|
Reja: Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo’nalishlari
|
bet | 6/13 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #113342 |
Bog'liq FALSAFA MUSTAQIL ISH 4Oldingi tahrirga qarang.
bojxona rasmiylashtiruvi sanasiga qadar 12 oy davomida amalga oshirilgan tovarlarning umumiy eksportiga nisbatan 10 foizdan oshmagan muddati o‘tgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda, kafolatlangan to‘lovni ta’minlamasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi PF-6091-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 06/20/6091/1399-son)
2020-yil davomida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligini so‘ndirish evaziga texnologik asbob-uskunalar va xomashyo tovarlarini import qilish bo‘yicha bir martalik operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan birgalikda:
yuklarni chegara bojxona postlari orqali tezkorlik bilan o‘tkazish, ularning uzluksiz bojxona rasmiylashtiruvini, shuningdek, eksport va import qilinayotgan tovarlarga ruxsat beruvchi hujjatlarning berilishini ta’minlash bo‘yicha tezkor shtab tashkil etsin;
2020-yil 1-apreldan boshlab, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining tezkor tartibda, shu jumladan ruxsat beruvchi hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgunga qadar berish orqali bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmi joriy etsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki hafta muddatda global ishlab chiqarish zanjirlari, transport-logistika tizimlari va savdo aloqalaridagi uzilishlar ta’sir qilayotgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan takliflar kiritsin.
14. Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasiga 2020-yil 1-oktabrga qadar eksport qiluvchilarning transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan subsidiyalar taqdim etish haqida mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi ikki hafta muddatda eksport qiluvchilarni manzilli qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan chora-tadbirlarini tasdiqlasin, shuningdek, barcha mulkchilik shaklidagi eksport qiluvchilarning yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarini o‘z vaqtida aniqlash va tezkor hal qilishni ta’minlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan respublika hududlaridagi quyidagilarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashni nazarda tutuvchi 2020-yilga qo‘shimcha infratuzilma loyihalari ro‘yxatini shakllantirsin:
kichik sanoat zonalari infratuzilma obyektlari uchun — 400 mlrd so‘m miqdorida;
shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari, umumiy foydalanishdagi yo‘llarni joriy ta’mirlash uchun — 1 trln so‘m;
suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlari uchun — 500 mlrd so‘m;
irrigatsiya va melioratsiya obyektlari uchun — 400 mlrd so‘m;
sog‘liqni saqlash obyektlari uchun — 500 mlrd so‘m;
umumta’lim maktablari va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari uchun — 800 mlrd so‘m;
iqtisodiy faollik va bandlikni, shu jumladan ipoteka kreditlash hajmlarini oshirishni ta’minlovchi boshqa obyektlar uchun.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi va o‘rnatilgan talablarga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
16. Belgilansinki:
koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi;
|
| |