|
Reja: Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo’nalishlari
|
bet | 2/13 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #113342 |
Bog'liq FALSAFA MUSTAQIL ISH 4Global muammolar – umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar – oziq-ovqat, sanoat xomashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Global muammolarlarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar – jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n global muammolar – jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi – Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviy-iqtisodiy jinoiy guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar – jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (masalan, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar – ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida qishloq xoʻjaligida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
3. COVID-19 pandemiyasi — SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi.[2] Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi.[3] Koronavirus kelib chiqishini tekshirayotgan mutaxassislari xastalikning laboratoriyadan chiqqani haqidagi taxminni rad etdi. Tadqiqot jarayoni uchun asos boʻlib xizmat qilgan maʼlumotlar esa xitoylik hamda xorijlik olimlarning birgalikdagi izlanishlari natijasida toʻplangan. Yakuniy xulosalar eʼlon qilinishining kechikishiga esa ekspertlar oʻrtasidagi taxminiy kelishmovchiliklar sabab emasligi qayd etilgan[4]. 9-may 2022-yilga qadar virusni 192 dan oshiq mamlakat va hududda yashovchi 517 milliondan oshiq odam yuqtirdi; 6 250 000 dan oshiq odam kasallik tufayli halok boʻldi, 472 milliondan oshiq odam esa tuzaldi.[5] Xitoy, Yevropa, Eron, Janubiy Koreya va AQShda pandemiya oʻchoqlari yuzaga keldi.[5]
Virus grippga oʻxshash tarzda yoʻtalganda hamda aksa berganda chiqariladigan tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadi.[6][7][8] Virus bemorda kasallik alomatlari yuzaga kelganda eng yuqumli boʻlsa-da, kasallik belgilari paydo boʻlishidan oldin ham boshqalarga yuqishi mumkin.[9] Kasallik alomatlari odatda besh kunda paydo boʻladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin.[8][10] Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishidir.[8][10] Kasallik bemorda pnevmoniya hamda oʻtkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi mumkin. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash hamda yordam terapiyasidan iborat. Kasallik tarqalishi oldini olish uchun qoʻllarni yuvish, yoʻtalganda ogʻizni toʻsish, boshqalardan (ayniqsa, oʻzini yaxshi his qilmayotganlardan) uzoqroq masofada boʻlish tavsiya qilinadi. Virusni yuqtirganini taxmin qilayotgan shaxslarga 14 kun davomida oʻzlarini izolyatsiya qilish tavsiya qilinadi.[7][8][11]
Kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida sayohat qilishni cheklash, karantin, komendantlik soati, tadbirlarni keyinga qoldirish va bekor qilish hamda muassasalarni yopish kabi choralar koʻrildi. Xususan, virus tarqala boshlagan Xubey provinsiyasi karantinga olindi, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Chexiya va Germaniyada mamlakat boʻylab karantin joriy qilindi,[12][13] Xitoy va Janubiy Koreyada komendantlik soati joriy qilindi,[14][15][16] turli mamlakatlarda chegaralar yoppasiga yopildi yoki sayyohlarga qarshi cheklovlar joriy qilindi,[17][18] aeroport va poyezd stansiyalarida nazorat choralari yoʻlga qoʻyildi,[19] virus keng tarqalayotgan hududlarda sayohat qilishga qarshi tavsiyalar eʼlon qilindi.[20][21][22] Kamida 115 davlatda universitet va maktablar yoppasiga yoki ayrim hududlarda yopildi, bu choralar 950 milliondan oshiq talaba faoliyatiga taʼsir koʻrsatdi.[23] Oʻzbekistonda virusni yuqtirish holati ilk marotaba 15-mart kuni qayd etildi.
Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi,[24] sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi,[25] dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi.[26][27] Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalari urchidi,[28][29] turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi, vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozi kabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi kuzatildi.[30] 2021-yil iyul oyida JSST raisi Tedros Adhanom Ghebreyesus vaksinatsiyalar oqibatida koronavirusning vaksinalarga chidamli shtammi paydo boʻlishi mumkinligini aytdi[31].
|
| |