HKM) — uning vazifasiga tijorat banklarining Bosh ofislariga (banklar) vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish hamda ular o‘rtasida elektron to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash kiradi. Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi (ABM) — amaldagi qonunchilik hamda ABM va banklar o‘rtasidagi shartnomalarga muvofiq banklararo to‘lov tizimining texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini ta’minlaydigan markaz. Banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish uchun foydalanuvchi banklarning MB HKM bilan, banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlar o‘tkazish uchun esa — ABM bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida tartibga solinadi.
To‘lovlar banklardan faqatgina vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi, agarda MB HKM va bank o‘rtasidagi shartnomada boshqa holat kelishilmagan bo‘lsa.
Soat 9-00 dan 17-00 gacha — banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha elektron to‘lov hujjatlar (ETH)ni uzatish - qabul qilish - nazorat qilish vaqti. Banklar mazkur davrning har qanday vaqtida MB HKMga ETHlarni uzatishlari mumkin;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kreditni boshqarish xususiyat (parametr)laridan kelib chiqqan holda, banklararo ETHlarining o‘tkazish vaqtini to‘lov tizimi masalalarini nazorat qiluvchi rais o‘rinbosarining yozma farmoyishiga asosan uzaytirishi mumkin. Bu haqda tizim qatnashchilari va foydalanuvchilari ETHga ishlov berish vaqtining tugashiga bir soat qolguniga qadar kechiktirilmasdan xabardor qilinadi.
Download 21.33 Kb.




Download 21.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanishi

Download 21.33 Kb.