Reja: Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo’nalishlari




Download 1,23 Mb.
bet7/13
Sana07.12.2023
Hajmi1,23 Mb.
#113342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
FALSAFA MUSTAQIL ISH 4

Oldingi tahrirga qarang.
koronavirus infeksiyasi bilan zararlanib, karantinga joylashtirilgan 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (uning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 09/21/6165/0104-son)
17. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar sonini 2020-yil 1-apreldan boshlab 10 foizga oshirish choralarini ko‘rsin;
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilsin;
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va o‘z faoliyatini to‘xtatgan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, sport va madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lab berilishini ta’minlasin;
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda aholiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tizimini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
18. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilsin:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarning faoliyati to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘quvchilarining ota-onalariga (ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan qat’i nazar (shu jumladan 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta’til taqdim etiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta’tili berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (28.03.2020-y., ro‘yxat raqami 3227).
karantinga oid choralar amal qilishi davrida ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (28.03.2020-y., ro‘yxat raqami 3228).
19. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) bank va to‘lov tizimlarining uzluksiz va barqaror faoliyatini ta’minlash choralarini quyidagilar orqali ko‘rish:
pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanish hisobiga pul bozoriga har oyda umumiy summasi 1 trln so‘mgacha likvidlik taqdim etish;
bankomatlarning yetarli miqdordagi naqd pul mablag‘lari bilan uzluksiz ta’minlanishi, shuningdek, masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish;
b) tijorat banklari tomonidan:
turistik operatorlarga, mehmonxona biznesi subyektlariga, transport-logistika kompaniyalariga va turizm tarmog‘ining boshqa korxonalariga, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalariga joriy etilgan cheklovlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha umumiy summasi 5 trln so‘mlik qarzdorliklarni to‘lash bo‘yicha kechiktirishni (jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda) 2020-yil 1-oktabrga qadar uzaytirish;
xususiy tadbirkorlik korxonalariga taqdim etilgan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun, shu jumladan iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan to‘ldirish uchun qayta tiklanadigan revolver kreditlar ajratish;
2020-yil 1-iyunga qadar kredit portfelini stress-testdan o‘tkazish, shuningdek, muammoli kreditlarning ortish xavfi mavjud bo‘lgan banklarda aktivlar sifatini baholab borish natijalarini taqdim etish.
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik subyektlariga kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kafillik va kompensatsiyalar taqdim etish hajmlarini oshirishga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kapitallashuvini 500 mlrd so‘mgacha oshirsin.
21. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ:
bir oy muddatda “Uzbekistan airways” AJning 111 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan kreditini qoplash grafigini 2020-yil uchun qarzdorliklar to‘lovini to‘xtatgan holda qayta ko‘rib chiqsin;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelganligi munosabati bilan kreditlar va ular bilan bog‘liq to‘lovlarni qaytarish shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha “Uzbekistan airways” AJning xorijiy kreditorlari bilan muzokaralar olib borsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi uch kun muddatda cheklovlar amal qiladigan davr uchun yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari kelib chiqqanligi haqida rasmiy xabarnoma e’lon qilsin hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning murojaatlari asosida bir kunlik muddatda tegishli sertifikatlar bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
23. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo resurslari hajmlarini monitoring qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish uchun ularning birjaga qo‘yish hajmini oshirish choralarini ko‘rsin;
o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi tomonidan importga xarid qilinadigan va intervensiya amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxati va zarur hajmlarini aniqlasin;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining bozorlardagi narxlari ustidan kunlik monitoring o‘tkazishni ta’minlasin hamda ularning narxlarni sun’iy oshirish, sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi oziq-ovqat mahsulotlarini shartnomalar asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda, bozorni to‘ldirish va ichki bozorlardagi mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun yetarli hajmlarda sotishni ta’minlasin.
25. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi (A.N. Aripov):
joriy yil 22-martdan boshlab ikki oy davomida kunlik selektor yig‘ilishlarini o‘tkazib, har bir hududda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, sanoat, infratuzilma, transport va logistika, ijtimoiy soha obyektlari, savdo tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari ijrosini batafsil muhokama qilib borsin hamda ularning natijalariga ko‘ra yuzaga keladigan masala va muammolar bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilsin;
ushbu Farmonning ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har hafta axborot berib borsin hamda, zarur hollarda, inqirozga qarshi kurashishning qo‘shimcha choralari bo‘yicha takliflar kiritsin.
26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish choralarining amalga oshirilishi, sanitariya-epidemiologik va tibbiyot muassasalarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash ustidan shaxsiy nazorat o‘rnatsin;
tadbirkorlik subyektlari va aholining murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish, joylarda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralar aniqlanishini ta’minlasin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oshib borayotgan yuklamani hisobga olgan holda telekommunikatsiya infratuzilmasining barqaror faoliyatini ta’minlash choralarini ko‘rsin hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini qabul qilish uchun “tezkor aloqa liniyalari”ning uzluksiz ishlashini ta’minlasin.
28. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish hamda uning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida aholi o‘rtasida tizimli ravishda axborot-ma’rifiy ishlarni tashkil etsin.
29. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Download 1,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo’nalishlari

Download 1,23 Mb.