Passiv iste’molchilarning ulanish sxemalarini analizi




Download 291,79 Kb.
bet5/8
Sana24.01.2024
Hajmi291,79 Kb.
#144806
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - Mavzu

Passiv iste’molchilarning ulanish sxemalarini analizi


Yqorida ko‘rib o‘tilganidek, passiv elementlarning ulanish sxemalari ketma - ket, parallel va aralash bog‘lanishda bo‘lishi mumkin.
Ketma - ket bog‘lanish deb, har bir elementdan o‘tayotgan tokning qiymati bir xil bo‘lgan holatdagi bog‘lanishga aytiladi. 5.5-rasm, a,b dagi sxema uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan

U1+U2+...+Un=U,


yoki
R1I+R2I+...+RnI=RekvI,
bundan
Rekv=R1+R2+...+Rn. (2.15)
Ketma-ket ulangan elementlarning ekvivalent qarshiligi, elementlar qarshiligining yig‘indisidan iborat. Zanjirdagi tok


I=U/Rekv , (2.16)
n - elementning kuchlanishi uchun


Un=RnU/Rekv , (2.17)

n - elementda iste’mol qilinayotgan quvvat:




(2.18)



5.5– rasm.
5.6-rasm, a da elementlar qarshiliklari parallel ulangan sxema berilgan. Hamma elementlar A va V tuguni oralig‘ida joylashgan. Tugunlar orasidagi kuchlanish manba kuchlanishiga teng. SHuning uchun har bir tarmoq toki



munosabatlar bilan aniqlanadi.



5.6 – rasm.
5.6-rasm, a dagi sxema uchun Kirxgofning birinchi qonuniga binoan:


Iekv=I=I1+I2+...+In ,
yoki


gekvU=g1U+g2U+...+gnU,

bu erda gekv = g1+g2+...+gn= ,


yoki

Demak, parallel bog‘lanishda ekvivalent o‘tkazuvchanlik, zanjirdagi barcha tarmoqlar o‘tkazuvchanliklarining yig‘indisiga teng. Ekvivalent qarshilik . Bu qarshilik zanjir tarmoqlaridagi eng kichik qarshilikdan ham kichkina bo‘ladi (5.6-rasm, b). Umumiy qarshilikning kamayishi tokning ortishiga sabab bo‘ladi.
Quvvat quyidagicha ifodalanadi:
R=UI=U(I1+I2+...+In),
yoki


R=R1+R2+...+Rn.
Zanjirning quvvati alohida tarmoqlar quvvatlarining yig‘indisidan iborat.



5.7 – rasm.
Tarkibidagi elementlar aralash ulangan zanjirlarda, ham ketma-ket, ham parallel ulangan uchastkalar mavjud bo‘ladi. 5.7 -rasmda aralash ulangan sxema berilgan. Bunday zanjirlarni hisoblashda ekvivalent almashtirish sxemalaridan foydalaniladi. Zanjir faqat bitta ekvivalent qarshilikdan iborat bo‘lgan holatgacha soddalashtiriladi. Soddalashtirish sxemaning oxiridan boshlanadi.


,
,
.

Ekvivalent qarshilik berilgan zanjirdagi umumiy tok I1 ni topish imkonini beradi I1=U/Rekv. Qolgan tarmoqlarning toklari bosqichma - bosqich Om va Kirxgof qonunlaridan foydalanilgan holatda aniqlanadi. Amaliyotda ba’zan shunday sxemalar uchrab turadiki, ular tarkibidagi elementlar o‘zaro uchburchak yoki yulduzcha shaklida bog‘langan bo‘ladi. Ularni, na parallellik, na ketma-ketlik alomatiga qarab ixchamlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday hollarda uchburchakdan ekvivalent yulduzga, yoki yulduzdan ekivalent uchburchakka o‘tish yuli bilan zanjirni ixchamlash imkoniyati axtariladi (5.8-rasm, a, b). Uchburchakdan yulduzga o‘tish formulalari:





5.8– rasm.



YUlduzdan uchburchakka o‘tish formulalari:






Download 291,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 291,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Passiv iste’molchilarning ulanish sxemalarini analizi

Download 291,79 Kb.