|
Reja: Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo’nalishlari
|
bet | 5/13 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #113342 |
Bog'liq FALSAFA MUSTAQIL ISH 4Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, sotib olish va sotish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga kafillik hamda kompensatsiya taqdim etishni kengaytirish;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
respublika hududlarida iqtisodiy faollikni va bandlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shimcha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, eng avvalo, kichik sanoat zonalarida muhandislik kommunikatsiyalarini qurish;
v) aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, shu jumladan quyidagilar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish:
kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni kuchaytirish va nafaqa oluvchilar sonini oshirish, shu jumladan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi orqali;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga jamoat ishlarini kengaytirish;
“Ishga marhamat” monomarkazlarini va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil qilish, shuningdek, mehnat migrantlarini kasbga va tilga o‘rgatishni tashkillashtirish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash;
g) quyidagilar orqali iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash:
O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida jalb etilgan kreditlarni so‘ndirish, shuningdek, birinchi darajali xarajatlarni amalga oshirish uchun foizsiz budjet ssudalari ajratish yo‘li bilan strategik korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish;
tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish;
koronavirus infeksiyasi tarqalishining salbiy ta’siriga eng ko‘p uchraydigan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, shuningdek, kredit portfeli sifati yomonlashgan hollarda tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha choralarini taqdim etish;
uch yilgacha bo‘lgan muddatga foizsiz budjet ssudalarini ajratish orqali soliq to‘lash muddatlari bo‘yicha kechiktirish taqdim etilishi hamda tadbirkorlik faolligining sustlashishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida olinmay qolinadigan daromadlar o‘rnini to‘ldirish.
2. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari (shu jumladan xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga), xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida 2020-yilda budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSh dollari miqdorigacha tashqi qarz mablag‘larini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport qiluvchilar va tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish choralarini ko‘rsin;
ikki hafta muddatda soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish orqali ishga solinmagan zaxiralarni izlab topish, hisoblangan soliqlar to‘liq to‘lanishini ta’minlash, “yashirin” iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq va bojxona ma’murchiligining yangi samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda kompleks chora-tadbirlar ijrosi hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyunga qadar yuzaga kelayotgan makroiqtisodiy vaziyatni, shuningdek, quyidagilarni hisobga olgan holda 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini aniqlashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash, jumladan kichik sanoat zonalariga muhandislik kommunikatsiyalarini o‘tkazish uchun imkoniyatlarni taqdim etuvchi yanada ustuvor bo‘lgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga mablag‘larni qayta yo‘naltirgan holda Investitsiya dasturini qayta ko‘rib chiqish;
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini tashkil etish hamda tadbirkorlikni va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlarni oshirish;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020-yilda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzlarining chegaraviy hajmlarini qayta ko‘rib chiqish;
qo‘shimcha xarajatlarni maqbullashtirish va cheklash yuzasidan aniq takliflarni kiritgan holda qat’iy budjet intizomi.
4. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal qilish va qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilansin.
Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddatda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchilik qiladigan Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining hududiy shtablarini ularning aniq funksiya va vazifalarini belgilagan holda tashkil etsin.
Barcha darajadagi rahbarlarning idoraviy mansub tashkilotlarda aholi va tadbirkorlik subyektlarining yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklarni hal etish maqsadida qilgan murojaatlariga alohida e’tibor qaratish, rasmiyatchilik, sansalorlik va byurokratiyaga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan shaxsiy javobgarligi ko‘rsatib o‘tilsin.
5. Belgilansinki:
a) 2020-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda:
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi;
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi;
umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi;
b) 2020-yil 1-apreldan 1-iyulgacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi;
v) qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yilda o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi;
g) 2019-yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020-yil 1-avgustga qadar uzaytiriladi;
d) jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020-yil 15-oktabrga qadar uzaytiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldan jismoniy shaxslar tomonidan xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlarni soliqqa tortishdan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur bandda belgilangan imtiyozni 2020-yil 1-apreldan amalga kiritishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish, shuningdek, ularning stavkalarini kamaytirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolati berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga faoliyati turizm sohasiga bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini 30 foizga kamaytirish tavsiya qilinsin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash bo‘yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) taqdim etsin. Bunda, ko‘rsatib o‘tilgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) soliq to‘lovchilarning arizasi, shuningdek, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy boshqarmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda taqdim etiladi.
8. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda:
tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi;
soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha penyalar hisoblanishini to‘xtatib turadi, shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rmaydi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb qilish yo‘li bilan soliq hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishda “Soliq xizmati” DUK orqali soliq to‘lovchilarga yordam ko‘rsatish;
soliq to‘lovchilarning davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan soliq majburiyatlarini bajarishi uchun ularga masofadan xizmat ko‘rsatishni kengaytirish choralarini ko‘rsin.
10. 2021-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini soliq auditidan o‘tkazish to‘xtatilsin, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan o‘tkazish bundan mustasno.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
11. Tadbirkorlik subyektlariga:
|
| |